O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə131/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

Mavzu yuzasidan savollar
1.Infratuzilma nima va uning tarkibini tushuntiring.
2. Qishloq xo’jaligida infratuzilmaning o’rni va ahamiyati
3.Bugungi kundagi infratuzilma obektlarining xolati qay darajada
4. Qishloq xo’jaligida infratuzilmaninng rivojlantirish yo’llari


21– amaliy mashg’ulot. «Qishloq xo’jaligida ijtimoiy infratuzilma faoliyatini yanada takomillashtirishmasalalari» (2 soat)


Infratuzilma - lotincha so’z bo’lib, infra-quyi, asos, strusture (tuzilma)-tuzilish, o’zaro joylashuv ma’nosini ifodalaydi. Infratuzilma mohiyati milliy xo’jalik ishlab chiqarish tarmoqlari va ijtimoiy sferaning umumiy sharoitini ta’minlash uchun hizmat qiladigan sohalar majmuasini ifodalaydi.
U ishlab chiqarish, texnologik, iqtisodiy va tashkiliy aloqalar jarayonida vujudga keladigan realizatsiya orqali qishloq xo’jaligining samarali ishlashini ta’minlaydi. Infratuzilma jamiyat ishlab chiqarish kuchlarning bo’linmas qismi hisoblanadi. U korhonaning samarali faoliyatini ta’minlaydi va qishloq xo’jaligining pirovard mahsuloti miqdoran ko’p va sifatan yuqori bo’lishga yo’naltiradi. Infratuzilma qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini intensivlashtirish va samaradorligini o’sishining muhim omili hisoblanadi.Ko’p qirrali hizmat ko’rsatuvchi infratuzilmalar faoliyatini rivojlantirish bozor iqtisodiyotiga xos muammolarni hal etishda keng imkoniyatlar yaratadi.
Agrar sohada xo’jalik yuritishda hizmat ko’rsatuvchi infratuzilmalar-ning o’rni va ahamiyati juda beqiyosdir. CHunki qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonlarida, ya’ni yerni ekin ekishga tayyorlash, urug’ni yerga qadashdan boshlab, zarur agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, yetishtirilgan mahsulotlarni yig’ib olish va boshqa bo’ladigan barcha jarayonlarda turli hizmat ko’rsatuvchi infratuzilmalar ishtirok etadi. Bundan tashqari qishloq xo’jaligining ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishi albatta ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalarni qanchalik taraqqiy etganligiga bog’liqdir. Qishloq xo’jaligida mahsulot hajmining oshishi, ishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlanishi hizmat turlarining ko’payishi bilan bog’liq. Hozirgi vaqtda nisbatan rivojlangan qishloq xo’jaligiga hizmat ko’rsatuvchi infratuzilmalar, xususan texnika, agrokimyo, melioratsiya va oqar suv bilan ta’minlash, zooveterinariya, transport, seleksiya va urug’chilik, yoqilg’i-moylash materiallari, mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash hamda ixtisoslashgan bank hizmatlarini sanab o’tish mumkin.
Demak, qishloq xo’jaligida infratuzilma faoliyatini rivojlantirish hozirgi zamon talablariga javob beradigan infratuzilma tizimini yaratish orqali nafaqat iqtisodiyotda asosiy vazifalarni hal etishi mumkin, balki eng asosiy makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o’sishni ta’minlash, ko’p ukladli iqtisodiyotni va haqiqiy mulk egasini shakllantirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni va valyuta bozorini bosqichma–bosqich erkinlashtirish, samarali mehnat bozorini shakllantirish hamda aholi moddiy turmush sharoitining barqaror o’sishining ta’minlanishiga erishish mumkin.
Keyingi yillarda agrar islohotlarni chukurlashtirish jarayonida mamlakatda fermerlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Fermer xo’jaliklarini rivojlantirishning institutsional asoslari shakllantirildi. “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining maxsus qonuni va fermer xo’jaliklarini tashkil etish va ularning faoliyat ko’rsatishining tamoyillarini belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlar turkumi qabul qilindi.
Mamlakatda chuqur iqtisodiy islohotlarni olib borilishi iqtisodiyotning barcha jabhalari singari, qishloq xo’jaligida, unga hizmat ko’rsatuvchi infratuzilmalar tizimida ham tub o’zgarishlarga olib keldi. YAngi servis (konsalting, injinering, lizing va boshqa) hizmatlari vujudga keldi. Aksariyat servis hizmati ko’rsatuvchi korhonalarning faoliyati tubdan o’zgardi, hizmat turlari kengaydi.
Infratuzilma sub’ektlari har qanday iqtisodiyotning asosiy tarkibi hisoblanib, ko’rsatilayotgan turli hizmatlari bilan barcha tarmoq va sohalarning iqtisodiy barqaror rivojlanishiga asosiy poydevor yaratadi.
Infratuzilma sub’ektlari har qanday iqtisodiyotning asosiy tarkibi hisoblanib, ko’rsatilayotgan turli hizmatlari bilan barcha tarmoq va sohalarning iqtisodiy barqaror rivojlanishiga asosiy poydevor yaratadi.
Infratuzilma sub’ektlari qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish munosabatlari va qishloqni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosi hisoblanadilar. Hizmat ko’rsatish va ta’minot tizimidagi korhonalar faoliyati rivojlantirilmasdan qishloq xo’jaligida iqtisodiy barqaror o’sish sur’atlarini ta’minlash, qishloq xo’jaligi korhonalari va dehqonlarning daromadlarini ko’paytirish mumkin emas.



Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin