O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti Pedagogika va psixologiya ta’limi yo’nalishi


Germaniya va Fransiyada kasb ta’limining tuzilmasi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə3/11
tarix02.01.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#44089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kasb ta`limi dual tizimi. Germaniya va Fransiyada kasb ta’limining

Germaniya va Fransiyada kasb ta’limining tuzilmasi.

Dunyo kasbiy ta’limini o‘rganmay turib, bu sohada yangi shakllarni tuzib bo‘lmaydi. Bu sohada bizga uzluksiz ta’lim tizimini olib boruvchi davlatlar tajribasi, ularning ishlab chiqqan ta’lim standartlari juda zarurdir. Bugungi kunda Buyuk-Britaniyada uzluksiz ta’lim va kasb ta’limining yangi tizimi ishlab chiqildi. Bu tizim turli xil yo‘nalishlardagi mutaxassislarni, shuningdek, boshlang‘ich o‘rta maktablarning bitiruvchilarini tayyorlashni nazarda tutgan.

Jahondagi ko‘plab mamlakatlarda oliy o‘quv yurtlari o‘rta umumiy ta’lim tizimidan keyingi, navbatdagi ta’lim bosqichi hisoblanadi. Oliy ta’lim maktablarining ko‘pchiligida o‘qish muddati 2 yil yoki undan ko‘proq bo‘lib, uch siklda yoki bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqich ta’limi 3-4 yil (yoki ko‘proq) davom etadi va bitiruvchilarga bakalavr diplomi beriladi (AQSH, Angliya, YAponiya, Avstraliyada). Fransiyada birinchi bosqich oliy maktabni bitiruvchilariga metriz, Belgiyada lisans unvoni beriladi. Ikkinchi bosqich oliy ta’lim maktablariga birinchi siklni tugatgan bitiruvchilarning 10-25 foizi qabul qilinadi. Masalan, bu ko‘rsatkich AQSHda -20, Buyuk Britaniyada -15, Avstriyada-10, Avstraliyada-7, YAponiyada -6 foizni tashkil qiladi. Bu davrda tanlangan yo‘nalish bo‘yicha ixtisoslashtirilmagan, umumiy, fundamental bilimlar o‘qitiladi (Angliya, Ispaniya. AQSH). GFR, Fransiya, Belgiya kabi mamlakatlarda esa ikkinchi bosqich oliy ta’lim maktablari talabalari ancha mukammal va muayyan maqsadga yo‘naltirilgan bilimlarni egallaydilar. Lekin hali ular tor profildagi yuqori malakali mutaxassis unvonini olish uchun ikkinchi sikldagi o‘qishlarini yana ixtisoslashtirilgan kurslarda 1-2 yil davom ettirishlari lozim.

Ta’limning bunday tizimi o‘rta va oliy ta’lim maktablari faoliyatini muvofiqlashtirishga tanlangan soha bo‘yicha oliy ta’limdagi izchillikni ta’minlashga samarali ta’sir qiladi (S.Sudzuki, 1992: 89; Naibolee prestijnыe universitetы i kolledji SSHA, 1986; D.Bligh, 1990: 102-108; J.Ledgar, 1996: 102-108; J.Spring, 1994: 148-159).

Muayyan ixtisosliklar bo‘yicha maxsus imtihonlar 3 yillik amaliy ish faoliyatidan keyin ham topshirilishi mumkin.

Oliy ta’lim maktablarining ikkinchi bosqichida o‘qish 1-2 yil davom etadi. Bu siklni bitirgan talabalarga magistr unvoni beriladi. (AQSH, Buyuk Britaniya, YAponiya, Avstraliya).

Fransiya va Belgiyada magistr unvoni ma’lum mutaxassisliklarni chuqur o‘rganuvchi kurslarning bitiruvchilariga xam beriladi. Magistrlik ta’limining ыziga xos xususiyatlaridan biri - o‘quv dasturlarining individuallashtirilganligidir. Bunda o‘quv dasturlari talabalar va ularning ilmiy raxbarlari tomonidan tuziladi va kafedralar, dekanatlar tomonidan tasdiqlanadi. Magistraturani bitirgan yoshlar doktoranturaga kirish xuquqiga ega bыladilar. (Sanyae, 1998: 210-211; A.A.Barbariga, N.V.Fedorova, 1979: 78-87).

Oliy ta’limning uchinchi bosqichi, bu –doktoraturadir.

Doktoranturaga, asosan, ikkinchi bosqich oliy ta’lim maktablarini muvaffaqiyatli bitirgan talabalar qabul qilinadi. O‘qish muddati mutaxassislik turiga ko‘ra 1-3 yil. Doktoranturaga birinchi sikl oliy ta’lim maktablarini bitirganlar ham kirishi mumkin. Lekin bu holda o‘qish muddati 3-5 yilgacha uzaytiriladi.

Birinchi sikl oliy ta’limi qoidalariga binoan mutaxassislik bo‘yicha umumiy bilimlar berishga yo‘naltirilgan. Ta’limni alohida ixtisoslarga bo‘lib tashkil qilish, odatda, 3-kursdan boshlanadi. Tor mutaxassislar bo‘yicha kadrlar tayyorlash faqat uchinchi sikldagina amalga oshiriladi.

Ko‘p bosqichli oliy ta’lim tizimining bunday o‘ziga xos xususiyatlari anglo-amerikancha va fransuzcha modellarda jahon bo‘yicha keng tarqalgan (J.Sprinjng, 1994: 3-24). Oliy ta’limning anglo-amerikancha tizimi AQSH, Buyuk Britaniya, Xindiston, Avstraliya, YAngi Zelandiya, YAponiya, Isroil va boshqa mamlakatlarda mavjud (qarang: J/ Leadgar, 1996: 102-103; Sravnitelnaya xarakteristika razvitiya obrazovaniya v stranax Azii, Afriki i Latinskoy Ameriki. 1991).

Birinchi sikl oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qish muddati turli mamlakatlarda turlicha. Masalan, AQSHda 4 yil, Buyuk Britaniyada 3 yil. Magistrlik darajasini olish uchun yana 2 yil o‘qish lozim (ayrim ixtisosliklar bo‘yicha 1-1,5 yil). AQSHdagi qator muhandislik oliy maktablarida bakalavrlik diplomini 5 yillik ta’limdan keyin olish mumkin. Tibbiyot sohasidagi birinchi doktorlik diplomini (stomatologiya, veterinariya sohalari bo‘yicha) olish uchun esa 8 yillik ta’lim joriy qilingan. YAponiyada esa bakalavrlik darajasini 4 yillik ta’limdan sыng olish mumkin (tibbiyot mutaxassisliklari bundan mustasno), magistrlik darajasiga teng diplomni olish uchun yana 2 yillik ta’lim dasturini o‘tash lozim (qarang: S.Sudzuki, 1992).


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin