Maqsad: O‘quvchilarning o‘tilgan mavzular bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini tekshirish
Nazorat shakli: Og‘zaki test
Quyidagi kompetensiyalarni aniqlanadi.
Qachon ikki qo‘shiluvchining yig‘indisi ularning biriga teng bo‘ladi? (Kommunikativ kompetensiyalarni aniqlash)
Bir qo‘shiluvchi 100 ga teng. Yig‘indi ikkinchi qo‘shiluvchidan qanchaga katta bo‘ladi?
Qaysi holda ko‘paytma ko‘paytuvchilarning biriga teng bo‘ladi?
Ko‘paytuvchilarning biri 30 ga teng. Ko‘paytma ikkinchi ko‘paytuvchidan necha barobar katta bo‘ladi? (mantiqiy tahlil kompetensiyalarni aniqlash)
Ekskavator 8 soatda vagonga 640 tonna ko‘mir ortadi. Ekskavator 3 soatda vagonga qancha ko‘mir ortadi?
To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri 12 sm ga teng.Ushbu to‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi anday bo‘lishi mumkin? (yechimning har xil holatlarda ko‘rib chiqing). (haqiqiy va kompleks sonlar ustida amallarni bajarish kompetensiyasini hamda mantiqiy ta hlil kompetensiyasini shakllantirish)
11-NI Mavzu: O‘tilganlarni mustahkamlash
Maqsad: O‘quvchilarning ko‘paytma va bo‘linmaning ayirmasini topishga doir masalalar yechish bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini aniqlash
Nazorat shakli: Yozma ish
Quyidagi kompetensiyalarni aniqlanadi.
I-variant
Masalani yeching.
Kuzda o‘quvchilar yangi isterohat bog‘iga har bir qatorda 23 ta ko‘chat bo‘lgan 20 qator ko‘chat ekishdi. Ularning uchdan biri qayrag‘och bo‘lib, qolganlari archa ko‘chatlaridan iborat. O‘quvchilar nechta archa ko‘chati ekishgan? (mantiqiy tahlil va amaliyotda qo‘llay olish kompetensiyalarni aniqlash)
3. Ko‘paytirishni bajaring: 396 · 30; 560 · 900; (haqiqiy va kompleks sonlar ustida amallarni bajarish kompetensiyasini shakllantirish