Qishloq xo’jaligini innovatsion rivojlantirish modelini amalga oshirishga innovatsion tsiklini ahamiyati
20– amaliy mashg’ulot. «Qishloq xo’jaligida infratuzilma va uni rivojlantirish yo’llari» (2 soat) Respublikamiz mustaqillikka erishganidan boshlab, turli mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllaridagi qishloq xo’jaligi korhonalarining samarali faoliyat yuritishlari uchun zarur infratuzilma ob’ektlari tashqil qilish va ularga sifatli hizmatlar ko’rsatishga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Ma’lumqi, Prezidentimiz tashabbusi bilan qishloq xo’jaligida fermer xo’jaliklarini ustuvor rivojlantirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Agrar sektorda fermer xo’jaliklari sonining kesqin ortishi, ular yer maydonlarining maqbullashuvi, moddiy-texnika bazasining zaifligi, tadbirkorlik bo’yicha bilim va malakasining yetishmasligi hamda boshqa sabablar tufayli turli xildagi hizmatlarga bo’lgan talabning ortishiga olib keldi. Islohotlarning boshlang’ich davrlaridanoq, turli mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllaridagi qishloq xo’jalik korhonalarining hizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida hukumatimiz tomonidan qator qarorlar qabul qilinib, amalga oshirilib kelinmoqda.
2017 yillarda bir infratuzilma ob’ekti hisobiga to’g’ri kelgan fermer xo’jaligi sonining (yuklamasining) o’zgarishini nisbiy farqini hisoblab chiqing