9-mavzu. Morfologiya bo‘limini o‘qitish metodikasi (2 soat amaliy mashg’ulot, 2 soat laboratoriya ishi) So‘z turkumlari, ularning grammatik kategoriyalarini o‘qitish. So‘z turkumlarining lug’aviy va grammatik shakllarini o‘qitishda zamonaviy pedagogik, axborot texnologiyalari va usullardan foydalanish.
10-mavzu. Sintaksis va punktuatsiya bo‘limini o‘qitish metodikasi (2 soat amaliy mashg’ulot, 2 soat laboratoriya ishi) Ona tili sintaktik qurilishi talqinidagi asosiy yangiliklar va ularning til o‘qitishdagi ahamiyati. Sintaksisni morfologiya va leksika bilan bog’lab o‘rganish va o‘rgatish usuli. Sintaksisni morfologiya zaminida o‘qitish asoslari va usullari. So‘z birikmasi mavzu o‘tish metodikasi. “Gap markazi-kesim” mavzusini o‘qitish yo‘llari. “Sodda gap sintaksisi” mavzusini sinflar kesimida o‘qitilishi. “Qo‘shma gap” mavzusini talqin etish metodikasi.
11-mavzu. Ta’lim muassasalarida badiiy asarni o‘qitish metodikasi (2 soat ma’ruza) Badiiy adabiyotni o‘qitishning maqsadi, vazifalari. Ta’lim bosqichlarida adabiyotning o‘quv fani sifatida o‘rganish xususiyatlari. Adabiy ta’lim metodlari.
12-mavzu. Adabiyot o‘qitish metodikasining tarixiy taraqqiyoti (2 soat ma’ruza) Adabiyot o‘qitish metodikasi fanining shakllanishi, rivojlanish tarixi. Eng qadimgi davrlarda adabiyot o‘qitish metodikasi. Adabiyot o‘qitish metodikasida jadidchilik davri. 1930-1990 yillarda adabiyot o‘qitish metodikasi fanining o‘ziga xos xususiyatlari. Mustaqillik davri adabiyotini o‘qitish metodikasi fanining rivojlanishi.
13-mavzu. Adabiy-nazariy tushunchalarni o‘rgatish (2 soat amaliy mashg’ulot) Adabiy ta’limda adabiy-nazariy tushunchalarni qo‘llashning o‘rni va ahamiyati. Adabiy-nazariy tushunchalarni o‘rganishda adabiy tanqidchilik materiallaridan foydalanish.
14-mavzu. Badiiy asar tilini o‘rganish, badiiy asarning