O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Yüklə 12,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/236
tarix21.10.2023
ölçüsü12,57 Mb.
#159277
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   236
Normal-fiziologiya

340


yorug‘lik adaptatsiyasi
deb ataladi. Bunga nisbatan teskari xodisa, esa, ya’ni 
yorug* xonadan qorong‘i xonaga kirganda kuzatiladi, bu 
qorong'i adaptatsiyasi
debyuritiladi.
Q orong‘uda turganda to‘r parda sezuvchanligi dastlabki 10 daqiqada k o ‘z 
sezuvchanligi 50-80 marotaba ortadi, so‘ngra bir necha soat davomida esa bir necha 
o ‘n ming marotabaga oshadi. Bu jarayonda ko‘ruv pigmentlarini qayta tiklanishi 
muhim ahamiyat kasb etadi. Q orong‘ulikda kolbachalar pigmenti tayoqchalar 
rodopsiniga nisbatan tezroq qayta tiklanadi, shuning uchun qorong‘ulikning birinchi 
daqiqalarida adaptatsiyani kolbachalar ta ’m inlaydi. A daptatsiyaning birinchi 
bosqichida ko‘zning sezuvchanligida deyarli o ‘zgarishlar ro‘y bermaydi, buning 
sababi kolbacha apparatining absolyut sezuvchanligi unchalik yuqori emasligidadir. 
Adaptatsiyaning keyingi bosqichi tayoqcha rodopsinini qayta tiklanishi bilan 
bogMiqdir. Bu bosqich faqatgina qorong‘ulikda bir soat boMgandagina o ‘z nihoyasiga 
yetadi. Rodopsinni qayta tiklanishi tayoqchalami yorug* likka keskin sezuvchanligini 
o sh irad i (1 0 0 0 0 0 -2 0 0 0 0 0 m a ro ta b a ). Q o ro n g ‘u lik d a fa q a t ta y o q c h a la r 
sezuvchanligining ortishi, sal-pal yoritilgan narsalar ko‘ruv maydonining markazidan 
tashqarida bo‘lgandagina, ya’ni narsalar to ‘r pardaning periferik qismlariga ta’sir 
etgandagina ular ko‘rinadi. Ko‘ruv adaptatsiyasida ko‘ruv pigmentlaridan tashqari, 
to‘r pardaning elementlari orasidagi o ‘zaro aloqalaridagi o ‘zgarishlar ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Qorong‘uda ganglioz hujayra retseptiv maydonining kengayishi, 
ya’ni bir ganglioz hujayraga ko‘proq fotoretseptorlar ulana olishi aniqlandi. Bu holatda 
fotoretseptorlaming konvergensiyasi bipolyar neyronlarga ortsa, o ‘z navbatida 
bipolyar neyronlami esa ganglioz hujayralariga konvergensiyasi ortadi. Buning 
natijasida to‘r pardaning periferiyasida fazoviy summatsiya hisobiga yorug‘lik 
sezgirligi qorong‘uda ham ortadi.
Yorug 'lik kontrasti.
Ko‘ruv neyronlarining o ‘zaro lateral tormozlanishi asosida 
umumiy yoki global yorug‘lik kontrasti yotadi. Qora fonda yotgan bir parcha kulrang 
qog‘oz yorug4 fonda yotgan shunday kulrang qog4ozga nisbatan ochroq ko‘rinishi 
yorug‘lik kontrastiga misol bo‘ladi. Buning sababi shuki, yorug4 fon ko'plab to ‘r 
parda neyronlarini qo‘zg‘atadi, ularning q o ‘zg‘alishi bir parcha kulrang qog‘oz 
faolligini ta ’minlovchi hujayrani tormozlaydi.
Yorug ‘likning ko 'zni qamashtiradigan darajada ravshanligi.
Haddan tashqari 
ravshan yorug‘Iik ham ko4z qam ashuvi kabi noxush sezgiga sabab b o ‘ladi. 
Ravshanlikning ko‘zning qamashtiradigan yuqori chegarasi ko‘zning dastlabki 
adaptatsiyasiga bog‘liq: ko‘zqorong‘uga qancha ko‘proq adaptatsiyalangan b o lsa , 
yorug‘likningo‘shanchakam ravshanligi ko‘zniqamashtiradi.Buravshanlikquyidagi
formula yordamidayechiladi: g=8\ 
y
, bu yerda g-ko‘zni qamashtiruvchi ravshanlik, 
v-ko‘z qaysi maydonga adaptatsiyalangan bo‘lsa o 4sha maydonning ravshanligi.
Rangko'rish.
T urlinarsalardansochiladiganyokiqaytadigan, to‘lqinuzunligi 
400 nm dan 800 nm orasidagi yorug4lik nurlarini odam ko‘radi. T o ‘lqin uzunligi 
800 nm ortiq infraqizil va 400 nm dan kichik ultra binafsha nurlar ko‘zga ko‘rinmaydi. 
Oq rang birtalay ranglaming aralashish natijasidir.
341


Rang sezish nazariyalari.
Rang sezish haqida turli xil nazariyalar bor. 
Uch
komponentli nazariya.
Bu nazariyaga m uvofiq ko‘z to ‘r pardasida rang sezadigan 
har xil fotoretseptorlar-kolbachalaming uch xili bor. G. Gelmgols, M.V. Lomonosov 
fikriga k o ‘ra, kolbachalaming birinchisi qizil rangga, ikkinchisi yashil rangga va 
uchinchisi k o ‘k rangga sezgir b o 'lad i. H ar qanday rang uchala rang ajratuvchi 
elem entlarga har xil darajada ta ’sir etadi. Bu nazariya tajribalarda quyidagicha 
isbotlangan: odam ning ko‘z to‘r pardasiga mikrospektrofotometrik usul bilan har 
xil to 'lq in uzunlikdagi nurlar ta ’sir etilganda, aynan bir xil kolbachalar faolligi 
o ‘zgargan. E. Gering tomonidan tak lif qilingan nazariyaga ko‘ra, to ‘r pardadagi 
yorug‘likni sezadigan uchta gipotetik m odda bor: birinchi oq-qoraga, ikkinchisi 
qizil-yashilga va uchinchisi sariq-ko‘k ranglarga sezuvchan bo‘ladi. Yorug'lik nurlari 
ta ’sirida shu moddadar parchalanib, dissimilyatsiya nerv oxirlariga ta ’sir etadi va 
oq, qizil yoki sariq rang sezgisi vujudga keladi. Boshqa yorugMik nurlari o ‘sha 
gipotetik m oddalar sinteziga(assimilyatsiya) sabab bo'ladi, shu tufayli qora, yashil 
va k o ‘k rang sezgisi kelib chiqadi.

Yüklə 12,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin