O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Qarang: Umar Xayyom. Ruboiylar. Toshkent, 1991, 91-92-betlar



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Qarang: Umar Xayyom. Ruboiylar. Toshkent, 1991, 91-92-betlar.
2 Mahmud Zamaxshariy 1075-yilda Xorazmning Zamaxshar qishlog‘ida taval-
lud topdi. Boshlang'ich m a’lum otni otasidan oldi. Buxoro madrasalaridan birini
tugatgach, Xorazmshohlar saroyida kotiblik qildi. Qobiliyatiga yarasha biron amal
ololm agach, saroydan ketdi. Marv, Nishopur, Isfaxon, Shorn, Bag'dod, Xijoz,
Makkada b o‘ldi. Makkada arab tili va grammatikasiga oid («Al-mufassal») o ‘quv
qo'llanma yozdi. Makkadan Xorazmga qaytdi va 1144-yilda vafot etdi.
177


Mahmud Zamaxshariyning inson to ‘g‘risidagi qarashlari 
nazariy-metodologik asosini mu’taziliylik g'oyalari tashkil etadi. 
U tilshunoslik, adabiyot, aruz, jug‘rofiya, tafsir, hadis, fiqh 
va ilm al-qiroatga oid ellikdan ortiq asarlar yaratdi. Adab-axloqli 
barkamol insonning ma’naviy madaniyati haqidagi Mahmud 
Zamaxshariyning fikr-mulohazalari uning «Al-Kashshof», «Nozik 
iboralar», «Adabga kirish», «Oltin shodalar», «Balog‘at asos- 
lari», «Do‘stlar farog‘ati» kabi asarlarida bayon qilingan1.
Mahmud Zamaxshariy adab-axloq inson barkamolligini ifo- 
dalovchi muhim ko‘rsatkich ekanligi haqida gapirib, adab-ax­
loq, bilim ilm bilan bevosita bog‘liq ekanligiga e’tiborini qara- 
tadi. Inson chanakam adab-axloqni o‘zida shakllantirmog‘i uchun 
kundalik amaliy faoliyatida ilmga asoslanishini maslahat beradi. 
0 ‘zining «Nozik iboralar» asarida: Ilmli bo‘l, loaqal ilmni ting- 
lab eshitadigan bo‘l, biroq to ‘rtinchisi bo‘lma, chunki kasodga 
uchrab halok bo‘lasan (juvonmarg bo‘lasan), deb pand-u nasi­
hat qiladi. Xush adab, xush axloqli bo‘lish uchun tinimsiz 
izlanish zarurligini ta ’kidlab, ilmli bo‘lish, o‘qish, o‘qitish, 
yozish bilan hosil-u mukammal bo‘ladigan bir saboqdir, deb 
tushuntiradi2.
Mahmud Zamaxshariy insonning ijtimoiy qiyofasida ba’zan 
uchrab turadigan g‘ayriinsoniy qiliqlarni ilm yordamida bartaraf 
etish mumkinligiga qattiq ishonadi. Uning fikriga asosan, faqat 
ilm-u ma’rifatli odam har qanday takabbur, maqtanchoq, nodon 
kimsalarning burnini doimo to ‘zon-tuproqqa to ‘ldirish imkoni- 
yatiga ega bo‘ladi. Insondagi barcha nodonliklarni fozil, ilmli, 
bilimli kishilar sonini ko‘paytirish yordamida bartaraf etish 
mumkinligini ta’kidlab, lovillab yonayotgan olovni suv o‘chirgani 
kabi, nodon odamlardan chiqayotgan alangani hakim-u oqil 
odamlar so‘ndiradilar, deydi3.
Mahmud Zamaxshariy fikriga ko‘ra, ilmli, bilimli inson yo- 
monlikka yomonlik bilan javob bermasligi lozim. Yomonlik qil­
gan kimsalarga shafqatli bo‘lish barkamol insonga xos fazilat-

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin