O‘quv bloklari, fanlar va faoliyat turlarining nomlari Soatlarning oylar va haftalar kesimidagi taqsimoti



Yüklə 305,57 Kb.
səhifə49/73
tarix20.09.2023
ölçüsü305,57 Kb.
#145718
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73
O\'zbek tili va adabiyoti 2023

qo‘yiladigan talablar
Tinglovchilar matn lingvistikasi tushunchasi, mazkur kursning maqsad va vazifalari, matn tiplari, lingvistik matn tushunchalari haqida bilishi kerak.
Matnni linvistik tahlil qila olish, o‘z ilmiy tadqiqot ishlarida matnni tahlil qilish metodlaridan foydalanishko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.
Matnning strukturasi va mazmuni, matnning kommunikativ, paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari, matnda shakl va mazmun, badiiy matnni tahlil qilish metodlari va usullari, tahlil tiplari, matnni fonetik, leksik va grammatik tahlil qilish malakalariga ega bo‘lishlari kerak.


Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog’liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi
«Matn lingvistikasi»umumiy tilshunoslik, hozirgi o‘zbek adabiy tili, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi fanlari bilan bog’lanishi kerak.


Fanning ta’limdagi o‘rni
«Matn lingvistikasi» fani tinglovchilarda matnni tahlil qilish, uni tahlil qilishda zamonaviy metod va usullardan foydalanish, badiiy matnning fonetik, leksik va grammatik jihatlariga e’tibor qaratish imkoniyatini yaratadi.


Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
«Matn lingvistikasi» fanida elektron resurslardan foydalanish, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, interfaol usullarni, ta’limiy vositalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish muhim ta’limiy ahamiyatga ega.
MATN LINGVISTIKASIMODULINING


O‘QUV REJASI





Mavzular

Jami

Ma’ruza

Amaliy mashg’ulot

seminar







1




6

2

4





2




6

2

4





3




6

4

2





4

Matn va pragmatika. Matn va modallik

6

2

4





5

Matn va uning tipologik tasnifi

6

4

2





6

Matn va uslub munosabati

6

4

2





7

Badiiy matnni tahlil qilish tamoyillari va usullari

6

4

2





8

Matntarkibiy qismini bog’lovchi vositalar

6

2

4





9

Matn va uning tahlili

6

4

2





10

Matnni lingvopoetik asosda o‘rganish

6

2

4






Jami

60

30

30







1-mavzu:Matn lingvistikasining o‘rganilishi, shakllanish bosqichlari
(2 soat ma’ruza)
Matn lingvistikasi va tilshunoslikdagi matn tushunchasi. Matn lingvistikasi faning maqsad va vazifalari. Matn lingvistikasining dolzarb muammolari.
Jahon tilshunosligida matn kategoriyasining o‘rganilishi. Chex tilshunosligida matn lingvistikasi muammolari. Rus tilshunosligida matn lingvistikasi fanining paydo bo‘lishi. I.R.Galperin, K.Kojevnikova, E.A.Referovskaya, G.Ya.Solganik, V.G.Gak, M.V.Lyapon,O.I.Moskalskaya, A.A.Metsler, O.L.Kamenskaya va boshqalarning tadqiqotlari.
O‘zbektilshunosligida matn kategoriyasining o‘rganilishi. O‘zbek tilshunosligiga matn nazariyasining olib kirilishi. N.M.Turniyozov, A.Mamajonov, E.Qilichevlarningbuboradagi qarashlari. M.Hakimov, M.Yo‘ldoshev, S.Boymirzaevalarning tadqiqotlari.
Matn va uning til sistemasidagi o‘rni. Fanlarning sistemaviy tabiati. Jumladan, tilshunoslik ham fanlar sistemasining bir bo‘g’ini ekanligi. O‘z navbatida tilning ham sistemalardantashkiltopganligi. Tilshunoslik fanga nisbatan mikrosistema hisoblansa, matnga nisbatan makrosistema ekanligi. Matn va uning tarkibiy qismlari, sistemaviy tabiati. Matn ierarxiyasi.


2-mavzu: «Matn tilshunosligi» kursining matn nazariyasi va matnni lingvistik tahlil qilishga asoslanishi. Nutq madaniyati va matn
(2 soat amaliy mashg’ulot)
Matnvakommunikatsiya.Kommunikatsiyavauning vositalari. Matn engasosiykommunikativbirliksifatida. AKT, kommunikatsiya tushunchalari.
Matn va uningtarkibiy qismlari.Gap,qo‘shma gap, murakkabtuzilmali gaplar; super sintaktik birliklar, period, abzats tushunchalari. Ularning o‘zaro munosabati. So‘z, gap va matn. Matn birliklariningsemantik-grammatik jihatlari.Matn birliklarini kengaytirish: KIRIShso‘zlar, KIRISh gaplar, ajratilgan bo‘laklar, uyushiq bo‘laklar, undalmalar, takrorlardan foydalanish. Ularning matndagi o‘rni. Matn tarkibidagi birliklarning bir-biriga munosabati.


3-mavzu: Matn va uning nazariy muammolari. (2soat ma’ruza)
Matn va diskurs. Matn komponentlari va yirik sintaktik butunliklar. Yirik sintaktik butunliklarning abzatsdan farqi. Makrotekst va mikrotekst. Matnning kommunikativ-pragmatik aspekti. Matn lingvistikasida tabdil, transkriptsiya va transliteratsiya.
Matn va uning maqomini belgilash. Matn eng asosiy kommunikativ birlik sifatida. Matnning yondosh hodisalarga munosabati. Matn alohida tadqiq birligi sifatida. Fonema-leksema-morfema-gap-matni ierarxiyasi haqida. Matnning lingvistik birlik sifatida tildagi sistemaviy qonuniyatlardan chetda bo‘laolmasligi.Til va nutq dixotomiyasida matn.Matnga sof nutqiy birlik sifatida yondashish. Matn, nafaqat, nutq birligi, balki tilbirligi ham ekanligi. Bunday farazning falsafiy-metodologik asoslari.
Badiiy asarlarning sintaktik xususiyatlari.



Yüklə 305,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin