YO`L HARAKATI QOIDALARI VA HARAKAT HAVFSIZLIGI FANIDAN
BAHOLASH ME’ZONLARI
FAN (MODULI)NING O`ZLASHTIRISH DARAJASINI NAZORATI VA BAHOLASH Baholash mezoni Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi, O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining, 2008 yil 30 apreldagi 16/QQ-sonli qo`shma qarori bilan tasdiqlangan “Akademik litsyelar va kasb-hunar kollejlari o`quvchilarining bilim saviyasi, ko`nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi to`g`risida”gi Nizomga asosan tasdiqlangan reyting tizimida belgilangan tartib qoidalarga asosan ishlab chiqildi.
5.1.Joriy nazoratni baholash mezonlari Fani bo`yicha joriy baxolash o`quvchining nazariy bilimlarini o`zlashtirishni, hamda konspektlash bo`yicha amaliy ko`nikmalarga ega bo`lganligini aniqlash uchun qo`llaniladi.
Joriy nazorat o`quvchilarning semester davomida o`tiladigan ma’ruzalarni konspekt qilishlarini nazorat qilish hamda o`quvchining mashg`ulotlarda qatnashish bo`yicha faollik darajalari asosida baholab boriladi va reyting jadvalida ko`rsatilgan haftalarga mos ravishda guruh jurnalida belgilanadi.
Joriy baholashda o`quvchining mashg`ulotlarga qatnashishi, o`quv qurollarini darsga olib kelishi va intizomiga, yu topshirig`ini bajarishga, darsdagi faolligiga, dars mavzusini o`zlashtirish samaradorligiga alohida etiborni qaratish maqsadga muvofiq.
Joriy nazoratdan qoniqarli baho olgan o`quvchi tegishli oraliq nazoratiga qo`yilgan deb hisoblanadi.
Joriy nazoratni baholash me’zonlari
№
Joriy nazorat shakli
Qo`yiladigan ballar
Ballarga beriladigan izoh
1
O`quvchilarning ma’ruza mashg`ulotlarida o`z daftarlariga yozib borgan konspektlarini tekshirish
“2” ball (qoniqarsiz)
Konspekt daftarida o`tilgan mavzularning barchasi, bir nechtasi yoki bittasi bo`yicha qaydlar mavjud emas.
“3” ball (qoniqarli)
O`tilgan mavzularning barchasi mavjud, ularning asosiy mazmunlari turli darajada qayd etilgan.
“4” ball (yaxshi)
Ўқувчи барча мавзуларини тўлароқ қайд этишга харакат қилган.
“5” ball (a’lo)
O`quvchi barcha mavzularning mazmunini to`la qayd etgan, auditoriyada olgan ma’lumotlarini uy sharoitida boshqa manbalarda to`ldirgan.