bilishi va ulardan foydalana olishi kerak; - zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etgan holda pedagogik faoliyatni tashkil etish;
- multimedia darsliklarining turlari va tuzilishini bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak; - o‘quv jarayonini tashkil etish va samarali boshqarish;
- elektron ta’lim resurslaridan oqilona, samarali foydalanish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Kursning tematik tarkibi va mazmuni
T/r
Mavzu
Jami
Ma’ruza
Amaliy mashg’ulot
Mustaqil ish
1.
Kirish. Ta’limda axborot texnologiyalarining o‘rni
4
2
6
2.
Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo‘yiladigan talablar
4
2
6
3.
O‘zbek tili va adabiyoti ta’limida axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari
4
2
6
4.
Jahon miqyosida til ta’limida qo‘llanadigan ta’limiy resurslar
4
2
6
5.
Taqdimot texnologiyasi va uni o‘zbek tili darslarida qo‘llash metodikasi
6
2
2
6
6.
O‘zbek tili multimedia darsliklari
JORIY NAZORAT (JN)
6
7.
O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishda AKTning ahamiyati
6
2
2
6
8.
Til sathlarini o‘rganishda AKTdan foydalanish metodikasi
4
2
6
9.
O‘zbek tilini masofadan o‘qitish masalalari
4
2
6
10.
Kompyuter vositasida nazorat ishlarini tashkil qilish metodikasi
4
2
6
11.
Til ta’limida integrativ yondashuvni ta’minlashda AKTning o‘rni
2
6
12.
Kirish. Adabiyot nazariyasiga oid mavzularni o‘tishda slaydlardan foydalanish
ORALIQ NAZORAT (ON)
4
2
6
13.
Shoir va yozuvchilar hayoti va ijodini o‘rganishda maxsus saytlarning imkoniyatlari
6
14.
Adabiy ta’limda virtual muzey, kutubxona va ensiklopediya materiallaridan foydalanish usullari
6
15.
Folklorga oid dars mashg‘ulotlarida audio-vizual multimedia vositalarini yaratish usullari
6
16.
Mumtoz adabiyot namunalarini o‘rganishda elektron jadvallar va gipermatn bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish
6
17.
Jadidchilik va yangi davr adabiyotiga oid ma’lumotlarni interaktiv sinf doskasi yordamida o‘rganish.
6
18.
Istiqlol davri adabiyotiga bag‘ishlangan videokonferensiya
O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisining shaxsiy va kasbiy axborot maydoni (kasbiy kompetentlik)
JORIY NAZORAT (JN)
2
6
Jami:
132
12
12
108
Ta’lim berish va o‘qitish uslubi
Ma’ruza, amaliy mashg’ulotlar, mustaqil ishlar, “Keys stadi”, “Aqliy hujum”, “Klaster” va b.
Mustaqil ishlar
O‘quv loyiha ishlari, guruhlarda ishlash, keyslar, taqdimotlar va b.
Maslahatlar va topshiriqlar vaqti
Kunlar:
Vaqti:
Aud.
Bilimlarni baholash usullari, mezonlari va tartibi:
JN va ONning ballari
JN:35+ON:35+YaN:30=Jami:100ball
Baholash usullari
Og’zaki so‘rov, taqdimotlar, yozma topshiriqlar, testlar, loyiha ishlari
Fan bo‘yicha talabalar bilimini nazorat qilish va baholash
Nazorat shakllari
Baholash turlari fan xususiyatidan kelib chiqqan holda so‘rovlar, testlar, og‘zaki savol-javob, yozma ish, loyiha ishlari taqdimot ko‘rinishida o‘tkazilishi mumkin
Reyting nazoratlari va baholash mezonlari
Reyting nazorati jadvali
№
Reyting nazorati shakli/Maksimal ballar
1-JN
2-JN
1-ОN
2-ON
YaN
Ballar yig‘in
disi
1
Макsimal ball
17
18
17
18
30
100
2
Shakli
Yozma-Og‘zaki
Yozma-Og‘zaki
Yozma-Og‘zaki
Yozma-Og‘zaki
Yozma-Og‘zaki
3
Muddati (haftalarda)
6
16
10
18
20
Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash mezoni
Ball
Talabaning bilim darajasi
86-100
-talaba mashg‘ulotlarga doimo tayyorlagan, juda faol, dasturiy materiallarni juda yaxshi biladi, xulosa va qarorlar qabul qila oladi, ijodiy fikrlaydi, bilimlarni amaliyotga qo‘llay oladi;
-talaba ijodiy masalalarni hal qilish mobaynida tegishli bilimlarni qo‘llash doirasini maqsadga muvofiq tanlab, yechimini topishga xizmat qiluvchi yangi usul va yo‘nalishlarni topa oladi, o‘quv materialini mohiyatini tushunadi;
-talaba taqdim etilgan o‘quv masalalarini yechish yo‘llarini izlaydi, dasturiy materiallarni biladi va aytib bera oladi hamda tasavvurga ega bo‘ladi;
71-85
-talaba o‘rganilayotgan hodisalar aloqadorligini bilish hamda ob’ektni tavsiflay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi bilan birgalikda, qo‘yilgan masalalarni sabab-oqibat aloqadorligini ochib bergan holda yecha oladi, o‘rganilayotgan nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lay oladi va mustaqil mushohada qila oladi;
-bilim va ko‘nikmalar mazmunini tadbiq qila olish mahorati, bir ishdagi masalalarni yecha olish, yozib olish va eslab qolish faoliyatini amalga oshiradi, bilimlarni amaliyotga qo‘llay oladi;
-talaba mashg‘ulotlarga tayyorlangan, dasturiy materiallarni biladi, mohiyatini tushunadi va tasavvurga ega;
55-70
-talabaning eshitganlari, ularga berilgan namunalar, taqdim etilgan algoritm va ko‘rsatmalar asosida topshiriqlarni bajara oladi, mohiyatini tushunadi;
-talaba qator belgilar asosida ma’lum ob’ektni farqlash bilan birgalikda unga ta’rif bera oladi va o‘quv materialni tushuntirib bera oladi va tasavvurga ega;
0-54
-o‘zbek tili va adabiyotidan bilimdonlik darajasi yuqori emas;
- o‘quv materialini anglamaydi va tushuntirib berolmaydi;
-kompyuter savodxonligi etarli emas;
-texnik vositalar bilan tillasha olmaydi;
-talaba tasavvurga ega emas;
-talaba dasturiy materialni bilmaydi.
Asosiy qism
O‘quv fanining nazariy mashg‘ulotlari mazmuni
1-modul. “O‘zbek tili va adabiyoti ta’limida zamonaviy axborot texnologiyalari” faniga kirish.
Ta’limda axborot texnologiyalarining o‘rni Fanning maqsadi va vazifalari, ahamiyati. Ta’limni axborotlashtirishga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlar. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. Elektron pedagogika tushunchasi. Axborot-ta’lim muhitining tarkibi va tuzilishi. Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini qo‘llashning ahamiyati, muammolar va yechimlar.
2-modul. Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo‘yiladigan talablar Ta’limiy resurslarga qo‘yiladigan didaktik talablar, psixologik talablar. Metodik talablar. Texnik talablar. Axborot texnologiyalari bilan ishlash madaniyati. Filologik ta’limda AKT ni qo‘llashda me’yor masalasi. Til va adabiyot o‘qituvchilariga qo‘yiladigan yangi talablar.
Adabiyotlar:A: 1, 3, 4; Q: 1, 4, 8; S: 2, 3, 4. 3-modul. O‘zbek tili va adabiyoti ta’limida axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari Pedagogik dasturiy vositalarning turlari (o‘rgatuvchi dasturlar, test dasturlari, mashq dasturlari, virtual o‘quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar). Matn muharrirlari, elektron jadvallar. Namoyish etuvchi dasturlar va boshqalar.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Aqliy hujum, insert, blits-so‘rov, muammoli o‘qitish texnologiyasi
Adabiyotlar:A: 2, 3, 5; Q: 2, 5, 8; S: 1, 3, 4.
4-modul. Jahon miqyosida til ta’limida qo‘llanadigan ta’limiy resurslar “CALL” (Computer Assisted Language Learning) va “Byki” tizimlari haqida. Yevropa davlatlari va AQShda til ta’limida keys-stadini loyihalashtirishda ATning o‘rni (“Global Simulation” dasturi). Osiyo mamlakatlarida filologik ta’limda AKTdan foydalanish tajribasi. “Edmodo” onlayn o‘qitish tizimi va boshqalar.
Adabiyotlar:A: 1, 2, 4; Q: 1, 5, 7; S: 2, 3, 4. 5-modul. Taqdimot texnologiyasi va uni o‘zbek tili darslarida qo‘llash metodikasi MS Power Point dasturi. Taqdimot yaratish qoidalari. Taqdimot nutqi va slaydlar mutanosibligi. Epizodik slaydlar.