O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə42/59
tarix01.03.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#86041
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59
ff546497c1ac2d220a1528bc30d845ce ADABIYOTSHUNOSLIK METODOLOGIYASI

MUALLIF (ar. ???? – tuzuvchi, tartib beruvchi) – adabiy asarni yaratgan odam, avtor terminiga sinonim sifatida ishlatiladi. Zamonaviy adabiyotshunoslikda biografik M. bilan badiiy matnda namoyon bo‘luvchi M. (q. muallif obrazi) farqlanadi. Biografik M. – real hayotda mavjud bo‘lgan, muayyan asarning yaratuvchisi, unga nisbatan mualliflik huquqiga ega bo‘la oladigan shaxs. Hozirgi vaqtda biografik M. faoliyati bilan bog’liq ravishda mualliflik huquqi, mualliflik shartnomasi, muallif qo‘lyozmasi, mualliflashtirilgan matn, muallif tarjimasi kabi qator tushunchalar amaliyotda faol ishlatiladi. Holbuki, M. tushunchasi so‘z san’atining ilk bosqichlarida – xalq og’zaki ijodida bo‘lmagan; adabiyot taraqqiyoti davomida, badiiy tafakkur rivojida alohida ijodkor shaxs roli, uning ijodiy tajribalari nyechog’li muhim ekanligi anglanib borilishi barobaridadada M. tushunchasi ham qaror topib, tobora katta ahamiyat kasb etib borgan.
MUALLIF OBRAZI – badiiy asar matnida anglashilib turuvchi muallif shaxsi. Muallif shaxsi asar badiiy voqeligiga singib ketadi, chunki badiiy voqelik ijodkor tomonidan ko‘rilgan va ideal asosida ijodiy qayta yaratilgan voqelikdir. M.o.ning namoyon bo‘lishi konkryet asarning turga mansubligi, janr xususiyatlari bilan bog’liq. Mas., dramatik asarda M.o. yo‘q dek, lyekin unda tasvirlanayotgan voqeani tanlagan, uni u yoki bu tarzda tasvirlagan muallifning qarashi, nuqtai nazari, badiiy konsyepsiyasi baribir anglashilib turavyeradi. Lirik asarlarda esa his-tuyg’ular ko‘proq “myen” tilidan ifoda etilgani uchun lirik sub’yektni shoir deb bilishga moyilmiz. Holbuki, garchi kyechinmalar “myen” tilidan berilayotan bo‘lsa ham, lirik sub’yekt hammavaqt shoirning o‘zi bo‘lmaydi. YOki ijroviy lirika namunalarida shoir rolini ijro etayotgan shaxsga evriladi, uning tilidan “myen” shaklida gapiradi (mas., A.Oripov. “Hamza”). SHunga o‘xshash, rivoya “myen” tilidan olib borilgan epik asarlardagi roviy-muallif ham biografik muallifga tyeng emas. Boshqacha aytsak, asardagi M.o.ga biografik muallifning ko‘p jihatlari singgani holda, ular orasida ma’lum darajadagi prototip – badiiy obraz munosabati mavjud. Zero, badiiy asarda biografik muallif ideal olamida yashagan ijod onlaridagi betakror ma’naviy-ruhiy holat, uning shu vaqt mobaynida tasavvurdagi o‘quvchisi bilan muloqoti aks etgandir. SHunga ko‘ra, real muallif biografiyasi asarni tushunish uchun to‘g’ridan-to‘g’ri “kalit” emas, balki o‘sha betakror ma’naviy-ruhiy holatni his etishimiz uchun asosdir. Ikkinchi tomondan, M.o. asardagi badiiy voqelikni yaxlitlashtiruvchi kompozision asos sifatida ham muhim: o‘quvchi badiiy voqelikni muallif orqali “ko‘radi”, “eshitadi”, “his qiladi”. Nihoyat, M.o. badiiy konsyepsiya nuqtai nazaridan ham muhim: muallifning tasvir pryedmyetiga g’oyaviy-hissiy munosabati asarning o‘quvchi tomonidan muayyan yo‘nalishda tushunilishini boshqaradi. Bular bari M.o. adabiyotshunoslikdagi muhim ilmiy katyegoriyalardan biri ekanini ko‘rsatadi. SHunga qaramay, XX asr o‘rtalaridan boshlab G’arb adabiyotshunosligida “muallif o‘limi” konsyepsiyasi paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, badiiy ijodda sub’yektivlik izlari yo‘qoladi va sub’yektdan mosuvo bo‘lgan matngina qoladi. Mazkur konsyepsiyaga qo‘shilish shu jihatdan qiyinki, adabiy asar – nutq hodisasi, nutq esa sub’yektdan mosuvo bo‘lolmaydi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin