Bilimlar va malaka hamda ko’nikmalarni mustahkamlash tamoyili o’quv materiallarini doimo takrorlash, mustahkamlash hamda rivojlantirib borishni taqozo etadi. Chunki, jismoniy harakatlar bajarish malaka va ko’nikmalari mashqlarni takrorlab turilmasa mashqning malaka va ko’nikmalari yo’qolib boradi. Shuning uchun o’quv materiallarni rejalashtirishda mashqlarni to’g’ri taqsimlash va ularni oddiydan murakkabga qarab bajarishni aks ettirish kerak. O’rganiladigan jismoniy mashqlarni muntazam darsda mustaqil bajarishlari malaka va ko’nikmalari mustahkamlanib takomillashtirib borishiga zamin bo’ladi.
Bajara bilish tamoyiliJismoniy tarbiyada o’quvchilarda o’rganilayotgan jismoniy mashqlar texnikasi va malaka va ko’nikmalari shakllangandan so’ng undan murakkabroq bo’lgan jismoniy mashqlar turkumiga o’rgatiladi. Oson mashqlar o’quvchilar faolligini susaytiradi. Shuning uchun ularni jismoniy darajaligi muvofiq holda jismoniy mashqlar berish va ularni takomillashtirib borish kerak. O’quvchilar organizm bir xil shakldagi jismoniy mashqlarga moslanib qoladi. Mashqlar miqdori, hajmi, suratini orttirib borish bolalar organizmini jismoniy rivojlanib borishini ta’minladi. Aks holda bir xil shakldagi jismoniy mashqlarga o’quvchilar organizmi moslashib qoladi va bu bilan ularning organizmi jismonan rivojlanmaydi.
Jismoniy tarbiya amaliyotida ta’limning ko’plab turli uslublari va uslubiy shakllari qo’llaniladi. Uslublarni quyidagi uch guruhga birlashtirish mumkin:
a) og’zaki; b) ko’rgazmali; v) amaliy.
Og’zakilik uslubi jismoniy tarbiya jarayonida mashqlarni tushuntirish, mashqlarni o’zlashtirish bo’yicha suhbatlar, munozaralar, muhokamalar hamda tahlil etish shaklida bo’ladi. Tushuntirish uslubi maktabning barcha sinflarida qo’llaniladi. U mashqning mohiyatini ochib beradi, o’quvchilarda harakat haqida tasavvur hosil qiladi. Tushuntirish uslubida qiyoslash, taqlid qilishni ko’p qo’llash mumkin. Tushuntirish davomida o’quvchilar ham mashqlar va harakatlarga oid bo’lgan yangi so’zlarni o’rganib boradilar. Qiyin mashqlarni tushuntirishda esa bolalar diqqatini asosiy maqsadga yo’naltirish kerak. Ko’rinib turibdiki, tushuntirish og’zakilik uslubining asosiy shakli hisoblanadi va o’quvchilarga o’rganiladigan material haqida to’la tasavvur beradi.
Hikoya bolalarni mashqlarning yangi turlari bilan tanishtirishda; mazmun va shaklga ega bo’lgan yangi o’yinni o’rganishda qo’llaniladi. Hikoya usulida yangi material qiziqarli rivoyat tarzida bayon qilinadi. Bunda o’rganiladigan materialni yaxshi o’zlashtirishga va mashqlarni yaxshi bajarishga zamin yaratiladi. Hikoya uslubi boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan jismoniy tarbiya darslari tashkil etishda ko’p qo’llaniladi. Hikoyaga qo’yiladigan talablar bayon qisqa, qiziqarli, ifodali va hissiy bo’lishi kerak.
Suhbat savol-javob shaklida o’tkaziladi. O’qituvchi yo’llovchi savollar yordamida materialni o’zlashtirish darajasini aniqlaydi, shuningdek, o’quvchilarda o’z fikrlarini aytish istagini qo’zg’aydi. Suhbat o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi muammolarning qulay shakli bo’lib, o’rganiladigan o’quv materialini o’tilgan o’quv materiali bilan bog’lash va uni bolalar tushunishlari darajasini aniqlash ular diqqatini faollashtirish uchun foydalaniladi. Suhbat doimo o’z mavzusiga yo’naltirilgan qiziqarli bo’lishi kerak.
Buyruq va qarorlar jismoniy tarbiya jarayonini boshqarish vositasi hisoblanadi. Buning asosida o’qituvchi jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida buyruq berib o’quvchilarni boshqarish masalalarini hal etadi. Buyruq va qarorlardan o’quvchilar jismoniy mashqlarni bajarayotganlarida va darsni o’tish jarayonida o’qituvchi rahbarlik qilish uchun buyruq va qarorlaridan foydalanadi. Buyruq usullari bolalarda harakatlarni bajarishga bo’ladigan ta’sir sifatida shakllanadi. O’qituvchining buyruqlari aniq, lo’nda va qisqa bo’lishi kerak. Shuningdek ohangli darajada bajarilishi kerak.
Ko’rsatmalar maktabning barcha sinflarida mashqlarni bajarishda qo’llaniladi. Ko’rsatmalar butun guruhga yoki bir o’quvchiga tegishli bo’lishi mumkin. Jismoniy tarbiyaninig og’zakilik uslubidan yana bir shakli ko’rsatma va tavsiyalardir. Ular jismoniy mashqlar texnikasini egallash, xatolarni bartaraf etish hamda yangi mashqlarni o’zlashtirish davomida berib boriladi.