Oila psixologiyasi kafedrasi


Kurs ishining vazifalariga asosan quyidagilar kiradi



Yüklə 179 Kb.
səhifə3/11
tarix03.06.2023
ölçüsü179 Kb.
#124441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Oila psixoterapiyasi sirtqi kurs ishi

Kurs ishining vazifalariga asosan quyidagilar kiradi:
- talaba maʼruza va amaliy mashg‘ulotlarda, mustaqil faoliyatlarda olgan nazariy va amaliy ko‘nikmalarini ijodiy masalalarni bajarishda qo‘llay olishini namoyish etish;
- talaba meʼyoriy, maʼlumotnoma va boshqa adabiyotlardan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish;
- mustaqil fikrlash va eng maqbul yechimlarni qabul qilishga o‘rgatish;
- axborot texnologiyalari vositasida tayyorlagan o‘z ishining taqdimoti (himoyasi)ni o‘tkazish, unda kurs ishini bajarish jarayonida egallagan natijalarni ishonchli dalillar bilan asoslash, o‘zini dadil tuta bilish, turli zamonaviy texnik vositalar va ularning dasturlaridan foydalana olish qobiliyatini ko‘rsatish;
- o‘quv jarayonida shakllangan kommunikativ ko‘nikmalarini namoyish etish, o‘z nuqtai nazarini himoya qila olish va murosaga kelish, muloqotga qo‘shilish, ish bo‘yicha savollarga asoslangan javob berish, etika qoidalariga rioya qilgan holda baxslashish, muzokaralar va davra suhbatlarida qatnashish imkoniyatini namoyish etish;
- talaba guruh bilan ishlash ko‘nikmalarini faollashtirish, oldinga ko‘yilgan maqsadni bajarish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish qobiliyatini kengaytirish, umumiy masalalarni yechishda hamkorlar bilan ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash;
- mustaqil ijodiy ishlash, maʼlumotlarni izlash, yig‘ish, qayta ishlash va saqlash uchun zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalana olish, ijodiy ishlash jarayonini to‘la nihoyasiga yetkazish masʼuliyatini his etishga o‘rgatish.
Kurs ishi mavzusini tanlash jarayoni.
Kurs ishini bajarishda muhim masalalardan biri uning mavzusini to‘g‘ri aniqlashdir.
Kurs ishining mavzulari mazkur fanning o‘quv vazifasiga javob berishi bilan bir qatorda ilm-fan va ishlab chiqarishning dolzarb muammolari bilan bog‘liq bo‘lishi lozim.
Kurs ishi mavzularining amaliyligi-bu avvalambor ularning ilmiyligi, zamonaviyligi va talaba mustaqil ijodiy ishga ko‘nikmani shakllantirishga yo‘naltirilganligidir.
Kurs ishi mavzulari ro‘yxati kafedra tomonidan tasdiqlanadi. Talaba mavzuni tanlash huquqi beriladi. Talaba, ilmiy rahbari bilan kelishgan xolda, kurs ishi mavzulari ruyxatida bo‘lmagan, lekin o‘rganilayotgan fanga bevosita aloqasi bo‘lgan mavzu bo‘yicha ham kurs ishi yozishga ruxsat etiladi.
Kurs ishini bir necha talabaning bitta mavzudan yozishlariga ruxsat etilmaydi. Bundan istisno holda, ilmiy rahbarning ruxsati bilan bir mavzuning turli jihatlarini yoritib beradigan holatlarda bir necha talaba bir mavzuda kurs ishi yozishiga ruxsat beriladi. Аlbatta, bunday tanlangan mavzular tegishli kafedrada ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.
Talaba kurs ishining rejasini, foydalanadigan adabiyotlar ro‘yxatini, mavzu bo‘yicha yig‘iladigan materiallarni yig‘ish usullari, ularni qayta ishlashni va barcha maʼlumotlarni tekshirtirish muddatlarini ilmiy rahbari bilan muvofiqlashtirishi kerak.

Yüklə 179 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin