Oila psixologiyasi


-MAVZU: TA’LIM JARAYONINING MOHIYATI



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə46/80
tarix07.01.2024
ölçüsü1,54 Mb.
#204065
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80
Oila psixologiyasi

7-MAVZU: TA’LIM JARAYONINING MOHIYATI


REJA:

  1. Didaktika - ta’lim nazariyasi.

  2. Ta’lim paradigmalari.

  3. Ta’lim qonuniyatlari va printsiplari.

  4. Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy xujjatlar.

“O’z mustaqil fikriga ega bo’lgan, o’z kuchiga, o’zi tanlagan yo’lning to’g’riligiga ishongan inson doimo kelajakka ishonch bilan qaraydi. U jamiyatdagi fikrlar xilma - xilligidan cho’chimaydi, balki zamonaviy bilim va falsafiy qarashlarga, hayot haqiqatiga suyangan holda har qanday g’arazli niyat, tahdid va intilishlarni fosh qilishga qodir bo’ladi”. I.A.Karimov.
Didaktika nima? U pedagogikaning qanday sohasi bilan shug’ullanadi?
Bilim jarayonining ilmiy, nazariy, uslubiy va amaliy asoslarini, ya’ni ta’lim, bilim berish, o’qitish nazariyasi bilan pedagogikaning mustaqil bo’limi didaktika- ta’lim nazariyasi shug’ullanadi.
Didaktika - grekcha so’z bo’lib, "didasko", ya’ni o’qitish, o’rgatish ma’nolarini bildiradi. Ta’lim qonuniyatlarini o’rganish, tahlil qilish jarayonida ta’lim tushunchasi uning mohiyati, mazmun va vaziflari, o’qitish prinsiplari, shakllari haqidagi bilimlarni bayon etiladi. Didaktika pedagogikaning «nimaga o’qitish», «nimani o’qitish» va «qanday o’qitish» kabi savollariga javob izlaydi.
Ta’lim - insoniyat tajribasining ma’lum tomonlarini, ya’ni o’quvchilar ijtimoiy taraqqiyotining hozirgi talablariga muvofiq darajada bilim va tarbiyaga ega bo’lishlarini ta’minlaydigan faoliyatdir. O’qituvchi ta’lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi, balki bu jarayonda o’quvchi, talabaga ta’sir ko’rsatadi, bu esa ularning bilim olishlarini yanada faollashtiradi, natijada o’quvchi ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. Ta’limdagi yutuqlar avvalo o’qituvchiga bog’liq. Mutaxassis sifatida o’z fanini chuqur bilishi, pedagogik muloqot ustasi bo’lish psixologik - pedagogik va uslubiy bilim va malakalarni egallashi, xar xil pedagogik vaziyatlarni zudlik bilan o’rganish va baholash, pedagogik ta’sir ko’rsatishning maqbul usul va vositalarini tanlay olish qobiliyatiga ega bo’lish kerak.
Ta’lim jarayonima’lumot mazmuni hamda unga oid faoliyat usullarini o’quvchilarning o’zlashtirishi uchun o’qitish va o’qish faoliyatlarining real aloqalashuvi, sababiyatli bog’lanishi, bir-biriga muvofiqlashuvi asosida ta’limning aktlar, zvenolar, sikllar shaklida makon va zamonda harakatlanadigan maqsadga muvofiq shirkat faoliyatidir[1].
Ta’limning asosiy vazifalari shaxsni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Ta’lim inson bilish faoliyatining bir turi sifatida bir necha ma’noni bildiradi, ya’ni ta’lim oluvchilarda bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilish, ularda dunyoqarash, fikr va e’tiqodlarni shakllantirish hamda ularning qobiliyatlarini o’stirishdir.
Ta’lim orqali yosh avlodga insoniyat tajribasi orqali to’plangan bilimlar beriladi, zaruriy ko’nikma va malakalar hamda e’tiqodlar shakllantiriladi. Ta’lim o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo’lib, u ikki tomonlama xarakterga ega, ya’ni unda ikki tomon o’qituvchi va o’quvchi faol ishtirok etadi. O’qituvchi aniq maqsadni ko’zlab, reja va dastur asosida bilim, ko’nikma va malakalarni singdiradi, o’quvchi esa uni faol o’zlashtirib oladi. Bildirish, bilish murakkab, qiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psixikasiga tegishli sezgi, idrok tassavvur va tafakkur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rol o’ynaydi. Ta’lim berish, yoshlarga bilim berish, ularda ko’nikma va malakalarni hosil qilish, ya’ni haqiqatlarni ocha olishga qodir bo’lgan jiddiy mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir.
O’qituvchi, o’quvchi va talabalardagi fikrlash jarayonni to’g’ri yo’lga solish uchun amaliyot har qanday bilishning negizidir, degan qoidani hisobga olish zarur. Ta’limda o’qituvchi bilim berish bilan cheklanmaydi, u o’quvchilarning fikrlash faoliyatiga ham rahbarlik qiladi, o’quvchilarda ishdagi mustaqillik, ijodkorlik qobiliyatlarini o’stiradi va shu tariqa o’rganilayotgan narsaning ongli ravishda o’zlashtirib olishga erishiladi, materialni idrok qilishlari va tushunib olishlari bilan birga, uni puxta esda saqlab qolishlari to’g’risida ham g’amxo’rlik qiladi.
