Guruhlarda ishlash uchun topshiriq
«Nima uchun » texnikasi
Nima uchun Nima uchun »
Nima uchun Nima uchun
Ijtimoiy infratuzilma aholining farovonligini oshirish, kishilar mehnat sharoiti va turmush tarzini yaxshilash bilan bog’liq muhim ijtimoiy vazifalarni hal etar ekan, jamiyat a’zolarining ehtiyojlari qondirilishini ta’minlaydi, mamlakat iqtisodiy yuksalishi uchun sharoit yaratadi.
Ayni vaqtda ijtimoiy infratuzilma ishlab chiqarish samaradorligi o’sishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Infratuzilmaning rivojlanishi iqtisodiyotning real sektori bilan bevosita bog’langanki, u mazkur tuzilmaning holati va o’sish sur’atlarini shakllantiradi.
Ijtimoiy turmushga ta’sir o’tkazuvchi infratuzilmaning asosiy jihatlariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqaruvchi kuchlarni oqilona joylashtirish;
aholi mehnat faolligi ko’lamini kengaytirish;
mehnat resurslari safarbarligini tartibga solish;
bo’sh vaqt fondini boyitish va undan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilash uchun imkoniyat yaratish;
ishchi kuchini takror yetishtirishga ta’sir etish.
Ijtimoiy infratuzilma murakkab vazifalar tizimidan iborat bo’lib, unda barcha unsurlar o’zaro bog’langanki, ulardan birining rivojlanishda ortda qolishi boshqalaridan samarasiz foydalanilishiga sabab bo’ladi. SHu boisdan mintaqa ijtimoiy infratuzilmasining yagona bir majmua tarzida rivojlanishini ta’minlash muhim vazifa hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida ijtimoiy infratuzilma taraqqiyotini boshqarishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
respublika, tarmoq va hududiy boshqaruv organlarining vazifasi, hamda maqsadlarini, mulkiy huquqlarini chegaralash;
qishloq kengashlari, tuman, shahar va viloyat hokimliklari roli-ni qayta ko’rib chiqish;
mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini hisobga olib, ijtimoiy sohada qayta qurish dasturini ishlab chiqish;
hujjatlar va tavsiyalar, me’yoriy yo’riqnomalar bazasini tayyorlash;
mintaqaviy xususiyatlar va omillarni hisobga olish, bularga ijtimoiy me’yor ko’rsatkichlari tizimini ishlab chiqishga diqqat qilish;
uy-joy muammolariga e’tibor berish va yakka tartibda uy-joy qurilishini rivojlantirish.
Hozirgi vaqtdagi shahar joylarda ijtimoiy infratuzilma taraqqiyotini boshqarish muammolari quyidagilardan iborat:
ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishga mo’ljal-langan mablag’lar va resurslarni boshqarishga oid barcha vazifalar-ning mahalliy boshqaruv organlari qo’lida haqiqatdan jamlanishiga erishish;
xo’jalik yuritish va tarmoqlar hamda hududlarning o’zaro ta’siri tashkiliy - iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish;
shahar va qishloq ijtimoiy infratuzilmasini yanada o’zaro integratsiya qilish, bunda ish tizimlariga xos ijobiy jihatlarni butun choralar bilan rivojlantirish hamda ularning noxush jihatlarini imkon qadar cheklash (yoki bartaraf qilish) maqsadini ko’zlash;
shaharni ijtimoiy qayta qurishning maqsadli, majmuaviy dasturini tuzish va amalga oshirish, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, faol demokratik siyosat yuritish.
Dostları ilə paylaş: |