ATLAS ODAM ANATOMIYASI I-TOM SINELNIKOV (O\'zbekcha)
223. Umirtqa pog’onasining boylamlari, ligg. columnae vertebralis; oldindan ko’rinishi. (Bel soxasi. Frontal kesim, I va II bel umirtqalarining tanalari olib tashlangan.) Umirtqa pog’onasining boylamlari Umirtqa pog’onasining boylamlari, ligg. columnae vertebralis, ni uzun va kaltaga
ajiratish mumkin (ras. 222 – 227).
Umirtqa pog’onasining uzun boylamlariga
quyidagilar kiradi:
1. Oldingi bo’ylama boylam,
lig. longi tudinale anterius, (ras. 221, 224, 226),
atlantning oldingi do’mbog’idan boshlanib,
umirtqalar tanasining oldingi va qisman yon
yuzalaridan o’tib, I va II dumg’aza
umirqalarining
suyakusti
pardasida
yakunlanadi.
Oldingi
bo’ylama
boylam
umirtqa
pog’onasining pastki soxalarida sezilarli
darajada yo’g’on va baquvvatdir. U umirtqalar
tanasi
bilan
nozikkina,
umirtqalararo
disklarning tog’ayusti pardasi (perixondriy),
perichondrium, ga esa mustaxkam brikib,
umirtqa tanasining yon tomonida – suyakusti
pardasiga qo’shilib ketadi. Bu boylamning
chuqur tolalari qo’shni umirqalarni bir biriga
bog’lagani, yuzaki tolalari esa xar 4 – 5 –
umirtqalarni bir biriga bog’laganligi uchun
chuqur tolalar kaltaroqdir. Oldingi bo’ylama
boylam umirtqa pog’onasining xaddan ziyod
orqaga bukilib ketishini chegaralab turadi.
2. Orqa bo’ylama boylam
, lig. longitudinale posterius (ras. 228; ras. 224, 227), umirtqalar
tanasining orqa tomonida, umirtqa kanali ichida
joylashadi.
Bu
boylam
aksisning
orqa
yuzasidan boshlani, yuqorigi ikki bo’yin
umirtqasi ro’parasida yopqich membrana,
membrana tectoria , ga davom etadi. Boylam
pastki
tomonda
dumg’aza
kanalining
boshlang’ich qismigacha yetib boradi. Orqa
bo’ylama
boylam
oldingi
bo’ylama
boylamning aksi bo’li, umirtqa pog’onasining
yuqori soxalarida kengroqdir. U umirtqalararo
disklarga mustaxkam yopishgan bo’lib,
disklarga yopishgan qismi umirtqa tanalariga
yopishgan qismiga nisbatan kengroqdir. Orqa
bo’ylama boylam umirtqa tanalari bilan
nozikroq brikkan bo’lib, bu boylam bilan
umirtqa tanasining orqa yuzasi oralig’ida venoz
tugunlari yotadi. bu boylamning yuzaki tolalari,
oldingi boylamniki singari chuqur tolalariga
nisbatan uzunroqdir.
Umirtqa pog’onasininig kalta boylamlari
sindesmozlardan tashkil topgan bo’lib ular
quyidagilardir:
1. Sariq boylamlar,
ligg. flava (ras. 229; ras.
220, 223, 224), atlantdan dumg’azagacha bo’l