O’qituvchi o’quvchi - talabaning bilish faoliyatlarini tashkil qilish maqsadida o’quv ishlarni olib borar ekan, avvalo ta’lim jarayoni orqali uch vazifani, ya’ni bilim berish orqali uch maqsadni hal qilish lozimligini unutmasligi kerak. Bu maqsadlar o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatini birlashtiradi.
1.Ta’limiy maqsad - o’quv materialining mazmunini bilish, ya’ni ushbu fanga tegishli ilmiy bilimlarni o’zlashtirish va amaliyotga tadbiq qila olishdir.
2.Tarbiyaviy maqsad - fan asoslarini o’zlashtirish orqali uning mazmunida yotgan g’oyalar, dunyoqarashlar ta’sirida o’zining shaxsiy sifatlarini, imon - e’tiqodlarini shakllantirishdir.
3.Rivojantiruvchi maqsad - ta’lim jarayoni ta’sirida shaxsning aqliy kamolatini, bilish qobiliyatini, o’qishga, mehnatga bo’lgan munosa-batini rivojlantirishdan iborat.
Bu maqsadlarni amalga oshirish natijasida o’quvchi - talabada mustaqil ishlash iste’dodi paydo bo’ladi. Uni o’ylashga o’rgatadi, ta’lim jarayonida tafakkur hukmronlik qiladi .
Ta’limni amalga oshish bosqichlarda ko’rishimiz mumkin. Bu bosqichlar quyidagilardan iborat:
Birinchi bosqich o’quv materiallarini idrok qilishdan iborat. Bunda o’quvchi talaba
ta’limning mazmuni bilan tanishib, o’zining bilish vazifalari nimalar iborat ekanligini
tushunib oladi. Bunda sezgi, idrok, tasavvur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi.
Ikkinchi bosqich ular o’quv materiallarini tushunib oladilar, uning mohiyatini 
anglaydilar va umumlashtiradilar. Natijada ularda yangi bilimlar paydo bo’ladi. Buning 
uchun ular analiz, sintez, taqqoslash, xulosa chiqarishdan foydalanadilar.
Uchinchi bosqich yangi bilimlar, mashqlar, mustaqil ishlar o’qituvchining qo’shimcha 
izohlari orqali mustahkamlanadi.
Tortinchi bosqichda ular o’zlashtirib olgan bilimlarni imkoniyatga qarab amaliyotga
tadbiq qiladilar.
Bularni bilish orqali o’qituvchi ta’lim tarbiya jarayonini samarali boshqarishi mumkin. Shuning uchun o’quv jarayonining hamma bosqichlarida o’qituvchi 
yetakchilik va boshqaruvchilik rolini o’ynaydi. Yuqoridagi fikrlardan xulosa 
chiqaradigan bo’lsak, o’qitish jarayoni bilish faoliyatining muhim tarmog’i sifatidaqator vazifalarni bajaradi.
Jumladan:
1.O’quvchi va talabalarda bilim ko’nikma va malakalarni hosil qiladi.
2.Ularda dunyoqarash, ishonch va e’tiqodlarini o’stiradi.
3.Yoshlarni muayyan darajada o’qimishli, muayyan tarbiyali kishilar bo’lib 
yetishishlariga, qobiliyat va is’tedodlarini o’stirishga erishiladi.
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi va kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri, - deb ta’kidlanadi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida. Uzluksiz ta’lim tizimi o’quv - tarbiya jarayonining hamma bosqichlarini qamrab oladi hamda har tomonlama yetuk barkamol avlodni yeishtirish uchun shart - sharoitlar yaratadi. Dasturda uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari ham o’z ifodasini to’liq topgan. Bular
- ta’limning ustuvorligi,
- ta’limning demokratlashuvi,
- ta’limning insonparvarlashuvi,
- ta’limning ijtimoiylashuvi,
- ta’limning milliy yo’naltirilganligi,
- ta’lim va tarbiya uzviy bog’liqligi,
- iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori darajada bilim olishlari uchun shart - sharoit yaratish kabilardir.
Talimni tashkil etishboshqarish va nazorat qilishda oqituvchi va oquvchi faoliyatiga qoyiladigan talablarqoidalar talim prinsiplari deb ataladi.
Prinsiplar umumdidaktik kategoriya bo’lib, ular ta’limning barcha turlari, darajalari, 
sub’ektlari, o’quvtarbiya jarayonining hamma komponentlariga dahldor umumiy 
qoidalardir. 
O’qitish bilish faoliyatining ajralmas qismi sifatida, insonning tevarak - atrofdagi dunyoni bilishining umumiy qonunlari asosida sodir bo’ladi. Shuning uchun o’qitish tamoyillari ta’lim jarayonining eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to’g’ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin