kamaytiradi
va
foydalanuvchini
axborotlami
qaytib
tiklab
boMrnaydigan
yo‘qotishlardan saqlaydi.
Kompyuter tarm og‘idan foydalanish bosqichlarida
tizimdagi axborotlaming
butunligi va ulardan foydalanish huquqi quyidagilar orqali ta’minlanadi:
- kompyuter tizimlarida mavjud axborotlaming butunligi;
- kompyuter tizimlarining rad etishga barqarorligini oshirish;
- tizimning qayta yuklanishi va «osilib qolishi»ni
bartaraf etish;
- axborot zaxiralarini yaratish;
- qat’iy belgilangan dasturlar majmuidan foydalanish;
- texnik xizmat ko‘rsatish va kam -ko‘stini to‘ldirish jarayonlarining o ‘ziga xos
tartibiga rioya qilish;
- antivims tadbirlari kompleksini o ‘tkazish.
Axborotning butunligi va foydalanishga qulayligi apparat
vositalar zaxirasini
yaratish, foydalanuvchilarning xato harakatlarini blokirovka qilish,
kompyuter
tizimlarining ishonchli elementlaridan va barqaror ishlovchi
tizimlardan foydalanish
yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tizim elementlarini qasddan ortiqcha ishlatish
tahdidlari bartaraf etiladi. Buning uchun bajariladigan dasturlarga buyurtmalami kelib
tushish intensivligini oMchash mexanizmlaridan va bunday
buyurtmalami berishni
cheklash yoki blokirovka qilish mexanizmlaridan foydalaniladi. Bunday hollarda
m a’lumotlami uzatish yoki dasturlarni bajartirishga bo‘lgan buyurtmalar oqimining
birdaniga keskin oshib ketishini aniqlash imkoni ham
oldindan nazarda tutilgan
boMishi kerak.
Kompyuter tarm og‘ida axborotlaming butunligi va foydalanishga quiayligini
ta’minlashning asosiy shartlaridan biri ulam ing zaxiralarini hosil qilishdan iborat.
Axborotlar zaxirasini yaratish strategiyasi axborotning muhimligini, kompyuter
tizimlarining uzluksiz ishlashiga bo'lgan talablami, ma’lumotlami tiklashdagi
qiyinchiliklami hisobga olgan holda tanlanadi.
Himoyalangan kompyuter tizimlarida faqatgina
ruxsat etilgan dasturiy
ta’minotdan foydalanilishi lozim. Foydalanishiga rasman raxsat etilgan dasturlarning
ro‘yxati, ulaming butunligini nazorat qilishning usullari va davriyligi kompyuter
tizimlarini ekspluatatsiya qilinishidan oldin aniqlanishi kerak.
Dasturlar butunligini
nazorat qilishning sodda usullaridan biri nazorat yig‘indilari usuli hisoblanadi.
Nazorat у ig‘indisi - ma’lumotlar blokining oxiriga yoziladigan bitlar ketma-ketligi.
Nazoratdagi faylga kiritilgan o'zgartirishni, nazorat yig‘indini tuzatib qo‘yish bilan,
berkitishni istisno qilish maqsadida nazorat yig‘indini shifrlangan holda saqlash yoki
nazorat yig‘indini hisoblashning maxfiy algoritmidan foydalanish zarur.
27