O ’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/98
tarix25.09.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#148641
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   98
Maktabgacha pedagogika 2

ota-onalar bilan jam oa tarzida tashkil qilinadigan ishlar.
Bular ota-onalarning 
guruhiy va umumiy majlisi. ota-onalar maktabi, anjumanlar, shanbaliklar, savol- 
javob kechalari.

k o ’rsatmali ishlar.
Ishning bu turi ko'rgazmali, bolalarni ishlarini namoyish 
qilish, ochiq eshiklar kuni, pedagogik axborot stendlari, ota-onalar uchun kutubxona 
oilaviy larbiyaning barcha masalari bo'yicha materiallar solingan papka.
- ota-onaga pedagogik ta'Iim berish va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
158


Tarbiyachining oiiani borib ко ’rishi.
Bola yashab turgan oiiani o ’rganish ota-onalar bilan yaqin aloqa o’rnatish va 
ularga yordam, maslahatlar berishning samarali yo’llaridan biridir. Tarbiyachi oilaga 
teksftiruvchi sifatida emas maslahatchi, do’st va bola tarbiyasiga yordam beruvchi 
shaxs sifatida boradi. Tarbiyachining oilaga borishidan asosiy maqsad bola 
yashayotgan sharoitni ko’rish va zarur bo’lsa ota-onalarga yordam ko rsatishdir. 
Oiiani borib ko’rish va otanjnalar bilan suhbatlashish katta pedagogik odat bilan 
o’tkazilishi kerak. Ota-onalar bilan suhbatda bolaning eng yaxshi tomonlarini ochib 
berilsa, ota-onalarning tarbiyachiga bo’lg^n hurmati va ishonchi ortadi. Tarbiyachi 
bolaning uyida ko’rganlarini qayd qilish bilan bir qatorda ularni tahlil qiladi. ota- 
onalar majlislarida oilaviy tarbiyadagi ijobiy va salbiy tomonlar haqida gapiradi. 
Ularga o’zining maslahatlarini beradi. Oila tarbiyasidagi ijobiy ishlarni ota-onalar 
uchun tashkil etilgan testlarda aks ettirish ham mumkin. Oiiani borib ko’rgandagi 
taassurotlarini tarbiyaviy ishlarni hisobga olish ustuniga yozib qo’yishi kerak Oilaga 
kamida yiliga 2 marta borib ko’riladi tarbiyachining oilaga borishi ota-onalarda 
pedagogik inadaniyatni oshiradi.
Ota-onalar bilan shaxsiy suhbatlar.
Oila bilan shaxsan ishlashning eng keng 
tarqalgan usuli sifatida qo’llanadigan suhbat bolalarni ertalab qabul qilish va 
kechqurun kuzatish vaqtida o’tkazilishi mumkin. Ular tarbiyachilar bilan ota-onalami 
bir-biri bilan yaqinroq tanishishlariga yordam beradi. Tarbiyachining ota-onalar bilan 
ertalab o’tkazadigan suhbatlari qisqa muddatli bo’ladi, shuningdek uning yaqinlarida 
yaxshi kayfiyat, tarbiyachiga ishonch hissi paydo bo’lishida katta ahamyatga ega.
Ota-onalardan bola kechqurun qanday kayfiyatda bo’lganini, qanday uxlaganini 
bola o’zini qanday sezishni so’rash foydali. Tarbiyachi ota-onalarga bolalarni bugun 
guruhda nimalar kutishi xaqida qisqacha axborot beradi. Bu narsa bolani kayfiyatini 
ko’taradi, ota-onani xotirjam qiladi. Ota-onalar bilan kechki suhbatlar ham vaqt
'
159


jihatidan cheklangan, ota-onalar bilan kechki suxbat vaqtida tarbiyachi bolaning 
tashqi ko’rinishiga taaluqli kamchiliklar aytilishi mumkin. Bolani guruhda kunni 
qanday o ’lkazgani, nimalar bilan mashg'ul bo’Igani, o’zini qanday tutgani, nimaga 
e'tibor berish kerakligini xaqida axborot beradi. Ota-onalarni bola tarbiyasida yo’l 
qo’ygan biror kamchilik va xatosini tahlil qilish uchun ular bilan yanada mufassal 
suhbal o'tqazish zarurati tug'ilganda vaziyatni tuzatish uchun malakali maslahat 
hamda tavsiya berish kerak bo’lganda maslahatlar o’tkaziladi .
Guruhiy maslahatlar va majlislar.
Agar tarbiyachiga aynan bir masala bir nechta ota ona ni qiziqtirayotgani 
ma lum boMsa, ular uchun umumiy maslahatlar tashkil etadi. Pedagog maslahatga 
oldindan tayyorlanadi: zarur adabyotlarni va ko’satmali materiallarni tanlaydi. 
Maslahat o ’tkaziladigan aniq vaqt xaqida ota-onalarini ogohlantiradi. Sunday 
maslahatlar onda sonda va muntazam o’tkazilishi mumkin. Ota4)nalarning guruhiy 
majlislari zaruryatiga qarab yil choragida bir marta o'tkaziladi. Sunday majlislardan 
maqsad ota- onalarni aniq pedagogik masalalar bilan tanishtirishdir.Ularda mazkur 
guruhdagi bolalarni tarbiyalash masalalari muhokama qilinadi, guruh ish i bilan 
bog’liq tashkiliy masalalar qarab chiqiladi, ota-onalarning bayramda ishtirok etishlari 
haqida gapiriladi.
Majlislar mavzusini belgilashda va unga tayyorgarlik ko’rishda ota-onalari taklif 
etilayotgan bolalarni yoshini xisobga olish zarur. SHu munosabat bilan o’yin yoki 
mehnat faoliyatlari haqida masalalar ko’proq o’rin egallash mumkin. Ota-onalarning 
umumiy majlisi maktabgacha ta'Iim muassasalari hamma tarbiyalanuvchilarining ota- 
onalari uchun yiliga ikki marta o’tkaziladi. Ularni maktabgacha muassasa mudirbsi. 
vrach, tarbiyachilar ishtirokida tashkil etiladi.Umumiy majlislarda ta'lim-tarbijraviy 
ishning yakunlari muxokama qilinadi. Sirinchi umumiy majlis o’quv yili boshida 
o’tkazilib, unda mudira ota-onalami maktabgacha ta'Iim muassasining yillik ish 
rejasi bilan tanishtiradi. Rejaning oila bilan bog’liq qismiga aniq to’xtalib o’tish 
lozim. Ikkinchi umumiy majlis o ’quv yili oxirida o ’tkaziladi. Sunda maktabgacha 
ta'Iim muassasining o’tgan yildagi ish yakunlari haqida ma'Iumot beriladi. Solalar 
muassasida tarbiyalanuvchilarning yashash sharoitlarni yaxshilashda ota-onalarning 
qo’shgan xissalari ta'kidlab o’tiladi. Umumiy majlislarda bolalar muassasasi jamoasi 
qanchalik katta va murakkab ishni bajarishni va bu ishda qanday yordam berish 
kerakligini ishonchli tarzda ko’rsatish kerak. Majlislarda pedagog ma'ruzasining 
xajmi 20-25 minut ga mo’ljallanadi .
Ota-onalar bilan MTMsi xodimlarini birgalikdagi faoliyatini tashkil etish va 
uning mazmuni MTM dagi sharoitlarga bog’liqdir. Sirgalikdagi faoliyat kerakli 
darajada amalga oshiriladigan joyda o’zaro yordam, bir-birini tushunish, topshirilgan 
ishga 
javobgarlik 
holati 
vujudga 
keladi. 
Ota-onalar 
MTM 
maydonini 
ko’kalamzorlashtirish, xonalarni qish mavsumiga tayorlash, sog’lomlashtirish 
ishlarini 
o ’tkazishda 
yordam 
ko’rsatishlari, 
bolalarga 
bayram 
kastyumlari 
tayyorlashda, bolalarni sayyohatga kuzatib borishda ishtirok etishlari mumkin. Agar 
ota-onalar orasida fotosuratchilar, tikuvchilar, rassomlar bor bo’Isa, ular MTM ga 
bevosita yordam ko’rsatishlari kerak. Ota-onalarning ishi ijtimoiy harakterga ega va 
ixtiyoriyiikka asoslangan bo’lishi kerak. Sirgalikdagi ishni to’g’ri tashkil etish uchun
160


yillik reja tuziladi va uni ko'rinadigan joyga ilib qo'yiladi. Ota-onalardan qaysi 
kunlari MTMga kelib yordam berishlari mumkinligini so rash lozim.
Ochiq eshiklar kuni ota-onalar bilan ishlashning samarali shaklidir. Ochiq 
eshiklar kuni jamoaning o 'z kaicndar yillik rejasi bo'yicha bar bir yosh guruhning 
ma lum rejimi bo’yicha odatdagi mehnat kunidir. Sunday kunlarni yiliga 1-2 marta 
o'lkazish tavsiya qilinadi. Ochiq eshiklar kunini o'tkazish zarur. YA'ni ota-onalarga 
bolalarni jismoniy chiniqtirish. ovqallanlirish. mashg'ulotning borishi sayr haqida 
ko'pgina narsalarni ko'rish imkoniyatiga ega ekanliklari haqida ma'lum qilinadi.
Ota-onalarga esa quyidagilar esiatiladi: bolalar bilan oddiy munosabatda bo'lish, 
ularning faoliyatida imkon boricha ishtirok etish, tarbiyachiga xalaqit bermaslik. 
farzandiga tanbeh bermaslik (mashg’ulotlar o'tkazilayotganda).
Ochiq eshiklar kunini o’tkazishga tayyorlanayotganda fotosuratchini taklif etish, 
keyinchalik esa «Ota-onalar bizning mehmonimiz», «Bizda ochiq eshiklar kuni» 
mavzusida foto ko’rgazma tashkil etish mumkin. Bu ochiq eshiklar kunida qatnasha 
olmagan ota-onalarda qiziqish uyg'otadi.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin