O‘quv bloklari, fanlar va faoliyat turlarining nomlari Soatlarning oylar va haftalar kesimidagi taqsimoti


(2 soat ma’ruza, 4 soat laboratoriya ishi)



Yüklə 305,57 Kb.
səhifə59/73
tarix20.09.2023
ölçüsü305,57 Kb.
#145718
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   73
O\'zbek tili va adabiyoti 2023

(2 soat ma’ruza, 4 soat laboratoriya ishi)
Tariqat nazariyasining shakllanishi. Tasavvuf tariqatlarining diniy mazhablardan farqi. Tariqatlanish tamoyillari. Hujviriyning “Kashfu-l-mahjub” asarida zikr qilingan o‘ntariqat. Muhammad Sheroziyning “Taroyiqu-l-haqoyiq” asari asosida ko‘rsatilgan tasavvuf silsilalari. G’arb olimlari talqinida tasavvuf tariqatlarining tasnifi. Tariqat va silsila munosabatlari.Yassaviylik (jahriylik)ning vujudga kelishi va xususiyatlari. “Faqrnoma”da yassaviylikning nazariy asoslari. Yassaviylikda pir-murid munosabati. Yassaviylik manbalari. Yassaviy shayxlari va ularning izdoshlari. Kubroviylikning vujudga kelishi va taraqqiyoti. Najmiddin Kubro va tariqat asoslari. Kubroviylikda solik va uning sulukdagi niyati. Kubroviy shayxlari. Olami kubro va olami sug’ro nisbati. Xojagon tariqati va uning yaratilishida Abduxoliq G’ijduvoniy faoliyati. Sakkiz rashha ta’limoti. Naqshbandiylik xojagon tariqatining davomi sifatida. Bahouddin Naqshband ta’limoti. “Dil ba yoru dast bakor”ning mohiyati. Maqomotlarda naqshbandiylikning suluk yo‘li, darvishliksifati, ahvol va axloqlari. Naqshbandiylikning yangilanishi (mujadiddiylik) va uning nazariy asoslari. Qalandariylik tariqati. Malomatiylikda qalandariylik asoslari. Yassaviylik va qalandariylik munosabatlari. Qalandariylikning nazariy asoslari. Qalandarlik adabiyoti. “Qissayi Mashrab” manqabasi. Qissada ilmi hol talqini. Mashrab she’riyatida qalandariylik timsollari va ramzlari.
3-mavzu. Tasavvuf adabiyoti. Uning shakllanishi, tadrijiy takomili. Janrlar poetikasi, obrazlilik, ramziylik (2 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi)
Tasavvuf timsollarining badiiy ijodga ko‘chishi. Qur’oniy mavzular, Hadislarning she’riy sharhlari. So‘fiy dostonchilik an’analari. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” dostonida Qur’oniy mavzular talqini. Adib Ahmad Yugnakiy “Hibatu-l-haqoyiq”ida Hadis sharhlari.“Qissayi Yusuf” syujeti asosidagi dostonlarda tasavvufiy talqinlar. Payg’ambarlik qissalari tarixidan.
Xoja Ahmad Yassaviy - ilk turk mutasavvifi. Ijodining mohiyati oriflik ekanligi. “Devoni hikmat” va uning nusxalari. Hikmat adabiy janr sifatida. “Devoni hikmat”da shariat va tariqat ahkomlari. Tasavvufiy timsollar talqini. Hikmatlarning badiiyligi. Yassaviy maktabi shoirlari. Hakim Sulaymon ota hikmatlari. Navoiy Hakim ota hikmatlari haqida. “Boqirg’on kitobi”ning tarkibi va undagi she’rlarning janr xususiyatlari. “Bibi Maryam” kitobining timsollari. Yassaviyning xorijdagi izdoshlari. Yassaviylikning badiiy adabiyotdagi ikkinchi umri. Shayboniy, Qul Ubaydiy ijodi. Azim Xoja eshon hikmatlari.
Kubroviylik va badiiy ijod. Kubroviylik yo‘lidagi risolalar. Aziziddin Nasafiy va Husayn Voiz Koshifiy asarlari. Pahlavon Mahmud ruboiylarida kubroviylik an’anlari. Xiva adabiy muhitida kubroviylik. Kubroviylik va Ogahiy ijodi. Xorijdagi kubroviylik tariqati va adabiyoti.



Yüklə 305,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin