Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi fan sifatida
XX asrning ikkinchi yarmida, O‘zbekistonda esa 1985 yildan boshlab shakllandi.
Bunga asosiy omil bo‘lib umumo‘rta maktablarga «Informatika
va hisoblash
texnikasi asoslari» fanining kiritilishi bo‘ldi.
Informatika va axborot texnologiyalari o‘qitish metodikasi bo‘yicha ilmiy
izlanishlar birinchilar qatorida, professorlar M.Ziyoxo‘jaev, A.Abduqodirov,
T.Azlarov va boshqalar tomonidan olib borildi va bu sohada muayyan yutuqlarga
ham erishildi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga yangi bo‘g‘in, o‘rta-maxsus va
kasb - hunar ta’limining
kiritilishi bilan, ushbu bo‘g‘in informatika va axborot
texnologiyalari o‘qituvchilari uchun o‘qitish metodikasini
yaratish dolzarb
muammolardan biri bo‘lib qoldi.
Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi fanida quyidagi
asosiy masalalar ko‘riladi va hal etiladi:
Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishning maqsadi va
vazifalari qanday;
O‘quv predmeti sifatida informatika va
axborot texnologiyalarining
mazmunini nimalar tashkil etishi kerak;
Informatika va axborot texnologiyalaridan o‘quv materiali qaysi ketma-
ketlikda joylashishi va o‘quvchilarga etkazilishi kerak;
Informatika va axborot texnologiyalaridan o‘quv materialini to‘liq va
chuqur o‘rganish uchun qanday usul, shakl va vositalardan foydalanish kerak.
Boshqacha qilib aytganda, informatika va axborot texnologiyalarini
o‘qitish metodikasi oldiga an’anaviy savollar uchligi qo‘yiladi:
1) informatika va axborot texnologiyalarini nima uchun o‘rganish kerak
(ya’ni, maqsad va vazifalarni aniqlash)?
2) nimani o‘rganish kerak (ya’ni, mazmunni aniqlash)?
3) informatika va axborot texnologiyalarini qanday o‘rgatish kerak (ya’ni,
tanlab olingan o‘qitish shakli doirasida ta’limning samarali usul va vositalarini
aniqlash)?
Informatika
va
axborot
texnologiyalarini
o‘qitish
metodikasini
o‘rganishning maqsadi o‘qituvchilarda shaxsiy metodik tizimini ishlab chiqish va
shakllantirishdan iborat.