Jismoniy tarbiya daqiqilari. Bu mashg’ulotlar boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladi. Bunda dars davomida o’quvchilar o’quv mashg’ulotidan to’xtatilib, o’rindiqlar yo’lkasida saflanadi va bo’yin, gavda, bel, qo’l va oyoq uchun umumrivojlantiruvchi mashqlar bajariladi. Bu mashg’ulotlarning maqsadi uzoq vaqt bir xil holatda gavdani tutishga o’rganmagan yosh bolalar qomatini to’g’ri shakllantirishdir. Dars davomida yosh bolalar bir xil holatda uzoq muddat qolib umurtqa pog’onasi va tayanch harakat apparatida salbiy o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkin. Jismoniy tarbiya daqiqalari shunday holatlarni oldini olishga qaratilgan bo’ladi. Jismoniy tarbiya daqiqalari bir xil holatda uzoq muddat faoliyat ko’rsatadigan kasb egalari bilan ham o’tkaziladi.
Tanaffuslardagi harakatli o’yinlar.Tanaffuslar bolalarning dam olishlari va navbatdagi darsga juda samarali tayyorlana olishlari uchun foydalanilishi zarur. Tanaffuslardagi o’yinlarni uyushgan xolda o’tkazish tadbirlarga quyidagi talablar qo’yiladi: Ular bolalarning yosh xususiyatlariga mos bo’lishi va bolalarni juda toliqtirmasligi ham kuchli qo’zg’atmasligi kerak. Tanaffusdagi o’yinlar qish vaqtida ham ochiq havoda o’tkazilgani ma’qul. Tanaffusdagi o’yinlarga jismoniy tarbiya o’qituvchilari yoki tarbiyachi rahbarlik qilishlari kerak. Ular bolalarni to’g’ri va qiziqarli o’ynashlarini, jarohatlanmasliklarini, hammani jismoniy harakatlarni shug’ullanayotganligini nazorat qilib boradilar. Tanaffusda harakatli o’yinlarni uyushgan holda o’tkazish o’quvchilar tartib intizomni mustahkamlaydi. Tanaffuslarda sportchi faol o’quvchilar va yoshlar uyushmalari a’zolari bolalar o’yinlari va mashg’ulotlari boshqaradilar. O’yinlar va mashg’ulotlar dars boshlanishga 5 minut qolganda to’xtatilib o’quvchilar yuvinib, kiyinib darsga tayyorgarlik ko’radilar. Tanaffusdagi mashg’ulotlar o’quvchilar yoshi, jismoniy rivojlanishi va jinsiga muvofiq takomillashib boradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan harakatli o’yinlar tashkil etilsa, o’rta sinf va yuqori sinf o’quvchilari bilan sport o’yinlari, estafetalar o’tkazish mumkin.