Odam anatomiyasi



Yüklə 10,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/160
tarix06.09.2023
ölçüsü10,25 Mb.
#141763
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   160
ATLAS ODAM ANATOMIYASI I-TOM SINELNIKOV (O\'zbekcha)

ligamenta

bo’g’im disklari, 
disci articulares;
bo’g’im 
menisklari
, menisci articulares;
bo’g’im 
lablari, 
labra articularia,
kiradi.
Bo’g’im boylamlari – bu zich tolali 
briktiruvchi to’qimaning tutamlari bo’lib, 
bo’g’im kapsulasini mustaxkamlovchi va 
suyakni bo’g’im bo’shlig’iga yo’naluvchi 
xarakatini chegaralovchi hususiyatga ega. 
Boylamlar bo’g’im kapsulasiga nisbatan
munosabatiga ko’ra bo’g’im kapsulasining 
tashqarisida joylashgan, kapsuladan tashqari 
boylamlar, 
ligg. extracapsualria, 
kapsulaning 
fibroz va sinovial membranalari orasida 
joylashuvchi, 
kapsulyar 
boylamlar, 
ligg. 
capsularia,
va bo’g’im ichida yotuvchi, 
kapsulaichi boylamlar, 
ligg. intracapsularia,
farqlanadi. Boylamlar amaliy jixatdan barcha 
bo’g’imlarda uchraydi. Kapsuladan tashqari 
boylamlar kapsula fibroz qavatiga qo’shilib
ketadi; kapsulyar boylamlar bu qavatning 
qalinlashuvidan hosil bo’lsa, kapsulaichi 
boylamlari esa joylashish jixatidan bo’g’im 
ichida joylashsa ham uni bo’g’im bo’shlig’idan 
sinovial membrana ajiratib turadi.
Bo’g’im disklari – gialinli yoki tolali 
tog’aydan tuzulgan bo’lib, suyakning bo’g’im 
yuzalari orasida qistirilgan holatda yotadi. Ular 
bo’g’im kapsulasiga yopishadi va bo’g’im 
bo’shlig’ini ikki qavatga bo’ladi. Disklar 
bo’g’im 
yuzalarini 
bir-biriga 
mosligini 
(kongruentligi yoki ustma-ust tushishi) ni 
oshiradi va shunga mos ravishda bo’g’im 
xarakatining hajmi va turli shaklda harakatlana 
olish qobiliyati ortadi. Bundan tahsqari ular 
xarakat vaqtida titirashni kamaytirish va 
amartizator vazifasini ham bajaradi. Bunday 
disklar misol uchun, to’sh-o’mrov va chakka-
pastkijag’ bo’g’imlarida mavjud.
Bo’g’im 
menisklari disklardan farqli 
ravishda - u yaxlit tog’ay plastinkasidan iborat 
bo’lmay, tolali tog’aydan tahskil topgan 
yarimoy (o’roqsimon) shakildagi tuzulmadir. 
Ikki menisk, o’ng va chap, har bir tizza 
bo’g’imida uchrab; ular tashqi qirg’oqlari bilan 
kapsulaga, katta boldir suyagi yaqinida brikadi 
va uning o’tkir ikkinchi qirg’og’i bo’g’im 
bo’shlig’ida erkin turadi. 
Bo’g’im labi zich briktiruvchi to’qimadan 
tashkil topgan. U bo’g’im chuqurchasiga brikib 
uni chuqurlashtiradi va yuzalarni bir biriga 
moslashuvchanligini oshiradi. Lab bo’g’im 
yuzasiga qarab turadi (yelka va chanoq-son 
bo’g’imlari). 
Bo’g’imlar bo’g’im yuzalarnining shakli va 
brikuvchi 
suyaklarning 
xarakatchanlik 
darajasiga ko’ra farqlanadi. Bo’g’im yuzasi 
shakliga 
ko’ra 
farqlanadi: 
sharsimon 
(kosasimon) 
bo’g’imlar, 
articulationes 
spheroideae (cotylcae);
yassi, 
articulationes 
pianae; 
ellipsimon, 
articulationes ellipsoidae 
(condylares); 
egarsimon, 
articulationes 
sellares; 
ovalsimon, 
articulationes ovoidales;
silindrsimon, 
articulationes 
trochoideae; 
g’altaksimon, 
articulationes gingylimus. 
Bog’im yuzalarining shakillari ularning qay 
darajada xarakatchanligini belgilab beradi (ras. 
217). Sharsimon va yassi bo’g’imlar bir biriga 
perpendikulyar bo’lgan cuh o’q bo’ylab 
xarakatlana oladi: frontal, oldingiorqa (sagittal) 
va vertikal. Misol shakli bo’yicha sharsimon 
bo’lgan, yelka bo’g’imida frontal o’q bo’ylab 
bukish (
flaxio
) va yozish (
extensio
), xarakatlari 
sagittal tekslikda sodir bo’ladi; oldingiorqa o’q 
bo’ylab – uzoqlashtirish (tanaga nisbatan) 
(abductio) 
va 
yaqinlashtirish 
(adducio), 
harakatlari frontal tekislik bo’ylab amalga 
oshadi. Eng so’ngi, vertikal o’q bo’ylab 
buralish harakati (ratatio), ichkariga buralish 
(pronatio) va tashqariga (supinatio),
burilishning o’zi esa gorizonlar tekislik bo’ylab 
amalga 
oshadi. 
Bu 
harakatlar 
yassi 
bo’g’imlarda anchayin chegaralangan (yassi 
bo’g’im yuzasi chuqurligi kam bo’lgan 
diametri katta yuza sifatida qaraladi) sharsimon 
bo’g’imlarda esa xarakat katta amplitudali 
bo’lib 
ularda 
doira 
bo’ylab 
aylanma 
xarakat(
circumductio

xam 
mavjud.
Bo’g’imlarda uchchala o’qdan birortasi bo’ylab 
xarakat cheklansa va ikki o’z bo’ylab xarakat 
amalga oshsa – ikkio’qli bo’g’imlar deb ataladi. 
Ikkio’qli bo’g’imlarga ellipsimon bo’g’imlar 
(masalan, bilak-kaft bo’g’imi) va egarsimon 
(masalan, I barmoqning kaftusti-kaft bo’g’imi). 
Bir 
o’qli 
bo’gimlarga 
silindrik 
va 
g’altaksimon bo’g’imlar kiradi. Silindrik 
bo’g’imning xarakati buralish o’qiga paralael 
xolatda amalga oshiriladi. Misol tariqasida 
bunday bo’g’imlardan, birinchi va ikkinchi 
bo’yin umurtqalarining o’rtasida joylashgan 
markaziy bo’g’im bo’lib unda buralish xarakati 
II bo’yin umurtqasiga nisbatan vertikal xolatda 
bo’ladi. Bu bo’gimlarga proksimal bilaktirsak 
bo’g’imi xam kiradi.
Bir o’qli bo’gimning boshqa ko’rinishdagi 
turi 
g’altaksimon 
bo’g’imdir. 
Bunday 
bo’g’imlarga yelkabilak va falangalaraor 
bo’g’imlari kiradi.
Sichqonsimon (tuxumsimon) bo’g’imlar, 
articulationes 
bicondylares, 
ellipsimon 
bo’g’imlarning shakli o’zgargan ko’rinishidir. 
Skelet tizimida bir qancha bo’g’imlarda 
xarakat 
faqat 
qo’shni 
bo’g’im 
xarakatlangandagina amalga oshishi mumkun 
bo’lib, bu anatomik jixatdan izolatsiyalangan 
bo’g’imlar umumiy bir vazifani bajaradi. 
Bo’g’imlarning 
bunday 
funksional 
kombinatsiyasini ularni tuzulishi va xarakat 
strukturasining analizini o’rganganda bilish 
zarurdir.

Yüklə 10,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin