So’zlashuv uslubi kishilarning oilada, ko’cha-ko’yda fikr almashinuvi jarayonida qo’llaniladigan nutq uslubidir. So’zlashuv uslubi ko’pincha dialog shaklida bo’ladi.
Publitsistik uslubaxborot berishga, davrning ijtimoiy-siyosiy masalalarini aks ettirishga xoslangan ommaviy axborot vositalari (radio-televidenie, gazeta-jurnallar) uslubidir.
Ilmiy uslubga mantiqlilik, aniqlik, ilmiy atamalarning keng qo’llanilishi xos bo’lib, barcha ilmiy asarlar, jumladan, maktab darsliklari ham shu uslubda yozilgan.