43
holatlarda O’rta Osiyo xonlari bilan Hindiston shoxlari o’rtasidagi savdo
A.CHuloshnikov eslatib o’tgan savdo usullari orqali amalga oshirilgan..
Mahmud ibn Vali “Bahr-ul asror” asarida Balx viloyati, uning jug’rofik
o’rni, odamlari, poliz va sabzavot ekinlari haqidagi bo’limda u yerda
yetishtiriladigan va chetdan olib kelinadigan mahsulotlar haqida xabar berib,
Xorazmdan ko’ktarnay qovuni, Buxorodan qora qovun, mulla payandagi va
daroyi, Samarqandning zagare qovuni va gilosi, shimoliy Xitoyning shaftolilari,
Xorazmning tut daraxtlari, Marg’ilonning charxi deb atalgan o’riklari,
Samarqandning
sangak olmasi va boshqalarning Balxga keltirilganligi va
hattoki u yerda yetishtirila boshlanganligini ta’kidlaydi64.
Demak, Xorazm qovunlari Balxda ham mashhur bo’lgan. M a’lumki,
qovun suvsiz o’smaydi, ko’p sug’orilsa unchalik shirin ham bo’lmaydi.
Mahmud ibn Vali Xorazmda sug’ormasdan qovun yetishtirish siri haqida
ma’lumot beradi. Uning yozishicha, yantoqning uzun tomiri uzunasiga kesilib,
unga qovun urig’i joylashtiriladi, ya’ni ekiladi. Qovun o’sib chiqib, pishgunga
qadar yantoq ildizi suvi bilan oziqlanadi. Bunday qovun katta va shirin
bo’lgan65.
Bu kabi qovun yetishtirish usuli hozirgi kunda ham Buxoro
viloyatining ba’zi cho’l xududlarida qo’llaniladi.Mahmud ibn Vali Xorazmning
rus yerlari bilan savdodan katta foyda olishini ta’kidlab o’tgan edi.
Xulosa shuki, XVI-XVII asrlarda Xiva xonligi doimo rus davlatining
diqqat markazida bo’lgan. Elchilarning va o’rta asr mualliflarining bergan
ma’lumotlariga ko’ra, xonlik Hindiston bilan yaqin savdo aloqalarida bo’lgan.
XVIII asrda Rossiya O’rta Osiyo xonliklari bilan yakin savdo aloqalari
o’rnatishga jadal kirisha boshlaydi. Bu davrda dengiz savdosining ahamiyati
ortib bora boshlaydi.
Savdogarlar Astraxandan Kaspiy dengizi orqali
Mangishloqqa, u yerdan quruqlik bilan Urganch, Xiva va Buxoroga borishgan.
O’rta Osiyodagi agrar masalalar bilan shug’ullangan Ye. Zelkina o’rta
asrlar boshlarida Yevropa bilan Hindiston o’rtasidagi savdo aloqalarida O’rta
Dostları ilə paylaş: