Hörsaal) vazifalar tarqatiladi, har bir talaba yakka tartibda (Alleine) o’rganadi, keyin
esa o’rganilgan material yoki yechimi topilishi lozim bo’lgan masala guruh (Im
Team) a’zolari bilan muhokama qilinadi va muammolar o’rganiladi. Va nihoyat
keying darsda (In der nächsten Übung) yechimi topilmagan muammolar va
tushunmovchiliklar o’qituvchi tomonidan bartaraf etiladi [3, 36-bet]. Ushbu metodni
qo’llash uchun guruhdagi talabalar 3-6 tadan guruhlarga bo’linadilar. Har bir guruh
o’z “axborotchi”sini saylaydi. U o’qituvchi bilan guruh a’zolari o’rtasida vositachi
vazifasini bajaradi. Guruhlarga vazifalar berilgandan so’ng guruh a’zolari yakka
tartibda o’quv materialini o’rganib chiqishadi yoki berilgan vazifalarni yakka tartibda
bajarishga urinib ko’radi. Keyingi bosqichda guruh a’zolari uchrashib, berilgan vazifa
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 3
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
511
w
www.oriens.uz
March
2022
va erishilgan natijalar guruhda muhokama qilinadi, xatolar va kamchilikklar
aniqlanadi va tahlil qilinadi. Axborotchi esa yechimi topilmay qolgan vazifalar
hamda qiyinlik qilgan vazifalarni yozib boradi va o’qituvchiga xabar beradi. Bu
o’qituvchiga keyingi vazifalar to’plamini shakllantirishi uchun asos bo’lib xizmat
qiladi. Axborotchi bergan xulosalaridan kelib chiqib, talabalarga qiyinlik qilgan
vazifalar ustida yana ishlash uchun vazifalar tuzadi. Talabalar uchun oson bo’lgan
vazifalar keyingi topshiriqlar majmuasiga kiritilmaydi.
Ko’rib chiqilgan metodlar mustaqil ta’limni tashkil qilishda samarali
hisoblanadi. Bu metodlar talaba va o’quvchilarni nafaqat mustaqil ishlash, mustaqil
o’rganish va tahlil qilishga o’rgatadi, balki ularda guruhda ishlash ko’nikma va
malakalarini shakllantirish va rivojlantirishga ham yordam beradi.
An’anaviy darslardan farqli o’laroq o’qituvchi va talabaning roli o’zgaradi. U
talabalarga mustaqil bilim olishlari uchun sharoit yaratish va o’qib-o’rganish
jarayoniga arashlashmagan holda, uni tashkil qilish uchun mas’ul bo’ladi.
O’qituvchi darsini shunday tashkil qilishi keraki, talabalar bajaradigan hatti-harakati
uchun mas’uliyatni o’z bo’yniga olishi lozim. Bu o’qituvchi talabalarga o’z
maqsadlarini aniqlab olish va mustaqil ishlash imkoniyatini beradi degani. Ushbu
metodlarda o’qituvchining maqsadi talabaga har qadamda bilim berish bilan
cheklanib qolmay uning mustaqil ta’lim olishini chetdan nazorat qilishini ham
anglatadi.
Turli qobiliyatlar va layoqatlarga ega bo’lish, mustaqil fikrlash mustaqil ta’lim
olishning muhim belgilaridan hisoblanadi. Bunga eng avvalo turli xil metodlardan
tegishli va samaralisini tanlash va qo’llay olish kiradi. Bundan keyingi muhim qadam
mustaqil o’rganishning ijtimoiy shaklini aniqlash hisoblanadi. Ta’limning bu turi
uchun o’qib-o’rganish vaqti (muddatini hisobga olgan holda) va maqsadlari, kerakli
asbob-uskuna, qurilmalar va o’quv qurollarini tayyorlab olish va nihoyat ta’lim olish
joyini aniqlab olishni talab qiladi.
Navbatdagi yana bir samarali metod Think-Pair-Share metodidir. [5; 80] Think-
Pair-Share metodi hamkorlikda o’qib-o’rganish metodlaridan biri bo’lib, tuzilish
jihatidan uch bosqichni qamrab oladi. Ushbu metod asosida o’qishni tashkil qilish
davomida talabalar mustaqil o’qib o’rganishdan boshlaydilar va bu bosqichda ular
berilgan mavzu va topshiriqlarni mustaqil, yakka tartibda o’rganib chiqishlari lozim
bo’ladi. O’rganilgan mavzu va topshiriqlar keyingi bosqichlarda boshqa talabalar va
guruh a’zolariga tushuntiriladi. Muhimi talabalar alohida bosqichlarda mavzular va
topshiriqlar ustida mustaqil ishlay olishlari kerak, shunda ular hamkorlikda o’rganish
bosqichida bu mavzularni boshqa talabalarga tushuntirishlari yoki kursdoshlari bilan
|