Asrlar davomida insonning faoliyati tabiatdagi o‘simliklar, hayvonlar,
quyosh energiyasi kabi tayyor mahsulotlarini o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lib
kelgan. Lekin vaqt o‘tishi bilan inson faqat tayyor maxsulotlarni olishni
o‘rganibgina qolmasdan, tabiatga ta’sir qilishni ham o‘rganib oldi.
Insonlar
erga ishlov bera boshladilar, turli hayvonlarni qo‘lga o‘rgatib,
ko‘paytira boshladilar, zavod va fabrikalar, gidroelektrostansiyalar, temir yo‘llar
va kosmik trassalar qura boshladilar.
Buning natijasida bir paytlar o‘rmonlar va dengizlar bilan qoplangan ona
zaminimiz bo‘lgan erda yangilanishlar paydo bo‘ldi. Uning nomini akademik
V.I.Vernadskiy
noosfera
deb atadi.
Noosferani yaratish bilan birgalikda inson materiya turlari va xossalaridan
foydalandi. Lekin bu jarayonning turli bosqichlarida
materiyaning har bir
kategoriyasi bir hilda o‘zlashtirilmadi. Boshlang‘ich paytda
moddani
o‘zlashtirishga e’tibor ko‘proq qaratilgan bo‘lsa, keyinchalik
energiyani
o‘zlashtirishga va nihoyat,
axborotni
o‘zlashtirishga imtiyoz berildi.
Fanda, ya’ni tabiatni o‘rganish, u to‘g‘risidagi bilimlarni to‘plash va
o‘rganishda shunday davrlar borligi ma’lumki, ular materiyaning ma’lum bir
turini rivojlanishi bilan bog‘liqdir. SHu sababli
noosferaning uchta tashkil
etuvchilarini ajratib ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Bular:
texnosfera,
ergosfera,
infosfera.
Texnosferaning paydo bo‘lishi moddani o‘rganish bilan, ergosferani paydo
bo‘lishi energiyani o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lsa, infosferaning paydo bo‘lishi
esa axborotni o‘rganish bilan bog‘liqdir.
Texnosfera va ergosferani o‘rganish ximiya, fizika, matematika va boshqa
fanlar orqali amalga oshiriladi.
Insoniyatning tabiatni o‘zlashtirishdagi tajriba va bilimlarini to‘plashi
axborotni o‘zlashtirish bilan birgalikda kechadi. Aynan mana shu jarayon
infosferaning paydo bo‘lishiga olib keldi. Demak infosferaning paydo bo‘lishi
axborotni o‘rganish bilan bog‘liq ekan.
Axborot lotincha “informatio” so‘zidan olingan bo‘lib, tushuntirish,
biror
narsani bayon qilish yoki biror narsa yoki xodisa haqida ma’lumot ma’nosini
anglatadi.
Inson yashaydigan dunyo turli moddiy va nomoddiy ob’ektlar, shuningdek
ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va o‘zaro ta’sirlardan, ya’ni jarayonlardan tashkil
topgan. Sezish a’zolari, turli asboblar va xokazolar yordamida qayd etiladigan
tashqi dunyo dalillari
ma’lumotlar
deb ataladi. Ma’lumotlar aniq vazifalarni hal
etishda zarur va foydali deb topilsa-
axborotga
aylanadi. Demak ma’lumotlarga u
yoki bu sabablarga ko‘ra foydalanilmayotgan yoki
texnik vositalarda qayta
ishlanilayotgan, saqlanayotgan, uzatilayotgan belgilar yoki yozib olingan
kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma’lumotlardan
biror narsa
to‘g‘risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug‘ilsa,
ma’lumotlar axborotga aylanadi.
Demak amaliyotda foydali deb topilgan, ya’ni foydalanuvchining bilimlarini
oshirgan ma’lumotlarnigina axborot deb atasa bo‘ladi.
Masalan, qog‘ozga telefon raqamlarini ma’lum tartibda yozib, birovga
ko‘rsatsangiz, u buni biror axborot bermaydigan ma’lumot sifatida qabul qiladi.
Biroq ana shu har bir telefon raqami qarshisiga muayyan korxona yoki tashkilot
nomi, uning faoliyat turi yozib qo‘yilsa, avvalgi ma’lumot axborotga aylanadi.
Ma’lum vazifalarni hal etish natijasida yangi ma’lumotlar-bilimlar, ya’ni
tizimlashtirilgan haqqoniy yoki sinovdan o‘tgan xabarlar paydo bo‘ladi. Ular
qonunlar, nazariyalar hamda tassavur va qarashlarning
boshqa jamligi sifatida
umumlashgan bo‘lgan. Keyinchalik bu bilimlar o‘zga vazifalarni hal etish yoki
oldingisini aniqlashtirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar tarkibiga kiradi.
Inson o‘z hayotida tug‘ilgan kunidan (ta’bir joiz bo‘lsa, xatto ona qornida
dastlabki paydo bo‘lgan kunidan) boshlab doimo ma’lumotlar bilan ish ko‘radi.
Ularni o‘zining sezgi a’zolari orqali qabul qiladi.
Kundalik turmushimizda biz
axborot deganda atrof muhitdan, (tabiatdan
yoki jamiyatdan) sezgi a’zolarimiz orqali qabul qilib, anglab oladigan har qanday
ma’lumotni tushunamiz. Tabiatni kuzata turib, insonlar bilan muloqotda bo‘lib,
kitob va gazetalar o‘qib, televizion ko‘rsatuvlar ko‘rib biz axborot olamiz.
Matematik-olim axborotni yanada kengroq tushunadi. U axborot qatoriga fikr
yuritish orqali xulosa chiqarish natijasida hosil bo‘lgan bilimlarni ham kiritadi.
Boshqa soha xodimlari ham axborotni o‘zlaricha talqin etadilar. SHunday qilib,
turli sohalarda axborot turlicha tushunilar ekan. Lekin axborotlarning umumiy
tomonlari ham borki, u ham bo‘lsa beshta muhim hossaga ega bo‘lishligidir.
Bular axborotni
Dostları ilə paylaş: