7-mavzu. Xalq dostonlari va uning turlari. Xalq baxshilari
(2 soat ma’ruzasi, 4 soat laboratoriya ishi)
Doston janri haqida ma’lumot. Dostonlarda tarixiy voqelik, xalq fantaziyasi. Xalq dostonlarining mavzu hamda janr xususiyatlari. Dostonda badiiy matn (nazm va nasr) va musiqaning o‘rni. Xalq dostonlarining ijro an’anasiga ko‘ra (Samarqand, Xorazm, Farg’ona) turlari. Dostonlarning tasnifi (qahramonlik, romanik, tarixiy, kitobiy, jangnoma dostonlari) haqida ma’lumot. Xalq dostonlarida turkumlik. Xalq baxshilari haqida ma’lumot. Maktab dasturidan o‘rin olgan «Alpomish», «Ravshan», «Rustam», «Kuntug’mish», “Malikai Ayyor” dostonlarining mazmuni, g’oyasi, kompozitsion tuzilishi.
Foydalanaladigan asosiy darslik va o‘quv qo‘llanmalar, elektron ta’lim resurslari hamda qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati
Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari
Madaev O. O‘zbek xalq og’zaki ijodi. –T.: «Mumtoz so‘z», 2010.
Jo‘raev M. Folklorshunoslik asoslari. –T.: “Fan”, 2009.
“Alpomish”-O‘zbek xalq qahramonlik eposi. T.: Fan, 1999.
Alpomish-doston. –T.: Sharq NMAK, 2010.
O‘zbek xalq og’zaki ijodi xrestomatiyasi. Mirzaev T va boshqalar. –T.: “Aloqachi”, 2008.
Qo‘shimcha adabiyotlar
Karimov I.A. “Alpomish” dostonining 1000 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimida so‘zlangan nutq. “Xalq so‘zi” gazetasi 1999 yil, 9 noyabr.
Mirzaev T., Eshonqul J., Fidokor S. “Alpomish” dostonining izohli lug’ati. T.:2007.
Ergashev A. Qashqadaryo-Surxondaryo dostonchiligi. –T.: “Fan”, 2008.
Jo‘raev M., Narziqulova M. Mif, folklor, adabiyot. T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2006.
O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 3-kitob. -T.: “Fan”, 2010.
2.04. TASAVVUF VA MUMTOZ POETIKA ASOSLARI
KIRISh
“Tasavvuf va mumtoz poetika asoslari” fani dasturitasavvufning paydo bo‘lishi, uning tarixiy ildizlari, falsafiy, ijtimoiy-estetik asoslari; tasavvuf ta’limotidagi yirik tariqatlar va ularning namoyandalari, tasavvuf adabiyoti va uning shakllanishi, tadrijiy takomili; mumtoz adabiyot taraqqiyotida tasavvufning roli, mumtoz adabiyotshunoslik masalalari, mumtoz adabiy tur va janrlar, she’riy san’atlar tahlili kabi masalalarni qamrab olgan.
Dostları ilə paylaş: |