Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Fan bo‘yicha laboratoriya ishlari namunaviy o‘quv rejada ko‘zda tutilmagan.
Kurs ishini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Fan bo‘yicha kurs ishlari namunaviy o‘quv rejada ko‘zda tutilmagan.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Mustaqil ta’lim mazmuni ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar mavzulari asosida shakllantiriladi. Biroq mustaqil ta’lim ko‘proq ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda o‘rganilmagan masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Mustaqil ta’lim asosida o‘qib-o‘rganilgan masalalar fan bo‘yicha oraliq va yakuniy nazorat ishlari savollarida o‘z aksini topadi.
Mustaqil ta’limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik va o‘quv qo‘llanmalar boyicha fan mavzularini o‘rganish;
adabiyotlar asosida referat va o‘quv loyihalar yozish;
mavzularga oid taqdimotlar tayyorlash;
Internet tarmog‘idan axborot izlash va tahlil etish;
muayyan mavzular uchun ma’lumotlar bankini tayyorlash;
ma’lumotlar banki asosida elektorn o‘quv-metodik materiallar yaratish.
Tavsiya etiladigan mustaqil ishlarning mavzulari:
Zamonaviy axborot texnologiyalari kadrlar tayyorlash milliy modelini metodik va didaktik ta’minlash vositasidir.
Zamonaviy axborot texnologiyalarning shakllanishi va tadrijiy rivojlanish tarixi.
“Language Learning & Technology” jurnali maqolalarining tahlili.
“CALL” laboratoriyasi yangiliklari.
Keys-stadi va axborot texnologiyasi.
Loyiha ta’lim texnologiyasini amalga oshirishda axborot tehnologiyasi
Til ta’limida interaktiv doskalar.
Ta’limda AKT – foydali va zararli tomonlari.
O‘zbek tili multimedia dasturi.
Adabiy ta’limda AKT ning ahamiyati.
Dostları ilə paylaş: |