XII BOB
YUKLARNING DINAMIK TA’SIRI
M avzu m azm uni. M azkur bobda inshoot yoki mashina qismlariga di-
namik yuklar t a ’sir etganda elementlarda hosil bo'ladigan kuchlanish va
deformatsiyalarni aniqlashga oid m a ’lumotlar bilan tanishamiz. Inersiya
kuchlari hisobiga qo'shim cha kuchlanishlar paydo bo'lganda elementning
mustahkamligi qay darajada о ‘zgarishini tekshiramiz.
12.1. Umumiy m ulohazalar
Y uklar inshoot yoki mashina qismlariga statik yoki dinamik ravishda
ta ’sir etishi mumkin. Har ikkala holda ham materiallar qarshiligining asosiy
m asalasini yechish, y a ’ni m aterialga b o g ‘liq holda k o ‘ndalang kesim
oMchamlarini tanlash masalasini hal etish talab etiladi. Avvalgi boblarda
biz bu masalani statik yuklar ta ’siri uchun hal etdik.
Mazkur bobda esa
dinamik yuklar ta’sirini ko‘rib o ‘tamiz.
Eng a w a l dinamik yuk bilan statik yukni farqlab olish maqsadida bir
oddiy misol keltiramiz. Aytaylik, m ashhur usta Mirjalol binoning yuqori
qavatlaridan birida g ‘isht terayapti. Avval devorning g ‘isht teriladigan qis-
miga
astagina qorishma yoyadi, qo‘Iiga g ‘isht olib, uni o ‘z o ‘miga asta
q o ‘yadi, yaxshiroq yopishsin deb g ‘ishtning ustiga kurakchasi bilan bir-ikki
urib qo‘yadi. Shu oddiy jarayonni nazariy jihatdan tahlil qilsak, bu yerda
ham statik, ham dinamik yuklarga duch kelamiz;
qorishm aning devorga
yoyilishi, g‘ishtning asta qo‘yilishi statik ta ’sir; kurakcha bilan urib qo'yilishi
esa dinamik ta ’sir sanaladi. Sababi shundaki, qorishm a yoyish va g‘isht
qo ‘yish harakatlarida tezlik o ‘zgarmas, tezlanish y o ‘q, y a’ni nolga teng.
Tezlanish yo‘q yerda N ’yutonning ikkinchi qonuniga ko‘ra inersiya kuchi
boMmaydi. Inersiya kuchi uyg‘otmaydigan ta ’sir statik ta ’sir yoki statik kuch
sanaladi. Kurakcha g ‘ishtga urilganda uning tezligi ju d a qisqa vaqt ichida
qirqiladi, bu esa o ‘z navbatida tezlanish uyg‘otadi.
Tezlanishning massaga
k o ‘paytmasi inersiya kuchini beradi. Misolni davom ettiramiz. Bexosdan
g 'ish t ustaning qoMidan pastga tushib ketdi, deylik. Katta tezlanish bilan
yerga tushgan gMsht parchalanib ketadi. GMshtni parchalagan kuch aynan
inersiya kuchi boMadi. Yuqoridan tushib kelayotgan g ‘ishtning
tezligi tobo-
ra ortib boradi, bu esa o ‘z navbatida tezlanish uyg‘otadi. G ‘isht yerga
urilganda tezlik nol, tezlanish esa maksimum boMadi. Maksimal tezlanish
esa maksimal inersiya kuchini vujudga keltiradi. G ‘ishtning
yer sirtiga zarb
bilan urilishi dinamik yuk sanaladi. Dinamik yukning miqdori gMshtning
vazni bilan inersiya kuchining yig‘indisiga teng b o ‘ladi. Bunga o‘xshash
misollarni m uhandislik amaliyotidan k o ‘plab keltirish mumkin. M asalan,
k o ‘tarma kranda biror yuk o ‘zgarmas tezlik bilan ko‘tarilsa, uning trosga
b o ‘lgan ta ’siri statik boMadi. Agar bu yuk m a’lum tezlanish bilan ko‘tarilsa,
u holda ta ’siri dinamik boMadi. B ug1 mashinalari va ichdan yonar dvigatel-
larning shatunlari ham o ‘zgaruvchan tezlik bilan harakatlanadi.
Aylanuvchi
qismga ega boMgan m ashinaning poydevorga boMgan ta ’siri ham dinamik
yuk liisoblanadi. Tem ir beton qoziqlarni qoqib kiritadigan gurzi (molot) lar-
ning zarbi ham dinam ik yuklar sirasiga kiradi va h.k. Mashinasozlik, samo-
lyotsozlik va transport sohalarida dinamik yuklar, dinamik ta ’sirilar
ostida
ishlaydigan mashina qismi va elementlarni k o ‘plab uchratish mumkin. Mu-
handis dinamik yuklar ta ’sirida ishlaydigan inshoot yoki mashina qismlarini
hisoblashni bilishi lozim. Quyida aynan ana shular haqida gap boradi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: