O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi


Tadqiqot uslubiyoti (texnologiyasi)



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

Tadqiqot uslubiyoti (texnologiyasi) – tadqiqot usullarining bir tizimli 
majmui, tadqiqot uslublari, usullari, texnikalarini qo‘llanish va ular yordamida 
olingan natijalarni talqin qilish qoidalari tizimi. Uslubiyot o’rganiladigan ob’ekt 
xarakteriga, tadqiqot metodologiyasi, maqsadlariga, ishlab chiqilgan uslublar, 
tadqiqotchi malakasining umumiy darajasiga bog’liq bo’ladi. 
Metodologiya - bu ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatining ilmiy tamoyillari va 
usullari tizimi haqidagi ta’limot. 
Modellashtirish — tadqiqotchilikning modelning qurilishini nazarda 
tutadigan nazariy uslubi. 
Monitoring — bu tadqiqot natijalarining doimiy nazorat qilinishi, muntazam 
kuzatib borilishi. 
Kuzatish - eng ko’p axborotli tadqiqot uslubi bo’lib, u bo’lgan va 
o’rganilayotgan jarayonlar va hodisalarni chetdan turib ko’rishga imkon beradi. 
Ilmiy muammo – bu ilmiy-tadqiqotchilik ishi mavzuini belgilaydigan 
murakkab nazariy va (yoki) amaliy vazifalar majmuidir. Muammo tarmoq, 
tarmoqlararo, global bo‘lishi mumkin.
Ilmiy ish - bochqa har qanday ishdan o‘zining maqsadi yangi ilmiy bilimni 
olishi bilan farq qiladi. Ayni shu ish jarayonida voqelik haqidagi ob’ektiv bilimlar 
ishlab chiqiladi va bir tizimga solinadi. 


144 
Ilmiy mavzu – bu yechimini talab qiladigan murakkab vazifadir. Ilmiy-
tadqiqotchilik ishi mavzui mauyyan ilmiy yo‘nalishga yoki ilmiy muammoga 
tegishli bo‘lishi mumkin. 
Ilmiy yo‘nalish - deganda tadqiqot o‘tkazish sohasidagi fan, fanlar yoki 
ilmiy muammolar majmui tushuniladi. 
Yangilik – fanning shu tarmog‘iga yoki umuman fanga ulush darajasi; 
natijalar har xil tusda bo‘lishi mumkin –natijalar yoki ularning bir qismi yangi 
bo‘lishi mumkin, shuningdek natijalarning katta qismi yangilik sifatida qayd 
qilinmasligi ham mumkin.
Tekshirish - bu tadqiq qilinayotgan ob’ektning u yoki boshqa darajadagi 
teranlik va detallashtirich bilan o‘rganilishi bo‘lib, bu tadqiqot maqsadlari va 
vazifalari bilan belgilanadi. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin