Oila psixologiyasi kafedrasi


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida



Yüklə 179 Kb.
səhifə5/11
tarix03.06.2023
ölçüsü179 Kb.
#124441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Oila psixoterapiyasi sirtqi kurs ishi

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida: Kurs ishi yozish davomida foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro‘yxati belgilangan tartibda keltiriladi.
Ilovalarda: Аsosiy matnni o‘qishni qiyinlashtiradigan jadvallar, grafiklar, hujjatlar nusxalari, diagrammalar keltiriladi va raqamlanadi. Ularning hajmi kurs ishining umumiy hajmining 30 foizidan ortib ketmasligi kerak.
Kurs ishining asosiy matnida mavzuni ochib berishga qaratilgan va to‘g‘ri tuzib chiqilgan jadvallar, rasmlar (grafiklar, diagrammalar) va boshqa zaruriy materiallar keltirilishi lozim.
Materiallarni yoritib berishga qo‘yilgan talablar:
Kurs ishi imlo xatolarsiz, ravon tushunarli tilda yozilishi, jumla va gaplar aniq ifodalanishi, ular o‘zaro bog‘liq bo‘lishi va bir-birini to‘ldirib turishi kerak. Unda keltirilayotgan statistik maʼlumotlar faqatgina ko‘rgazma (illyustrattsiya) vazifasini o‘tab qolmasdan, xulosalar chiqarish va ularni isboti uchun xizmat qilishi lozim. Kurs ishida keltirilgan barcha asoslar va maʼlumotlarning aniqligi va haqiqiyligi uchun uning muallifi shaxsan javobgar hisoblanadi.
Kurs ishi talaba tomonidan mustaqil ravishda shaxsan bajarilishi shart.
Talaba va magistr tomonidan turli xil manbalardan dalillar, statistik maʼlumotlar, turli mualliflarning fikrlaridan iqtiboslar keltirish to‘g‘ri va ilmiy maʼlumotlari bilan taʼminlangan bo‘lishi kerak.
Ilmiy-maʼlumotlarga sayqal berish.
Kurs ishida ilmiy-maʼlumotlarga sayqal berish nashr etishga tayyorlanayotgan ilmiy ishlar talablariga javob berishi kerak. Kurs ishini yozish jarayonida talaba shu sohada mavjud bo‘lgan va o‘zi foydalangan boshqa ilmiy tadqiqotlardan, maʼlumotnomalardan dalil keltirishi zarur. Ilmiy-maʼlumotlarga sayqal berish davomida talaba quyidagi shartlarga rioya qilishi lozim.
-kurs ishini yozish davomida foydalanilgan adabiyotlar va boshqa manbalardan dalil keltirish bir xil tartibda yoritilishi kerak.
-matnda foydalanilgan manbalar sahifa ostida izoh tarzida aniq va to‘liq keltirilishi, yaʼni muallif va adabiyotning nomi, nashriyoti, yili va beti keltirilishi kerak.
-sahifa ostidagi izoh tarzidagi yozuvda vaqtli nashrlar, kitoblar, maqolalar nomi qo‘shtirnoqqa olinmaydi.
-sahifa ostidagi izoh 1,5 interval qilib yozilishi lozim.
-sahifaning atroflariga bezakli chiziqlar qilinishi shart emas.
-kurs ishlari o‘quv jarayoni olib borilayotgan tilda yozilishi lozim.
-kurs ishlari yozish jarayonida foydalanilgan adabiyot va ilmiy manbalar hajmi mavzuning mohiyatini ochib beradigan mazmunda va darajada bo‘lishi zarur.
-kurs ishlarini yozishni qulaylashtirish uchun oq varaqlarda kompyuterda bir yarim oraliqli satr chiziqlari chizib olinishi mumkin.

Yüklə 179 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin