O ’z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o LI y va o ’rta maxs us t a ’lim


 Xorazm tarixi. 1- jild. - Urganch, 1996; Xorazm tarixi. 2- jild. - Urganch, 1997



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/47
tarix02.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105996
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47
V a z I r L i g I

52 Xorazm tarixi. 1- jild. - Urganch, 1996; Xorazm tarixi. 2- jild. - Urganch, 1997.
53 O ’zbekistonning yangi tarixi. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. 1- kitob. - T.: Sharq, 2000; 
O ’zbekistonning yangi tarixi. O ’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. 2- kitob. - T.: Sharq, 2000.
54 Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsional’noy nezavisimosti. - T.: Sharq, 2000.
55 Tarix shohidligi va saboqlari (Chorizm va sovet mustamlakachiligi davrida O ’zbekiston milliy boyliklarining 
o ’zlashtirilishi). - T.: SHarq, 2001.


37
tilga olish mumkin. Ular qatoriga jurnalist Mak-Gaxan, Yu.Bregel’, M.Olvort,
S.Bekker, J.Uiler kabi olimlarning mavzuga oid asarlarini ko’rsatish mumkin. 
Xorijiy tadqiqotchilarning asarlaridan XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Xiva 
xonligi tarixi yoritilgan qismlari o’rganildi. Ular to’rtinchi guruhni tashkil qiladi.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash joizki, tadqiqotga tortilgan mavzu bugungi 
kunga qadar alohida mavzu sifatida mufassal o’rganilmagan. Mavjud ilmiy 
adabiyotlar tahlili 100 yildan ortiq vaqt o’tganligiga qaramay, bu borada shu 
kunga qadar ham jiddiy tadqiqotlar amalga oshirilmaganligini ko’rsatdi.
Rossiya davlatining hukmron sulolasi g’oyalarini ifodalagan rus 
tarixchilarining an’anaviyligi va sub’ektivligini ham e’tibordan qochirmagan 
holda, bu asarlardan tanqidiy yondashuv, tekshirish va boshqa yozma manbalar 
bilan qiyoslash asosida foydalanish lozim va faqat shu yo’l bilan aniqlangan 
faktik ma’lumotlardan ob’ektiv xulosalar chiqarish mumkin


38
I-Bob bo’yicha xulosa
Birinchi paragrfning ma’zmun mohiyatidan kelib chiqib, quydagi xulosa 
paydo bo’ldi. Xiva xonligining XVI-XX asrning yigirmanchi yillarigacha 
bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jixatdan rivojlanish tarixini ikki davrga 
ajratrn mumkin.
1-tarixiy davr. XVI asr boshlaridan boshlanib, XVII asr o’rtalarigacha 
bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
XVI asr bshlarida xorazmda siyosiy vaziyat taxlikali ahvolda bo’lib, mustaqil 
siyosiy birlashmani tashkil qilish zarurati tug’iladi. Bu vazifani Shayboniylar 
sulolasi vakillari amalga oshoirishadi. Biroq vaziyat deyarli o’zgarmaydi, o’zaro 
ichki urushlar davom etaveradi. Abulg’ozixon davrida Xorazm madaniy va 
iqtisodiy jihatdan qisman bo’lsa ham rivojlanishi kuzatiladi. Mazkur davrda 
Rossiya davlati bilan Xiva xonligi o’rtasida ilk elchilik aloqalari yo’lga 
qo’yiladi.
2-tarixiy davr. XVII asr o’rtalaridan XX asr 20 yillarigacha bo’lgan 
davrni o’z ichiga oladi.
Bu davrda Xiva xonligida qo’ng’irotlar sulolasi davri boshlanib ancha siyosiy 
o’zgarishlar yuz beradi. Ya’ni markazlashish va mahalliy hukmdorlarning 
mavqeyi pasayib markaziy hukmdorlarning nufuzi kuchayib boradi. Biroqbu 
holni to’laqonli darajada markaz kuchaydi deb bo’lmasdi. Sababi vaqti vaqti 
bilan ichki nizolar yuz berib turgandi. Nima bo’lganda ham tashqi siyosat 
davom etavergan. Ayniqsa Rossiya podsholigi bilan iqtisodiy aloqalar kengayib 
brogan.


39
II BOB. Xiva xonligining XVI - XVIII asrlarda Rossiya bilan diplomatik 
munosabatlari. 
2.1 
XVI - XVII asrlarda Xiva-Rossiya munosabatlari.
XVI 
asrdan boshlab tarix sahnasida 
muhim iz qoldirgan O’rta Osiyo 
xonliklaridan biri Xiva xonligidir. Xiva xonligi Buxoro amirligi kabi o’zining 
geografik jihatdan qulay joyda joylashganligi va suv yo’li bilan taminlanganligi 
sababli O’rta Osiyodagi eng rivojlangan davlatlardan bo’lgan. Xiva xonligi 
karvon yo’llari ustida joylashgan. Ayniqsa, u Rossiyaning Buxoro bilan savdo 
aloqalarida muhim o’rin egallagan. Xiva xonligi G’arb bilan SHarq o’rtasidagi 
savdoda faol qatnashgan. Xonlikning tashqi savdo aloqalaridagi keng ishtiroki 
uning hunarmandchilik taraqqiyoti bilan bog’liq. Xonlik poytaxti bo’lgan Xiva 
shahri hunarmandchiligi uzoq tarixiy ananalarga ega. O’rta asrlarda shahar 
hunarmandchiligi 
ixtisoslashtirilgan edi. Jumladan, Xivada 
gilam to’qish, 
yog’och o’ymakorligi, to’quvchilik va boshqa hunarmandchilik tarmoqlari 
mavjud bo’lgan.
1753-yil Xiva va Buxoroda bo’lgan rus savdogari D.Rukavkin paxta 
ekinining mo’lligi va hunarmandchilik korxonalari ochish uchun davlatning 
ma’lum tartib qoidalarining yo’qligini yozadi. Uning xabariga ko’ra, bu yerda 
hech qanday ruxsat olmasdan, xoxlagancha zavodlar, yani korxonalar ochish 
mumkin bo’lgan. Bu o’rinda albatta 
xivaliklarning xususiy korxonalarni 
ochishga davlat tomonidan to’siqning bo’lmaganligi etirof etiladi.
XIX asrning 30-40-yillarida Xivada hunarmandchilik sohalarining eng 
muhimlaridan biri zargarlik hisoblangan. Zargarlar tilla buyumlar, taqinchoklar 
yasashda feruza, koral, marvarid, lal, zumrad, rangli shisha, sapfir kabi 
toshlardan ko’p foydalangan.
XIX 
asrning ikkinchi yarmida saqlanib qolgan hunarmandlar va 
savdogarlar nomlari, Xiva bozorlarida tovarlar xilma-xilligi haqida tasavvur 
qilishga imkon beradi. Jumladan, pazachi-er haydash asboblari yasovchilar, 
xarrak-temirchilar, kuchanchi-buyincha yasovchi ustalar, misgar, zargar,


40
pichoqchi, qinchi, bo’yoqchi, choponfurush, telpakdo’z, konchi, kovushdo’z, 
tavoqchi, qulfgar, kiyizfurush, juvozchi, sholikor-sholitegirmonida ishlovchi
qassob, tuzchi, kallapoz-qo’y kallasi sotuvchilar, baliqchi, nonvoy, choy va 
tamaki sotuvchilar, baqqollar, yog’och furushlar, ko’mirchi, shamchi, sovunchi, 
sarrof, jarchi va boshqalar.
Bozorlarda bazi hunarmandlarning do’konlari ham bo’lib, mahsulotni shu 
yerda ham tayyorlagan va ham sotgan. Demak, do’kon ham korxona, ham rasta 
vazifasini o’tagan. Masalan: temirchi, misgar, tunkachi, sandiqchi va boshqalar. 
Po’stindo’zlar, ipak mato to’quvchilar, etikchilar va boshqalar uylarida 
ishlaganlar, va bozor kunlari mahsulotni bozorga olib chiqib sotganlar56. Xiva 
ananaviy metall buyumlar ishlab chikarish markazi bo’lib, XIX asrning 
o’rtalarida u yerda 38 misgar bo’lgan.
Shunday qilib, Xorazmning hunarmandchiligi iqtisodiy hayotda muhim 
rol o’ynagan. Eng muhim badiiy buyumlar yasash ananalari Xorazm ustalaridan 
meros bo’lib kelgan.
Mamlakatda 
hunarmandchilikning 
rivojlanishi 
bevosita 
iqtisodiy 
taraqqiyotga, ichki va tashqi savdo aloqalarining rivojlanishiga zamin yaratgan.
Demak, serqirra hunarmandchilik tarmoqlarining mavjudligi Xivaning 
azaldan moddiy va ma’naviy madaniyat markazi bo’lib kelganligini, 
xivaliklarning boshqa davlatlar bilan iqtisodiy-savdo aloqalarini davom ettirib 
kelganligini XVI asrda ham kuzatish mumkin, degan xulosa qilishga imkoniyat 
beradi.
Xiva xonligi XVI asrda Rossiya, Hindiston, Eron, Buxoro xonligi bilan 
savdo aloqalarida bo’lgan. Xivaning tashqi iqtisodiy aloqalarini Xivaga kelgan 
rossiyalik va chet ellik elchilarning, hamda Rossiyaga borgan xivalik 
elchilarning keltirgan ma’lumotlarini tahlil qilish asnosida yoritishga harakat 
qilamiz.
Jumladan, 1585-yil 11-noyabrda xivalik elchi Xo’ja Muhammadning 
Rossiya podshosi Fedor Ivanovichga keltirgan tortiqlari orasida tillo zari

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin