O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti Pedagogika va psixologiya ta’limi yo’nalishi


Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə2/11
tarix02.01.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#44089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kasb ta`limi dual tizimi. Germaniya va Fransiyada kasb ta’limining

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish

O‘zbek tiliga davlat maqomi berilishi bilan ona tilini chuqur o‘rganish -maktab va boshqa o‘quv yurtlari ta’limining asosi qilib qo‘yildi. Ona tilida beriladigan bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchi-talabalarning mantiqiy tafakkurini o‘stirish; ularda ona tilidan ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, ularni o‘zbek adabiy tilining yozma va og‘zaki shaklini puxta o‘zlashtirgan madaniyatli va savodli qilib etishtirish nazarda tutildi.

Ta’limda test usuli qo‘llandi, iqtidorli bolalarni aniqlashga, o‘qitishga alohida ahamiyat berilmoqda. Mingdan ortiq iqtidorli bolalar Amerika, Angliya, SHvetsiya va Turkiyada ta’lim olib, mustaqil respublikamiz xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan bilim va kasblarni egallamoqdalar.

Ma’lumki, pedagogika tarixi ham boshqa xalqlar, mamlakatlar pedagogika tarixi bilan aloqada rivojlandi va rivojlanmoqda. SHu sababdan hozir Markaziy Osiyo pedagogika tarixini tadqiq etishda xorijiy SHarq va Evropa mamlakatlari ta’lim tizimi ham o‘rganilmoqda. Bu sohada respublika fan va texnika qo‘mitasining «Milliy ruh», «Qadriyat» nomidagi va O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari uchun ilg‘or pedagogik qo‘llanmalar va o‘quv darsliklarini ishlab chiqish bo‘yicha uyushtirgan tanlovlari bu sohada muhim ahamiyat kasb etdi.

T.N.Qori-Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti olimlarining ana shu tanlov asosida respublikada taniqli faylasuf, tarixchi va adabiyotshunos, pedagog va islomshunos olimlar va shu soha tadqiqotchilari bilan hamkorlikda «O‘rta Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotidan lavhalar» nomli qo‘llanma va «Pedagogika tarixi» darsligini yaratdilar. Endilikda o‘quvchi va talabalar Rossiya va G‘arbiy Evropa pedagogika tarixidan iborat bo‘lgan «Pedagogika tarixi»ni emas, balki Markaziy Osiyo ulug‘ mutafakkirlarining pedagogik qarashlari va nazariyalari tadqiq etilgan yangi darslik bo‘yicha yangicha pedagogik bilimni egallaydilar.

O‘zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasi huzurida Oliy attestatsiya komissiyasining tashkil etilishi — mustaqillikning muhim timsolidir. Bu Oliy attestatsiya komissiyasi o‘z zimmasiga yuklangan ulkan vazifalarni, ya’ni «yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash yangi tizimini shakllantirish, ularni respublika ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy taraqqiyotining ustivor muammolarini hal qilishga yo‘naltirish, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni davlat yo‘li bilan ekspertiza qilishni ta’minlash bilan etuk ilmiy-pedagogik kadrlar etishtirishga samarali ta’sir ko‘rsatmoqda.

Oliy pedagogika o‘quv yurtlarida ilmiy daraja beruvchi ixtisoslashtirilgan kengash tashkil etilishi bilan respublikamizda pedagogika tarixi va nazariyasi, fanlarni o‘qitish usullari bo‘yicha doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini o‘zbek tilida, turli millat vakillarining o‘z ona tillarida himoya qilishga keng imkoniyat yaratildi, bu kengashlar milliy pedagog olimlar safining o‘sishida muhim omil bo‘lmoqda. Bu tadbir respublikada sifatli, ilmiy-pedagogik asarlar, o‘quv-metodik qo‘llanmalarning yaratilishiga, maktabgacha tarbiya muassasalarida, umumiy o‘rta maktablarda, o‘rta va maxsus oliy o‘quv yurtlarida ta’lim-tarbiyaning yuksak saviyada bo‘lishiga, ta’lim tizimi mazmunining takomillashuviga samarali ta’sir ko‘rsatmoqda.


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin