O‘quv bloklari, fanlar va faoliyat turlarining nomlari Soatlarning oylar va haftalar kesimidagi taqsimoti



Yüklə 305,57 Kb.
səhifə57/73
tarix20.09.2023
ölçüsü305,57 Kb.
#145718
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73
O\'zbek tili va adabiyoti 2023

Fanning maqsadi va vazifalari
Fanning asosiy maqsadi – tasavvuf va mumtoz adabiyotning o‘zaro uyg’unligi masalalari, mumtoz adabiyotshunoslikning yirik namoyandalari ijodi bilan tanishish, mutasavvuf adiblarning asarlari badiiyatini tahlili bo‘yicha nazariy bilim berishdan iborat.
Fanning vazifalari – tinglovchilarda tasavvufning paydo bo‘lishi, uning tarixiy ildizlari, falsafiy, ijtimoiy-estetik asoslari; tasavvuf ta’limotidagi yirik tariqatlar va ularning namoyandalari, tasavvuf adabiyotining o‘ziga xosligi, mumtoz she’r tuzilishi, mumtoz adabiy tur va janrlar, she’riy san’atlar to‘g’risidagi kasbiy bilimlarini takomillashtirish.


Fan bo‘yicha tinglovchilarning bilimi,ko‘nikma va
malakalariga qo‘yiladigan talablar
“Tasavvuf va mumtoz poetika asoslari” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida tinglovchi:

  • tasavvufning paydo bo‘lishi, uning tarixiy ildizlari, falsafiy, ijtimoiy-estetik asoslari, tasavvuf ta’limotidagi yirik tariqatlar va ularning namoyandalari, yassaviylik, naqshbandiylik, kubraviylik, qalandariylik tariqatlari g’oyalarining mumtoz adabiyotda aks etishi masalalari, mumtoz she’r tuzilishi, mumtoz adabiy tur va janrlar, she’riy san’atlar, mumtoz adabiyotshunoslikning yirik namoyandalarini bilishi va malaka hosil qilishi;

  • tasavvuf ta’limoti va adabiyotiga, mumtoz poetikaga aloqador bo‘lgan muhim manbalarni sharhlash, o‘z ilmiy-tadqiqot ishlarida tasavvuf adabiyoti va mumtoz poetikaga oid asarlardan foydalangan holda adabiy matnlarni tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kerak.



Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog’liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi

Mazkur fan o‘quv rejadagi o‘zbek adabiyoti tarixi, adabiyot nazariyasi, eski o‘zbek yozuvi praktikumi va sharq tillari kabi fanlar bilan o‘zaro uslubiy jihatdan uzviy bog’langan.





Yüklə 305,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin