27-bilet biologiya
1.Oqsillarning tuzilishi. Organik moddalar ichida eng murak kabi oqsillardir. Ular polimerlar
guruhiga kiradi. Polimer molekulasi
uzun zanjirdan iborat bo'lib, bu zanjirda nisbatan oddiy bo'ladigan
monomerlar bir necha marta takrorlanadi. Monomerni A harfi bilan
belgilaydigan bo'lsak, u vaqtda polimer strukturasini quyidagicha A-A-
A-A-...Atasvirlash mumkin.
Tabiatda oqsillardan tashqari, boshqa polimerlar ham ko'p,
masalan, sellyuloza, kraxmal, kauchuk. Ular bir xil monomer lardan, nuklein kislotalar esa to'rt xil
monomerdan tashkil topgan.
Oqsil monomeri aminokislotalardir. Oqsil molekulasi faqat ami nokislotalardan tuzulgan bo'lsa
ham bu monomerlar bir xil emas,oqsil molekulasi tarkibiga bir-biridan farq qiladigan 20 xil amino
kislota kiradi.
1)
Seleksiyaning asosiy vazifasi - odamlarning oziq-ovqat, este tik va texnik talablarini to'liq
qondiruvchi yuqori mahsuldor hayvon
zotlari, o'simlik navlari va mikroorganizmlar shtammlarini yara tishdan ibomtdir. Zot yoki nav
(toza liniya) deb, odam tomonidan
sun’iy ravishda yaratilgan organizmlar populyatsiyasiga aytiladi.
Bular barqaror va qimmatli biologik hamda xo'jalik xossalariga ega
bo'lib, bu xossalar nasldan-naslga o'tadi. Har bir zot ta nav o'ziga hos
xususiyatga, ya’ni reaksiya normasiga ega. Masalan,
tovuqlarning oq lekgorn zoti ko'p tuxum beradi. Yashash sharoit lari va ozuqa bilan ta’minlanishi
yaxshilansa, tuxum berishi otdi
ammo uning massasi amalda oshmaydi. Fenotip (shu jumladan,
mahsuldorlik ham) ma’lum sharoitlarda namoyon bo'ladi, shu sa babli iqlim sharoitlari agrotexnik
usullari va boshqarish har xil
bo'lgan hududlar uchun moslashgan zot yoki nav yaratilishi zarur.
2)
6000/2=3000*0.34=1 020nm
Dostları ilə paylaş: |