- axborot resurslarini (tizimli va amaliy dasturiy ta ’minotni, m a’lumotlar
bazalarini. ta’limning kompyuter tizimlarini va hokazo) noqonuniy o'zgartirishlardan.
foydalanishlardan va ko'paytirishlardan himoyalovchi dasturlar.
Kompyuter tizimlarida axborot xavfsizligini ta ’minlashga taalluqli m a’noda
identifikatsiyalash atamasi kompyuter tizimlari sub’ektining unikal nomini bir
qiymatli tanib olishni bildiradi. Autentifikatsiyalash esa taqdim etilgan nomni ushbu
sub’ektga mosligini tasdiqlashni anglatadi (sub’ektning aslligini tasdiqlash).
Axborotlarni muhofaza qilishning yordamchi dasturiy vositalariga misol qilib
quyidagilami keltirish mumkin:
- qoldiq axborotlarni (tezkor xotira blokidagi, vaqtinchalik fayllardagi va
hokazo) yo‘q qiluvchi dasturlar;
- kompyuter tizimlarining xavfsizligi tizimiga bogMiq
boMgan turli voqea va
hodisalami tiklash ham da shunday voqea va hodisalar ro‘y berganini isbotlash uchun
foydalaniladigan audit dasturlari (qayd qilish jurnallarini yuritish);
- qoidabuzar bilan ishlashni imitatsiyalovchi dasturlar (qoidabuzami go‘yoki
yopiq axborotlarni olgan deb chalg'itish);
- kompyuter tizimlarining himoyalanganligini sinovdan o'tkazuvchi nazorat
dasturlar va boshqalar.
Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalarining afzalliklariga
quyidagilar kiradi:
- ko‘paytirishning osonligi;
- moslanuvchanlik (turli sharoitlarda qoMlaniladigan muayyan kompyuter
tizimlarini, axborot xavfsizligiga tahdidning o ‘ziga xosligini hisobga olib, sozlash
imkoniyati);
- qo ‘llashning
qulayligi - bir xil dasturlar, masalan shifrlovchi dasturlar
«shaffof»
(foydalanuvchiga
ko‘rinmaydigan)
rejimda
ishlaydi,
boshqalari
foydalanuvchidan
hech qanday qo‘shimcha yangi (boshqa dasturlari
bilan
taqqoslaganda) ko‘nikmalar talab qilmaydi;
- ulami axborot xavfsizligiga yangi tahdidlar hisobini yuritish uchun
o'zgartirishlar kiritish yo‘li bilan takomillashuvining amaldagi chek-chegarasiz
imkoniyatlari mavjudligi.
Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalarining kamchiliklariga
quyidagilar kiradi:
- himoyalovchi dasturlaming faoliyati kompyuter tizimlari resurslaridan
foydalanish hisobiga boMgani uchun bu tizimlar samaradorligining susayishi;
- juda past unumdorlik (xuddi shunday vazifani bajarayotgan
apparat vositalar
bilan taqqoslaganda, masalan shifrlovchi qurilma);
24
- axborotlami himoyalovchi ko‘pgina dasturiy vositalaming kompyuter
dasturiy
ta ’minotiga bevosita o ‘matilmagani
(quyidagi rasmlar),
bu holat
qoidabuzaming ushbu dasturlami chetlab o ‘tishiga prinsipial imkoniyatlar yaratadi;
- kompyuter tizimlaridan foydalanish jarayonida axborotlami himoyalashning
dasturiy vositalarini qasddan o ‘zgartirish imkoniyati.
Kompyuter viruslaridan va boshqa dasturlar ta ’siridan va o ‘zgartirishlardan
himoyalanish,
kompyuter tizimlarida
axborotlami
qayta
ishlash jarayonini
himoyalashning mustaqil yo'nalishlaridan hisoblanadi. Ushbu xavfga etarlicha baho
bermaslik foydalanuvchilaming axborotlari uchun jiddiy salbiy oqibatlami keltirib
chiqarishi mumkin. Viruslaming ta ’sir mexanizmlarini, ularga qarshi kurash usullari
va vositalarini bilish viruslanishga qarshi harakatlami samarali tashkil etish, ulaming
ta ’siridan zararlanish ehtimolligini va talafatlami minimumga keltirish imkonini
beradi.
Kompyuter viruslari - bu kompyuter tizimlarida tarqalish va o ‘zini o ‘zi ishlab
chiqish xususiyatiga ega bo‘lgan kichik hajmdagi bajariluvchi dasturlar.
Viruslar kompyuter tizimlarida saqlanayotgan
dasturiy
vositalar yoki
m a’lumotlami yo‘q qilishi yoki
0
‘chirib yuborishi mumkin. Tarqalish jarayonida
viruslar o'zini modifikatsiyalashi mumkin.
Viruslam ing ommaviy tarqalib ketishi va ulaming kom pyuter tizimlari
resurslariga ta ’siri oqibatlarining jiddiyligi, maxsus antivirus vositalarini va ulami
qo‘llash usullarini yaratish va foydalanish zaruriyatini keltirib chiqardi. Antivirus
vositalari quyidagi masalalami hal etish uchun qoMlaniladi:
- kompyuter tizimlarida viruslami topish;
- vims - dasturlar ishini blokirovka qilish;
- viruslar ta ’sirining oqibatlarini bartaraf qilish.
Viruslami
topishni, ulami joylashib olish bosqichida yoki hech boMmaganda
virusning buzg‘unchilik funksiyalarini boshlagunga qadar amalga oshirgan maqsadga
muvofiq. SHuni ta’kidlash joizki, barcha turdagi viruslami topishni kafolatlovchi
antivirus vositalar mavjud emas.
Virus topilgan holatda, uning tizim ga keltirishi mumkin bo'lgan zararli ta’sirini
minimallashtirish maqsadida darhol virus-dastum ing ishini to'xtatilish lozim.
Virusning ta ’sir oqibatlarini bartaraf qilish ikki yo ‘nalishda olib boriladi:
- virusni o ‘chirish;
- fayllami, xotira sohalarini tiklash.
Tizimni qayta tiklash virus turiga, uni aniqlangan hamda zararlovchi ta’sirini
boshlagan vaqtiga bog‘liq. Viruslar tizimga kirish jarayonida, o ‘zini saqlaydigan
joydagi m a’lumotlami o'chirib yuborsa hamda zararlovchi ta ’siri
natijasida
m a’lumotlarni o'zgartirish nazarda tutilgan boMsa. zaxiraga olingan ma’lumotlarsiz
y o ‘qolgan m a’lumotlami tiklab bo‘lmaydi.
25
Viruslarga qarshi kurashda aniq bir ketma-ketlik va kombinatsiyada
qo‘llaniluvchi, viruslarga qarshi kurashish usullarini hosil qiluvchi dasturiy va
apparat-dasturiy vositalardan foydalaniladi.
Kompyuter tizimining xavfsiz ishlashining asosiy shartlaridan biri, amalda
sinovdan o ‘tkazilgan va o‘zining yuqori samara berishini ko‘rsatgan bir qator
qoidalarga rioya qilish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: