va boshqalar misol bo‘ladi. Fizik modellardan samolyot, kema, avtomobilь,
poezd, GES va boshqa ob’ektlarni o‘rganish yoki ularni yaratishda qo‘llaniladi.
Biologik model turli tirik ob’ektlar va ularning qismlari – molekula, hujayra,
organizm va boshqalarga xos biologik tuzilish, funksiya va jarayonlarni
modellashtirishda qo‘llaniladi. Biologik model odam va hayvonlarda uchraydigan
ma’lum bir holat yoki kasallikni laboratoriyada hayvonlarda sinab ko‘rish
imkonini beradi.
Matematik model deb, o‘rganilayotgan ob’ektni matematik formula yoki
algoritm ko‘rinishida ifodalangan xarakteristikalari orasidagi funksional
bog‘lanishga aytiladi.
Kompyuterlar yaratilgandan boshlab matematik modellashtirish jarayoni
alohida ahamiyatga ega bo‘lib kelmoqda. Matematik modellashtirishdan
murakkab texnik, iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarni yaratish hamda ularni
kompyuterlar yordamida qayta ishlashda keng miqyosda foydalanib kelinmoqda.
Buning natijasida ob’ekt, ya’ni haqiqiy tizim ustida emas, balki uni
almashtiruvchi maematik model ustida tajriba o‘tkazila boshladi.
Kosmik kemalarning harakat traektoriyasi, murakkab muhandislik
inshootlarini yaratish, transport magistrallarini loyihalash, iqtisodni rivojlantirish
va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lgan ulkan hisoblashlarning kompyuterda bajarilishi
matematik modellashtirish uslubining samaradorligini tasdiqlaydi.
Matematik model tuzish to‘rt bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich – modelning asosiy ob’ektlarini bog‘lovchi qonunlarni
ifodalash.
Ikkinchi bosqich – modeldagi matematik masalalarni tekshirish. Uchinchi
bosqich – modeldan olingan nazariy natijalarni amaldagi kuzatish
natijalariga mos kelishini aniqlash.
To‘rtinchi bosqich – o‘rganiladigan ob’ekt haqidagi ma’lumotlarni jamlash,
tahlil qilish va rivojlantirish.
Dostları ilə paylaş: