Mavzu: Mavzularni mustahkamlash
Maqsad: O‘quvchilarning o‘tilgan mavzular bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini tekshirish
Nazorat shakli: Yozma ish
Quyidagi kompetensiyalarni aniqlanadi.
I-variant
8 ta bir xil stullar 1 920 so‘m turadi. Shunday stullarning 13 tasi qancha bo‘ladi?
“Ertaklar” kitobi 70 sahifadan iborat. O‘quvchi 7 kunda har kuni kitobning 8 betdan o‘qidi. O‘quvchi kitobning yana qancha betini o‘qishi kerak?
3. Ifodaning qiymatini hisoblang: (haqiqiy va kompleks sonlar ustida amallarni bajarish kompetensiyasini shakllantirish) 320 · 75 : 800 + 6 854
II-variant
17 ta bir xil sochiqchaning bahosi 2 125 so‘m. 9 ta shunday sochiqchaning bahosi qancha?
Oshxonaga 72 kg guruch keltirishdi. 6 kun davomida har kuni 9 kg dan ishlatildi. Oshxonada qancha guruch qolgan? (mantiqiy tahlil vamatematik bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish kompetensiyalarni aniqlash)
3. Ifodaning qiymatini hisoblang: (haqiqiy va kompleks sonlar ustida amallarni bajarish kompetensiyasini shakllantirish) 860 · 34 : 40 – 627
IV chorak
16-NI
1-variant
1. Amallarni bajaring. (haqiqiy sonlar ustida amallar kompetensiyasini shakllantirish) 5 604 : 12 +367 710 : (51 ∙10)
2. Tenglamani yeching.
x ∙ 16 + 100 = 420 12 ∙ (x - 240) = 12 624
3. Bo’lishni bajaring va natijani ko’paytirish yordamida tekshiring. (haqiqiy sonlar ustida amallar kompetensiyasini shakllantirish) 9 750 :50 5 265 : 15
4. Masalani yeching. Omborda 80 kg li qoplarda 7 200 kg un va 60 kg li qoplarda 4 200 kg guruch bor. Ombordagi un qoplari guruch qoplariga qaraganda nechta ko’p?
2-variant.
1. Amallarni bajaring. (haqiqiy sonlar ustida amallar kompetensiyasini shakllantirish) 6 094 ∙ 14 – 367 710 : (51 ∙ 10)
2. Tenglamani yeching.
x ∙ 32 + 100 = 420 12 ∙ (x -200) = 24 612
3. Bo’lishni bajaring va natijani ko’paytirish yordamida tekshiring. (haqiqiy sonlar ustida amallar kompetensiyasini shakllantirish) 5 640 : 40 5 625 : 25
4. Masalani yeching. Omborda 80 kg li qoplarda 6 400 kg un va 60 kg li qoplarda 3 600 kg guruch bor. Ombordagi un qoplari guruch qoplariga qaraganda nechta ko’p? (kommunikariv, mantiqiy tahlil kompetensiyalarini shakllantirish)