adabiyotlardan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati va
ma’lumotnomalardan, elektron ishlanma va darsliklardan, Internet sahifalaridan
va h.k.)dan fanlarga oid ma’lumotlar bilan ishlay olish;
axborotni tahlil qilish va baholash, bir turdagi axborotni ikkinchi turga
aylantirish va shu kabi masalalarni echa olishi;
axborot texnologiyasi orqali axborot makonni o‘rganish mumkinligiga
bo‘lgan ishonch, insoniyatni bundan keyingi rivojlanishi uchun fan va
texnologiyalar yutuqlaridan kerakli darajada foydalanish,
fan va texnika
ijodkorlariga hurmat bilan qarash, informatika va axborot texnologiyalari
ta’limiga umumbashariy madaniyat elementi sifatida qarashni tarbiyalash;
kundalik hayotda uchraydigan va hayotiy faoliyatining havfsizligini
ta’minlashda egallagan bilim va ko‘nikmalaridan foydalana olish.
Bugungi hayotimizning har bir jabhasi, har bir soha va barcha faoliyat turlari
bevosita axborot texnologiyalari bilan bevosita bog‘liqdir.
SHunday ekan,
axborot texnologiyalarni yaratish va ularni boshqarishga oid bilim, ko‘nikma va
layoqatning har bir insonda shakllanishi fundamental ahamiyat kasb etadi. Ta’lim
tizimini axborotlashtirish – texnologik va ijtimoiy bilimlarni uzatish jarayonini
tezlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida o‘qitish va o‘qish
sifatini oshirish bilan birga insonni turli ijtimoiy muhitga moslashuvini
osonlashtirish imkoniyatlarini yaratadi.
Aynan shu sabab ta’lim mazmunini, fanlardan Davlat ta’lim standartlarni,
o‘quv dasturlarni takomillashtirish – informatika va axborot texnologiyalari
faniga oid kompetentlilikni (AKT kompetentlilikni) kiritishni taqozo etadi.
Kompetensiya – ko‘zlangan natijalarga erishish uchun bilim, ko‘nikma va
malakalarni qo‘llay olish qobiliyatini namoyish etishni bildiradi.
AKT kompetentlilik- insonlar uchun
muhim kompetensiya hisoblanib,
kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va Internet imkoniyatlaridan
foydalangan holda turli muammo va masalalarni hal etishda namoyon bo‘ladi
(
Evropa davlatlari uchun ishlab chiqilgan
“Umumevropa
AKTkompetentligi
2.0” dan
).
Dostları ilə paylaş: