O‘quvchilarning harakat kun tartibini shakllantirishga yo‘naltirilgan jismoniy tarbiya texnologiyasi Reja: O’quvchilar kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish


Jismoniy tarbiyada maktabdan tashqari ishlar



Yüklə 48,07 Kb.
səhifə5/14
tarix14.12.2023
ölçüsü48,07 Kb.
#179109
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
O‘quvchilarning harakat kun tartibini shakllantirishga yo‘naltir-fayllar.org

Jismoniy tarbiyada maktabdan tashqari ishlar. Jismoniy tarbiyaga oid maktabdan tashqari ishlarga Bolalar va O’smirlar Sport Maktabi, Olimpiada Zahiralari Sport Maktabi, Sport Mahoratini Oshirish Maktablarida sport turlari bilan shug’ullanish mashg’ulotlari kiradi. Bu muassasalarda o’quvchilar sport turlari bo’yicha maxsus tayyorgarliklar ko’radilar. Sport turlari bo’yicha ixtisoslikka erishadilar. Sport turlari bo’yicha texnik, taktik va jismoniy tayyorgarlik, umumiy va maxsus tayyorgarlik o’tadilar. Shuningdek, jismoniy tarbiyadan maktabdan tashqari ishlarga shahar va viloyat xalq ta’lim boshqarmasi, Bolalar sportini takomillashtirish jamg’armasi tashabbusi bilan tashkil etiladigan maktablar o’rtasidagi har xil sport musobaqalari va bayramlardagi bellashuvlar, o’rtoqlik uchrashuvlari kiradi. Bunday musobaqalar o’quvchilar o’rtasida do’stlik va hamkorlik tuyg’ularini tarbiyalaydi.
Bolalarning bo’sh vaqtlarini jismoniy tarbiya bilan o’tkazish uchun ularning ixtiyoriy harakatlanishi ta’minlanadi. Bu tadbirlar oilada va mahallada tashkil etiladi. Jismoniy tarbiya tadbirlarini oilada va yashash joylarida umumiy jismoniy tayyorgarlik, sport va harakatli o’yinlar, musobaqalar va bellashuvlar shaklida tashkil etiladi. Bu tadbirlarga ota-ona, oiladagi kattalar, yashash joylarida mahalla oqsoqolining jismoniy tarbiya bo’yicha yordamchisi rahbarlik qiladi. Shuningdek, oilada va yashash joylarida ijtimoiy foydali mehnat ham jismoniy tarbiya shakllaridan hisoblanadi. Uy xo’jaligi va dala ishlarida, mahallani obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish, hashar ishlarida yoshlarni faol ishtirok etishi ularni jismoniy rivojlantirish bilan birga ahloqiy fazilatlari, jamoatchilik, hamkorlik, do’stlik va vatanparvarlik tarbiyalanadi.
Mustaqil mashg’ulotlar: Bolalarning bo’sh vaqtlarini jismoniy tarbiya bilan o’tkazish uchun ularning ixtiyoriy harakatlanishi ta’minlanadi. Bu tadbirlar jismoniy mashqlar va harakatlar bilan shug’ullanish malaka va ko’nikmasi shakllangandan so’ng mustaqil mashg’ulotlar shaklida o’tkazilishi mumkin. Bolalarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishlarining mustaqil shakli mazmunini umumjismoniy tayyorgarlik mashqlari, umumrivojlantiruvchi mashqlar, jismoniy fazilatlarni rivojlantirish mashqlari, buyumlar, jismlar va sport jihozlaridagi mashqlar, sport va harakatli o’yinlar shaklida o’tilishi mumkin.

Yüklə 48,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin