Armon i!a umrim ayladim barbod,
Umrimda biron кип bo ‘lolmadim shod.
Qo ‘rqamenki umrim bermas omonlik,
Adolat istab men dod etarmen, dod.'
0 ‘rta asrning mashhur tabiatshunos olimi, faylasufi Umar
Hayyom borliqning turli shakllari orasidagi o‘zaro aloqadorlik
qonunlarini ochib berishga munosib hissa qo‘shdi. Borliqning
shakllari doimo o‘zgarishda, bir ko‘rinishdan boshqa ko'rinishga
o ‘tib turishini har tomonlama asoslab berdi. Lekin inson
borlig‘ining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash o‘ta murakkab,
hali unda bilinishi zarur bo‘lgan muammolar bisyor ekanligini
ko‘rib, taajjubdan, hayratdan yoqa ushlaydi. Borliqning turli
shakllari orasidagi o‘zaro aloqadorlik qonunlarini yaratishda aql
imkoniyatlarini (ratsionalizm) har tomonlama ulug'lagan allo-
ma, inson borlig‘idagi muammolar, qusurlarni bartaraf etishda
aql imkoniyatlari zaiflik qilishini ilg‘ab oldi.
Umar Hayyomning fikriga muvofiq, inson bilimi, ilmi bi
lan emas, balki o‘zining ahd-u vafosi, so‘zi bilan ishining
birligi, sadoqati, lafzining halolligi bilan ulug‘.
Dostları ilə paylaş: