ham, aqlidan benasib qiladigan, dunyoning tashvishlaridan, si-
tamlaridan ozod, xoli qiladigan qudrat — may, sharobdir.
M ay ichsa gado ham sulton b o ‘ladi,
Tulki ichsa, sheri g'arron b o ‘ladi.
Yosh ichsa keksalik sharafm quchar,
Keksa ichsa yoshu chaqqon bo ‘ladi.1
May, sharob shunday bir qudratli mo‘jizaki, mabodo uni
toqqa bersang, hatto tog‘ ham o‘yinga tushadi. May tarbiyasizga
tarbiya beradi, uni shaxs darajasiga ko‘taradi. Shunday qilib,
nishopurlik allomaning ta’kidlashicha, may ichsang o‘zligingdan
bexabar bo‘lasan, dushmanlaringni yer bilan yakson qilasan.
Hushyorlik esa foydasiz, chunki uning oqibati g‘am, dilni o‘rtab
yaralashdan boshqa narsa emas2. Lekin may ichganda, me’yorini,
o‘lchovini unutib qo‘ymaslik; uni qayerda, kim bilan ichishni
bilish; yashirin, pinxona, ezma, rasvo bo'lmasdan, hayo bilan
ichish; ichganda birovni ranjitmaslik, devona bo‘lmaslik darkor3.
Umar Xayyom mayni, sharobni quvonish, shod-u xurram-
lik deb, yoki din-u odobdan kechish uchun ichmasdi, balki
bir dam bo‘lsa ham bu dunyoning tashvishlaridan, muammo-
laridan jon-u dilini ozod qilish, o‘zlikdan bir nafas bo‘lsa ham
kechish uchun ichardi.
Dostları ilə paylaş: