13- Mavzu: M.Qo’shjonovning adabiy-tanqidiy qarashlari
Reja:
Munaqqidning ilmiy ijodiy yo‘li.
Qodiriyshunoslik sahifalaridagi yog‘dular
Oybek ijodi tanqidchi nigohida
A.Qahhor ijodining tolmas tadqiqotchisi.
Adabiy portretnavis mahorati
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
Назаров Б. ва бошқалар. Ўзбек адабий танқиди тарихи. T. Чўлпон НМИУ. 2012
Қўшжонов М. Сайланма 1-жилд. Т. Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. 1982.
Қўшжонов М. Сайланма 2-жилд. Т. Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. 1983.
Қўшжонов М. Абдулла Қаҳҳор маҳорати. Т. Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. 1988.
Матёқуб Қўшжонов замондошлари хотирасида. Т. Muharrir. 2012.
Mavzuga oid qisqacha annotatsiya
Etuk tanqidchi va adabiyotshunos O‘zR FA haqiqiy a’zosi, Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti savrindori, filologiya fanlari doktori, professor Matyoqub Qo‘shjonov o‘zbek tanqidchiligida fikrlash tarsi va ifoda uslubi, jangavor haqgo‘yligi, sermahsul va salmoqdor tadqiqotlari bilan alohida ajralib turadi. U jahon va rus tanqidchiligi estetik an’analarini ijodiy o‘zlashtirib, yangi sharoitlarda o‘zbek adabiyoti muammolari tadqiqi va tahlilida davom ettirgan munaqqiddir.
Matyoqub Qo‘shjonov mahoratiga xos fazilat shundaki, u badiiy asar tahlilida sof ilmiy akadimizm usulini qo‘llamaydi, o‘quvchi zavqlanib o‘qiydigan, zerikmaydigan uslub yo‘nalishini tanlaydi. Bu esa uning san’at asariga, umuman, adabiyotga ilmiy-estetik tamoyillar asosida yondashishini namayon etadi. Bu narsa, birinchi navbatda, munaqqidning har bir badiiy asarni hayot bilan qiyoslashida, unga suyangan holda inson hayoti haqida, uning ichki olami, muammolari, ma’naviy va axloqiy masalalar to‘g‘risida keng fikr yuritishida ko‘rinadi.
Yetuk tanqidchi va adabiyotshunos, O‘zR FA haqiqiy a’zosi, Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti sovrindori, filologiya fanlari doktori, professor M.Qo‘shjonov o‘zbek tanqidchiligida fikrlash tarzi va ifoda uslubi, jangovar haqgo‘yligi, sermahsul va salmoqdor tadqiqotlari bilan alohida ajralib turadi. U jahon va rus tanqidchiligi estetik an’analarini ijodiy o‘zlashtirib, yangi sharoitlarda o‘zbek adabiyoti muammolari tadqiqi va tahlilida davom ettirgan munaqqiddir.
Bizga taqdir ikki buyuk tanqidchi – Ozod Sharafiddinov va Matyoqub Qo‘shjonovni nasib etdi. Ularning har ikkovi ham ijodini jasorat bilan boshlab, o‘ziga xos ravishdagi jasorat bilan tugatdilar. Agar jahon adabiy tanqidchiligi antologiyasi chop etilsa, ularning har ikkovi ijodidan namunlar kiritilsa, har tomonlama adolatli ish bo‘lur edi. Haqiqatan ham, M.Qo‘shjonov jahon va rus tanqidchilari estetik tamoyillarini ijodiy o‘zlashtirib, o‘ziga xos sharoitda, o‘zbek adabiyoti materiallari asosida davom ettirgan jasoratli ijodkor-munaqqiddir,
M.Qo‘shjonov Turkmanistonning Toshhovuz tumanidagi Haplang qishlog‘ida 1918 yilning 5 mayida cho‘pon oilasida tug‘ildi. To‘liqsiz o‘rta ma’lumot olgandan so‘ng Chorjo‘ydagi o‘qituvchilar tayyorlash bilim yurti va qisqa muddat pedagogika institutida tahsil oldi. 1942 yilgacha Toshhovuzdagi o‘rta maktabda o‘zbek tili va adabiyotidan dars berdi. Ikkinchi jahon urushida qatnashib, chapdast snayper sifatida jang qildi. Jasorati uchun orden va medallar bilan mukofotlandi. Urushdan qaytgach, O‘rta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetiga kirib, uni imtiyozli diplom bilan tugatdi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetida mas’ul lavozimda ishladi (950-1953). Moskvadagi ijtimoiy Fanlar akademiyasiga o‘qishga tavsiya etiladi (1953). Tahsil davomida qobiliyati va fikrlash doirasining kengligi bilan safdoshlari orasida ajralib turdi. O‘qishni tugatib qaytgach, O‘rta Osiyo universiteti filologiya fakultetining o‘zbek adabiyoti kafedrasida ishladi (1957- 1960). Talabalarga ma’ruza o‘qidi. Ma’ruzalarga shu qadar jiddiy tayyorlanardiki, matnlarning aksari to‘liq holda matbuot sahifalarida alohida-alohida maqola tarzida bosildi. Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutiga katta ilmiy xodim bo‘lib ishga o‘tdi (1960), u yerda ilmiy xodim, bo‘lim mudiridan direktorlikkacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.
M.Qo‘shjonovning adabiy tanqidchilik faoliyati Ijtimoiy Fanlar akademiyasida tahsil olayotgan paytlarida boshlandi. 1956 yili gazetada "Bir tanqidiy-biografik ocherk haqida" nomli birinchi taqrizi e’lon qilindi. Adabiy tanqidchi bo‘lishdek qiyin sohaning mas’uliyatini chuqur his etgan yosh olimning bu taqrizi uning istiqbolini yorqin ko‘rsatib turardi. U asta-sekin nainki adibning, balki o‘zining ham mahorati haqida o‘ylaydigan tanqidchi, nazariya masalalariga alohida e’tibor bilan qarovchi, estetik qarashlarini obrazli ifodalashga intiladigan adabiy tanqidchi sifatlarini namoyon eta bordi. O‘z asarlarida ijodkorlar badiiy mahorati masalasiga ko‘proq diqqatini qaratdi. Uning tadqiqotlarida xulosa chiqarishga nisbatan asarni xolisona, aniq tahlil kilib, o‘quvchi muhokamasiga havola etish xususiyati ustundir. Tanqidchi o‘quvchiga o‘z tayyor xulosalarini quruq taqdim etib qolmasdan, uni ham faol fikr yuritishga da’vat etadiki, bu uning ijodkorligidan dalolat beradi.
Olimning dastlabki bosqich ijodida Oybek romanlaridagi shakl va mazmun birligi masalasiga sotsialistik realizm nuqtai nazaridan yondoshilgan bo‘lsa-da, umuman, o‘zbek adiblari ijodiga maxsus shu muammo - adabiyot va estetikaning eng muhim masalalaridan biriga maxsus yondoshuv M.Qo‘shjonovning shu maqolalaridan boshlandi, deyish mumkin.
Olimning "Ma’no va mezon" (1974), "Mohiyat va badiiyat" (1977), rus tilidagi "Talant qirralari" (1975), "Oybek" (1976), "Mahorat mas’uliyati" (1977) nomli kitoblari hozirgi o‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligining prinsipial yutuqlari bo‘lib qoldi. "Ma’no va mezon", "Talant qirralari" kitoblari Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Olimga "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi" degan yuksak unvon berildi (1978). O‘zbekiston Fanlar akadimiyasi
haqiqiy a’zoligiga saylandi.
M.Qo‘shjonov tanqidiy qarashlarining shakllanishida rus tanqidchilari ta’siri katta bo‘ldi. Tanqidchi tahlilga kirishar ekai, ko‘p hollarda V.Belinskiy uslubiga xos yo‘l tutib, fikrni asar haqida ma’lumot berishdan boshlaydi. Bu esa munaqqid asarlarining o‘qishli va qizikarli bo‘lishini ta’minlaydigan muhim omilga aylanadi. U hakda shunday yozadi: "Tanqidchilarimiz obrazlarni tanqidiy yo‘l bilan qayta tiklash priyomini egallab oldilar. Yozuvchi badiiy asar yaratib, kitobxonni o‘z g‘oyasiga bir marta sherik qilsa, tanqidchi o‘sha asarni tahlil qila turib, asar g‘oyasiga, estetik qimmatiga kitobxonni ikkinchi bor sherik qiladigan bo‘ldi. Shu yo‘l bilan tanqidchi asarning ta’sir kuchini oshiradigan, adabiyotning kuchiga kuch qo‘shadigan bo‘ldi".
Maqoladan asarda, matn mohiyatida yashiringan fikrlarni anglash, yozuvchi mahorati sirlarini idrok etish esa, o‘qilayotgan ish qadr-qimmatini yanada oshiradi. Belinskiy uslubiga xos bu fazilat M.Qo‘shjonovning tanqidchilik mahoratiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatdi. Bunday uslubni munaqqidning 70-yillar o‘zbek nasridagi kompozitsiya muammolari o‘rganilgan qator maqolalarida, xususan, "Ma’no va mezon" nomli adabiy-tanqidiy maqolalar to‘plamida ko‘rish mumkin. Shu tufayli M.Qo‘shjonovning U.Nazarov, O‘.Hoshimov, Sh.Xolmirzayev, O.Muxtor, Z.A’lam asarlari tahliliga bag‘ishlangan ilmiy-tanqidiy ishlarida shu uslub yorqin sezilib turadi.
M.Qo‘shjonov mahoratiga xos fazilat shundaki, u badiiy asar tahlilida sof ilmiy akademizm usulini ko‘llamaydi, o‘quvchi zavqlanib o‘qiydigan, zerikmaydigan uslubiy yo‘nalish tanlaydi. Bu esa uning san’at asariga, umuman, adabiyotga ilmiy-estetik tamoyillar asosida yondashishini namoyon etadi. Bu narsa birinchi navbatda, munaqqidning har bir badiiy asarni hayot bilan qiyoslashida, unga suyangan holda inson hayoti haqida, uning ichki olami, muammolari, ma’naviy va axloqiy masalalar to‘g‘risida keng fikr yuritishida ko‘rinadi.
Dostları ilə paylaş: |