xulq-atvori, xatti-harakatidagi qusurlar uchun birovini jannat-
ga, birovini do‘zaxga yuborasan? Uning manglayidagi yaxshilig-u
yomonliklarni ham o‘zing yozgansan-ku? — deydi.
Yo rab loyimni-ku, qorgan o ‘zingsan,
O ‘rish-arqog‘imni o ‘rgan o ‘zingsan.
Yomonmanmi, yaxshi, men qandoq qilay!
Taqdir manglayimni bergan
0
‘zingsan
! 1
E, inson borlig‘ini yaratgan ulug‘ zot, unga ko'rsatayotgan
sitamlaring, azoblaring o ‘zingga yaxshi ma’lum-ku? Yomonga
ne’mat, yaxshiga kulfat ato qilganing ham o‘zingga oynadek
ravshan-ku? Bu nima qilganing, nima alaming? Nima balo,
o‘zing insonning dushmanimisan?2.. deb yozadi.
Umar Hayyom inson borlig‘ining yaratuvchisi bilan bo‘lgan
bahs-munozarani davom ettirib, bu olamda aybsiz-gunohsiz biron
odam bormi? Mabodo bor bo‘lsa, qanday qilib u gunoh qil-
may yashay oldi? Yomonlik qilgan odamga yomonlik qaytar-
sang, unda sen bilan mening farqimiz ne bo‘ldi, ayt, Parvar-
digor!3, deya nola qiladi.
Umar Hayyomning e’tirof etishicha, olamni yaratuvchisi-
ning ishi to‘g‘ri bo‘lganda edi, shubhasiz, uni hamma yoqtirardi.
Dunyoning ishlarida to ‘g‘rilik, adolat bo‘lsa edi, donolarning
ko‘ngli og‘rimasdi.
Dostları ilə paylaş: