O'rta asrlar davri arxeologiyasi



Yüklə 34,84 Kb.
səhifə4/11
tarix24.12.2023
ölçüsü34,84 Kb.
#190891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-MAVZU Mardona

Eftallar davlati tasarrufiga birlashgan ulkan mamlakatning tabiiy geog-rafiyasi qanchalik rang-barang bo‘lsa, aholisining etnik tarkibi ham shun-chalik qurama, ijtimoiy va iqtisodiy hayoti esa biri ikkinchisidan keskin farq qilardi. Eftallarning kelib chiqishi ko‘chmanchi qabilalarga mansubligi tufayli ilk o‘rta asr Xitoy manbadarida ularning yurtida shaharlarning yo‘qligi, o‘zlari esa o‘tloqlarga boy yaylovlarda kigiz o‘tovlarda yashashi ta’riflanadi. VI asr Vizantiya muarrixlarining asarlarida, aksincha, ularning «shaharlik» ekani ta’kidlanadi. Nari ikkinchisiga zid bunday ma’lumotlarning har ikkisida ham ma’lum darajada asos bor, albatta. Chunki Markaziy Osiyo, Xuroson, Sharqiy Turkiston va Shimoli-G‘arbiy Hindiston yerlarini zabt etgach, ko‘chmanchi chorvador eftallar, shubhasiz, bu viloyatlardagi obod dehqon¬chilik vohalariga, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivoj topgan katta-kichik shaharlarga ega bo‘ladilar.

  • Eftallar davlati tasarrufiga birlashgan ulkan mamlakatning tabiiy geog-rafiyasi qanchalik rang-barang bo‘lsa, aholisining etnik tarkibi ham shun-chalik qurama, ijtimoiy va iqtisodiy hayoti esa biri ikkinchisidan keskin farq qilardi. Eftallarning kelib chiqishi ko‘chmanchi qabilalarga mansubligi tufayli ilk o‘rta asr Xitoy manbadarida ularning yurtida shaharlarning yo‘qligi, o‘zlari esa o‘tloqlarga boy yaylovlarda kigiz o‘tovlarda yashashi ta’riflanadi. VI asr Vizantiya muarrixlarining asarlarida, aksincha, ularning «shaharlik» ekani ta’kidlanadi. Nari ikkinchisiga zid bunday ma’lumotlarning har ikkisida ham ma’lum darajada asos bor, albatta. Chunki Markaziy Osiyo, Xuroson, Sharqiy Turkiston va Shimoli-G‘arbiy Hindiston yerlarini zabt etgach, ko‘chmanchi chorvador eftallar, shubhasiz, bu viloyatlardagi obod dehqon¬chilik vohalariga, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivoj topgan katta-kichik shaharlarga ega bo‘ladilar.

Keyinchalik eftallar sosoniylar shohi Varaxran V tangalariga taqlidan old tomonida qulog‘iga xalqa taqqan tojdor podshoh, orqa tomonida esa markazda otashdon va ikki atrabontasvirlari so‘qilgan kumush tangalar zarb qiladilar. Bulardan tashqari, Buxoro, Poykand, Vardana, Naxshab, Samarqand va Xorazmda mahalliy hokimlar tomonidan chiqarilgan chaqa tangalar mamlakat ichki savdosida keng muomalada bo‘lgan. Bu, shubhasiz, mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida mahalliy hokimlar katta nufuzga ega ekanidan dalolat beradi.

  • Keyinchalik eftallar sosoniylar shohi Varaxran V tangalariga taqlidan old tomonida qulog‘iga xalqa taqqan tojdor podshoh, orqa tomonida esa markazda otashdon va ikki atrabontasvirlari so‘qilgan kumush tangalar zarb qiladilar. Bulardan tashqari, Buxoro, Poykand, Vardana, Naxshab, Samarqand va Xorazmda mahalliy hokimlar tomonidan chiqarilgan chaqa tangalar mamlakat ichki savdosida keng muomalada bo‘lgan. Bu, shubhasiz, mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida mahalliy hokimlar katta nufuzga ega ekanidan dalolat beradi.

Eftallar davlatiga birlashgan aholining bir qismi ko‘chmanchi chorvador bo‘lsa, ikkinchi kattaroqqismi shahar va qishloqlarda yashovchi o‘troq aholi edi. Uning aholisi asosan ziroatchilik bilan shug‘ullanardi. Tohariston va So‘g‘d rivoj topgan dehqonchilik va bog‘dorchilikning markazi hisoblanardi. Qashqadaryo va Zarafshon vodiylarida g‘alladan tashqari, sholi ham yetishtirilar edi. Xitoy manbalarida qayd etilishicha, V-VI asrlarda Sharqiy Turkiston va Markaziy Osiyo yerlarida ko‘plab g‘o‘za ekilgan edi. Uning tolasidan oppoq va nihoyatda mayin mato to‘qilgan. Xitoy bozorlarida bunday matoga talab katta bo‘lgan. Chunki o‘sha davrlarda Xitoyda paxta hali ekilmas edi.Aholining dashtliklarda yashovchi yarim ko‘chmanchi qismi chorvachilik, xususan, mayda va yirik shoxli hayvonlar boqish, tuyachilik, tog‘li va tog‘ oldi mintaqalarida esa yilqichilik bilan shug‘ullanar edi. Farg‘ona vodiysi hamon zotli arg‘umoqlari bilan mashhur bo‘lgan.

Yüklə 34,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin