O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Abu-l-Qosim M ahmud az-Zamaxshariy. N ozik iboralar.Toshkent, 1992, 49



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Abu-l-Qosim M ahmud az-Zamaxshariy. N ozik iboralar.Toshkent, 1992, 49,
51-betlar.
2 0 ‘sha asar, 48, 52-betlar.
3 Yusuf Balosog‘uniy, ya’ni Yusuf Xos Xojib, taxminan 1016— 1018-yillarda
Yettisuv o'lkasidagi Kuzurda (Balosog'un) shahrida tavallud topgan. Boshlang'ich
m a’lum otni o ‘z yurtida olgan. Bilimga, ilmga chanqoqligi tufayli arab, fors tillarini
mukammal o ‘rgangan. X itoy, mug'ul, hind, eron xalqlari madaniy merosini,
ayniqsa, Yunon falsafasini yaxshi bilgan. Arab, fors tillarida she’rlar yozgan,
dostonlar tuzgan. 0 ‘zining mashhur asari «Qutadg‘u bilig»ni 1069— 1070-yillarda
Qashg'arda yozib tugatgan va Mashriq podshohi Tovg'achxonga taqdim etgan.
Tovg‘achxon uni e ’zozlab, o ‘z saroyiga X os Xojib lavozimiga tayinlagan. Uning
vafoti haqidagi m a’lumot saqlanib qolmagan.
179


batlarni insonparvarlashtirish, yurtda adolat o‘rnatishga e’tiborni 
qaratdi1. Hokim dono, bilimdon bo'lsa, jamiyatni boshqarish 
asosida aql va adolat yotadi. Aql va adolat, shubhasiz, yalpi 
baxt-saodat va farovonlikka olib kelishiga ishonadi.
Yusuf Xos Hojib umuminsoniy axloqiy normalar, tamoyil- 
lar qaror topgan farovon jamiyatning vujudga kelishi ilm, bilim 
rivoji bilan bevosita bog‘liq ekanligini ta’kidlab, fuqarolami ilmli, 
bilimli bo‘lishga da’vat etadi. Ilm, fan, ma’rifat yordamida jami­
yat axloqiy muhitini sog‘lomlashtirmoqchi, odamlar ongi va 
faoliyatida uchrab turgan g‘ayriinsoniy qiliqlami bartaraf etmoq- 
chi bo‘ladi. Bilimni qorong‘u tundagi mash’alaga, o‘zidan nur 
tarqatib turuvchi yorug‘likka o‘xshatadi2.
Yusuf Xos Hojib insonning qadr-qimmatini bilim bilan ba- 
holaydi. Bilim inson aql-zakovatining asosini tashkil etadi. Aql- 
zakovat esa insonni ezgulik tomon boshlaydi. Xuddi shuning 
uchun ham bilimli kishilar doimo baxtiyorlikka intiladilar, yaxshi 
istak, orzu-umid bilan yashaydilar. Bunday odamlar elda aziz va 
qadrli bo‘ladilar. Bilimsiz kishining hamrohi nodonlik va johillik 
bo‘ladi. Bilimsizlik og‘ir dard bo‘lib, bunday kasallik o‘z vaqtida 
davolanmasa u, albatta, bevaqt o‘limga olib boradi3, deydi shoir.
0 ‘rta Osiyoda Qoraxoniylar hukmronlik qilgan yillarda ijod 
qilgan Yusuf Xos Hojib ilmli, bilimli kishilarga murojaat 
qilib, ziyoli odam larni chiroyli nutq so‘zlash malakasini 
o ‘rganishga d a’vat etadi. Bilimli kishining har bir so‘zi 
mazmunli, qisqa va ravshan, puxta o'ylangan bo‘lishi darkor- 
ligini ta ’kidlab, aks holda o ‘ylanmay aytilgan har bir so‘z 
katta zarar keltirishi mumkinligidan ogoh etadi. «Tilingga juda 
ehtiyot bo‘lgin, boshing omon saqlanadi, so‘zingni qisqa 
qilsang, yoshing uzayadi»4, deb yozadi.
Yusuf Xos Hojibning fikriga ko‘ra, inson eng ulkan mavju- 
dot bo‘lsa-da, ayni chog‘da, o‘ta murakkabdir. Shuning uchun

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin