«Ona tili» 9-sinf



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə12/131
tarix28.03.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#90629
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   131
2 5474398773276836666

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa



Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu


Topshiriq. Berilgan gaplarni ko’chiring. 1. Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashda jasorati tufayli buyuk vatanparvar va milliy qahramon sifatida Sharq-u G’arbda dong taratdi. (B.Ahmedov) 2. Quvonarlisi shundaki, Fitratning kitobi yangi milliy musiqashunosligimizga asos soldi. (R. Inog’omov)


Bilib oling. Bitta kesimlik belgisiga, mazmuniy va ohang tugalligiga ega bo’lgan gap sodda, ikki yoki undan ortiq sodda gapning o’zaro grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan va ohang tugalligiga ega bo’lgan butunlik qo’shma gap sanaladi.


Eslab qoling. Gap uchun muhim belgi kesimlikdir. Kesimlik belgisining miqdori gaplarni sodda va qo’shma gaplarga ajratishga asos bo’ladi.


33-mashq. Matnni o’qing. Avval sodda gaplarni, so’ng qo’shma gaplarni ko’chiring. Ularning o’zaro farqini ayting.
Odam borki, fikr yuritish qobiliyatiga ega. Mutafakkir so’zining o’zagi ham fikrdir, lekin har bir fikr yurita oladigan kishiga nisbatan mutafakkir so’zini qo’llab bo’lmaydi. Yuksak, teran va atroflicha fikr yurita oladigan va ijtimoiy faoliyatidan el-yurtiga naf yetadigan siymolarnigina mutafakkir deyish mumkin, Amir Temur, Husayn Boyqaro va Bobur faoliyatida davlat tafakkuri ustunlik qilgan bo’lsa, Ulug’bek faoliyatida ilmiy tafakkur yetakchi edi. («Vatan tuyg’usi» kitobidan)


34-mashq. Matnni o’qing. Sodda va qo’shma gaplarni aniqlang.
Bahrom o’zining go’zal kanizagi Fitna bilan kiyik oviga chiqdi. Ov vaqtida Bahrom bir kiyikni shunday ustalik bilan otadiki, bundan o’zi ham bag’oyat hayratga tushadi. Bahrom kanizagiga ko’z tashlaydi, ammo uning hayratlanmaganligi Bahromni darg’azab etadi. U o’z sarkardasiga kanizakni o’ldirishni topshiradi. Qiz sarkardaga ko’p yolvorib iltijo qiladi, shuning uchun u Fitnani shahardan tashqaridagi hovlisiga eltib qo’yadi. Fitna har kuni u yerda bir buzoqchani zinadan ko’tarib boloxonaga boqqani olib chiqadi. Oradan ma’lum vaqt o’tadi va haligi kichik buzoqcha bahaybat navvosga aylanadi, lekin Fitna odatdagidek uni hech qiyinchiliksiz zinalardan ko’tarib chiqishda davom etaveradi.
Bir kuni sarkarda ovdan qaytayotib Bahromni o’z oromgohiga taklif qiladi. Yuqorida aytilgan voqeani o’z ko’zi bilan ko’rgan shoh hayratga keladi va Fitnani topib uzr so’raydi hamda unga uylanadi. (Nizomiy)



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin