Fanning ilm-fan, iqtisodiyot va ishlab chiqarishdagi o‘rni Bugungi kunda istalgan fan o‘qituvchisining pedagogik dasturiy vositalarni yarata olishi va ularni mashg‘ulotlarda unumli qo‘llay olishi davr talabidir. O‘zbek tili va adabiyoti darslarida foydalaniladigan elektron materiallarning sifati, samaradorligini oshirish yo‘llarini o‘rgatadigan mazkur fan ta’limning barcha bosqichlarida o‘zbek tili va adabiyoti darslarining yanada yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar hamda o‘quv mashg’ulotlarini loyihalash “O‘zbek tili va adabiyoti ta’limida zamonaviy axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish jarayonida asosan quyidagi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiq: o‘qitishning interfaol metodi; muammoli o‘qitish texnologiyasi; shaxsga yo‘nalganlik asosidagi pedagogik texnologiyalar; o‘quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil qilish asosidagi pedagogik texnologiyalar; o‘qitishni differensiatsiyalash; o‘qitishni individuallashtirish texnologiyasi; dasturiy o‘qitish texnologiyasi; o‘qitishning kompleks metodlari (loyihaviy metod, tarmoqli rejalashtirish metodi, aqliy hujum va h.k.).
Fan modulining dasturi (module syllabus)
O‘quv kursining to‘liq nomi
O‘zbek tili va adabiyoti ta’limida zamonaviy axborot texnologiyalari