4-mavzu. Xalq maqollari, matallari, topishmoqlari (2 soat ma’ruzasi, 2 soat laboratoriya ishi) Maqol va uning janr xususiyatlari. Maqollarning badiiyati, obrazlilik, o‘z va ko‘chma ma’nolari. Maqollarning milliyligi va fikr ifodalashdagi uslubiy xususiyatlari. Maqollarning tasnif tamoyillari. Matal haqida ma’lumot. Matallarning maqollardan farqi. Matallar jonli va badiiy tilning uzviy qismi sifatida. Topishmoq – paremik janr sifatida. Topishmoqlarning ma’rifiy, estetik va tarbiyaviy ahamiyati. Topishmoqlarning janr xususiyatlari. Topishmoq poetikasi (timsollar olami, syujet va kompozitsion jihatlar). Topishmoq va chiston, muammo, tarix.An’anaviy topishmoqlarda xalq hayotining aks etishi. Topishmoqlarning badiiy xususiyatlari. Istiora haqida ma’lumot.
5-mavzu. Xalq qo‘shiqlari (2 soat ma’ruzasi, 2 soat laboratoriya ishi) Xalq qo‘shiqlari - xalq og’zaki ijodining keng tarqalgan lirik janri sifatida. Qo‘shiqlarning janr xususiyatlari. Xalq qo‘shiqlarining ularda aks etgan his-to‘yg’ular yo‘nalishi bo‘yicha tasnifi. Mehnat qo‘shiqlari va ularning turlari. Marosim qo‘shiqlarida xalq qadriyatlari, rasm-rusumlari ifodasi. Lirik qo‘shiqlar. Tarixiy qo‘shiqlar. Xalq qo‘shiqlarida milliylik. Qo‘shiqlarning badiiy xususiyatlari. Qo‘shiqlarning estetik tarbiyadagi o‘rni. Qo‘shiqlarda parallelizm, vazn, qofiya, badiiy til masalalari. Lirika haqida ma’lumot.
6-mavzu. Askiya. Lof. Latifalar. Xalq dramasi (2 soat ma’ruzasi, 2 soat laboratoriya ishi) Askiya janrining o‘ziga xos belgilari. Askiya – o‘zbek xalqining milliy merosi sifatida. Askiyaning payrov, gulmisiz, o‘xshatdim va boshqa turlari. So‘z o‘yinlarining askiyadagi ahamiyati. Askiyachilar haqida ma’lumot. Askiyachi ijodida omonim so‘zlardan foydalanish mahorati.
Loflar – askiyaga yaqin turuvchi janr sifatida. Mubolag’a va uning turlari haqida ma’lumot.
Latifa xalq og’zaki ijodining keng tarqalgan kichik nasriy janri sifatida. Latifalarning janr xususiyatlari. Sharq xalqlari latifalaridagi mushtaraklik. Nasriddin afandi timsoli. Nasriddin xalqning ideal qahramoni sifatida. Afandi obrazining yaratilishidagi ikki yo‘nalish. Latifalarning badiiy qimmati. Ularning kompozitsion jihati. Latifalarning til xususiyatlari. Zamonaviy latifalarning ijtimoiy mazmuni.
Xalq dramasi haqida ma’lumot. Xalq dramasining janr xususiyatlari. Xalq dramasida kompozitsion ixchamlik, syujetning tez rivojlanishi. Dramada satira va yumorning o‘rni, ahamiyati. Xalq dramasida askiya va lof janrlarining belgilari. Satira va yumor haqida ma’lumot.