Alifbogacha tayyorgarlik davri.
Alifbogacha tayyorgarlik davri, o'z navbatida, quyidagi 2 bosqichga bo'linadi:
1. Harf o'rganilmaydigan bosqich (1 hafta).
2. Unli tovush va harf о 'rganiladigan bosqich (1 hafta).
Alifbo davri.
Bu davr 31-dekabrgacha davom etib, unda o'quvchilar alifbodagi barcha unli va undosh tovush-harflar bilan tanishtiriladi.
Alifbo davrini o'rganiladigan tovush-harfning va o'quv materialining murakkablik darajasiga ko'ra 3 bosqichga ajratish mumkin:
1) unli tovush-harflar, ovozdor, sirg'aluvchi undoshlar, o-na, a-na, il, in, bi-lan tuzilishidagi so'zlar o'rganiladigan bosqich;
2) artikulatsiyasi qiyin bo'lgan r, k, v ,f k ab i undoshlar va yo ‘l-bars, do ‘st, rasm kabi tuzilishdagi so'zlar o'rganiladigan bosqich;
3) o'rganilganlar takrorlanib, harf birikmalari ng, sh, ch, 2 tovushni ifodalaydigan j , tutuq belgisi ( ’) va jo'ja, jurnal, jirafa, tong, so'ng, bodring, choynak, shudring va shu kabi so'zlarni o'qishga o'rgatiladigan bosqich.
Alifbo davri yozuv darslarining vazifasi — kichik va bosh yozma harflarni to'g'ri shakllantirish, harflarni to'g'ri ulash, alifbeda o'qigan bo'g'in, so'z va gaplarni namunaga qarab yozish, harf, bo'g 'in , so'z, gap diktantlarni yozish ko'nikmasini shakllantirish, izohli, saylanma, ko'ruv rasm diktant kabi ta’limiy diktant turlarini yoza olishlariga erishish, um um an, grafik malakani shakllantirishdir. Savod o'rgatish jarayonining oxirida bir darsda, agar darsning 2/3 qismi yozuvga ajratilsa, 20 tagacha so'z yoza olishlari talab qilinadi.
Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarni o‘qishga o‘rgatish.
Yangi m aterial o'rganiladigan o‘qish darsida asosiy ish turlari quyidagilardir:
O'rganiladigan yangi tovushli so'zni (shu tovush so'z boshida, o'rtasida, oxirida kelgan so'zni) bo'g'in-tovush tom onidan tahlil qilish bilan ajratish.
Kichik va bosh harflar bilan tanishtiriladi.
So'zlarni aw al xattaxtadan, keyin ,,Alifbe“dan o'qish.
M atnni o'qish va tahlil qilish, uni qayta o'qish, rasmning matnga bog'liqligini belgilash.
N utq o'stirish: lug'atini boyitish, so'z birikmasi, gap, bog'lanishli hikoya tuzish.
Umumlashtirish: yangi harfni jadvalga qo'yish, yangi o'rganilgan tovushning unli yoki undosh ekanligini aniqlash, yangi harfni ilgari o'rganilganlar bilan qiyoslash, tovush va harfning ahamiyatini takrorlash va hokazo.
O'rganilganlarni mustahkamlash darsida yangi tovush ajratiladi
Birinchi uchragan so'zlar bilan ishlash: ochiq bo'g'inda dastlab undosh, keyin esa unli o'qiladi, yopiq bo'g'inda esa unli bilan tugagan ochiq bo'g'inni o'qib, keyingi undosh o'qiladi va so'zni yaxlit o'qishga o'rgatiladi.
Sujetli (rasmning asosiy mazmunini aks ettiradigan) rasmga qarab 0 ‘qituvchi yordamida, uning yo‘llovchi savollari asosida hikoya tuzish, undan gapni ajratish va tahlil qilish.
Dostları ilə paylaş: |